Fransiya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron 1-2-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi.…

Gidroenergetika sohasidagi loyihalar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr kuni gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Gidro elektr stansiyalar kunlik energiyani barqaror ta’minlashda eng samarali vosita. Ulardan olinadigan elektr tannarxi ham boshqa manbalarga nisbatan ancha arzon. Shu bois bu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, yurtimizdagi gidroenergetika…

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va transport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari bilan tanishildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida qator obyektlarga tashrif buyurdi. Ob-havo noqulayliklari va harorat pasayishi davrida infratuzilma obyektlarida muammo kelib chiqishining oldini olish, yo‘llarning sifati va xavfsizligini ta’minlash kabi vazifalar bugungi kunda o‘ta dolzarb ahamiyatga ega…

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-oktabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qarag‘andi viloyatidagi konda ro‘y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. Kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirildi, hodisa oqibatlarini bartaraf etishda mamlakatimiz zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlandi. Ikki tomonlama…

Yer hisobi va kadastr xizmatlarini yaxshilash choralari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi yillarda bu sohada katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, topografik o‘lchovlar uchun Kadastr agentligi maxsus samolyot va aerofotokamera, 112 ta dron bilan ta’minlandi. Sohani raqamlashtirish uchun 6 ta axborot tizimi va ma’lumotlar markazi ishga tushirildi.…

Geologiya sohasidagi ishlarning joriy holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni geologiya ishlarini kengaytirish, foydali qazilmalarning istiqbolli konlarini aniqlash va o‘zlashtirish rejalariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan katta marralarga erishishda iqtisodiyotni mineral resurslar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda yurtimizda geologiya sohasini transformatsiya qilish doirasida uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, ilmiy izlanishlar va kadrlar tayyorlash kuchaytirildi. Taqdimotda…

Energetika islohotidagi navbatdagi vazifalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 26-oktabr kuni energetika bozori regulyatori faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Mamlakatimiz energetika sohasi bosqichma-bosqich isloh qilib kelinmoqda. Birinchi bosqichda boshqaruv tizimi o‘zgartirildi. So‘nggi yillarda 22 ta elektr stansiyasi, jumladan, ilgari generatsiya bo‘lmagan viloyatlarda yangi stansiyalar ishga tushirildi. Elektr generatsiyasi tizimiga ilk bor xususiy kapital jalb qilinmoqda. Hozirgi kunda…

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi Yerlan Koshanovni qabul qildi. Uchrashuv avvalida Qozog‘iston Majlisining raisi davlatimiz rahbariga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik…

Qashqadaryodagi iqtisodiy imkoniyatlar tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi

Qarshi shahrida 25-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, befarqlik, o‘zibo‘larchilik kayfiyati bilan rivojlanib bo‘lmasligi ta’kidlandi. – Mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va kelajagi uchun yangi korxonalar, yangi bozorlar, investitsiya, ish o‘rinlari, katta-katta tushumlar kerak. Jahon bozoridagi tebranishlar, hamkor davlatlardagi savdo cheklovlari davom etaversa,…

Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi sanoat loyihalari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Qarshi shahridagi “Qavali” kichik sanoat zonasida joylashgan bir qator korxonalar bilan tanishdi. Sanoat zonasining yer maydoni olti gektar bo‘lib, muhandislik infratuzilmasi yaxshi tashkil etilgan, transportga juda qulay. Shu bois ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Hozir bu yerda qurilish materiallari, mebelsozlik, to‘qimachilik, farmatsevtika va charm sanoati yo‘nalishidagi 11 ta…