Andijon va Farg‘ona viloyatlarida tadbirkorlar uchun tashqi reklama sohasidagi qonunchilik talablari yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi
Raqobat qo‘mitasi, uning huzuridagi «Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» DM hamda qo‘mitaning Andijon va Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmalari, hamkor tashkilotlar bilan tadbirkorlik subyektlari uchun “Tashqi reklamani to‘g‘ri va qonuniy joylashtirish” mavzusida uchrashuvlar tashkillashtirildi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi — tadbirkorlarga reklama sohasidagi amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirish, tashqi reklama vositalarini joylashtirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolarning oldini olish, shu orqali ularning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Ishtirokchilarga “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun normalari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan reklama joylashtirishdagi asosiy me’yorlar, tashqi reklama obyektlarini qo‘yishdagi ruxsat berish tartibi hamda davlat tilidagi yozuvlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi haqida amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbirlarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob oldilar, shu bilan birga mavzuga oid taklif va mulohazalarini bildirishdi.
Ochiq muloqot va o‘zaro fikr almashuv ruhida o‘tgan uchrashuvlarda tadbirkorlarda reklama sohasidagi huquqiy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, qonun talablariga rioya etish madaniyatini oshirishga xizmat qildi.








