O’zbekistonda mahsulotlar sifatini nazorat qilish uchun “Asl Belgisi” mobil ilovasi ishlab chiqilgan. Mobil ilova iste’molchilar markirovkalangan mahsulotlar ustidan mustaqil nazoratni amalga oshirishlari uchun yaratilgan.
Mahsulotlar «Asl Belgisi» mobil ilovasi yordamida skanerlash mumkin bo’lgan kodlar (data-matriks) bilan belgilangan. Bunday funksiya mahsulot tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’rsatadi va uning qonuniyligini belgilaydi.
Ilova iste’molchiga:
mahsulot va ishlab chiqaruvchi, tarkibi, yaroqlilik muddati haqida ma’lumot olish;
qoidabuzarlik haqida xabar berish;
faqat haqiqiy va yuqori sifatli mahsulotlarni xarid qilish imkonini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 737-son Qaroriga ko‘ra, majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlarga tamaki, alkogol va pivo mahsulotlari kiradi.
2022-yil 1-fevraldan boshlab esa ushbu ro‘yxatga dori vositalari, suv va ichimliklar hamda maishiy texnika vositalari qo‘shilishi belgilangan. Kelgusida tizim majburiy raqamli markirovkalash lozim bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutadi.