Joriy yilning 21-22-oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-homashyo birjasi” AJ bilan hamkorlikda Andijon viloyatida “Tovar homashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi” mavzusida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur malaka oshirish kursida, tovar homashyo birja ishtirokchilariga (broker, treyder) raqamli iqtisodiyot, birja savdolaridagi yangi savdo instrumentlar, jumladan ikki tomonlama qarama-qarshi auksion, derivativlar, fyuchers bitimlari hamda kliring haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, birja savdolarida raqobatni cheklovchi harakatlar hamda narxlar manipulyatsiyasini oldini olish, birja savdolarining normativ huquqiy asoslari, birja a’zolari uchun ichki nazorat qoidalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Malaka oshirish kursi so‘ngida birja ishtirokchilariga (broker, treyder) maxsus sertifikatlar topshirildi.