Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “AGROBANK” ATB Navoiy viloyati boshqarmasida 2023-yil va 2024-yilning o‘tgan davri davomida o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolarida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, boshlang‘ich narxi 2 mlrd 620 mln so‘mlik 10 ta davlat xaridlarida qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi aniqlandi.
Jumladan, tanlov hujjatlariga mos ravishda baholamaslik, muvofiqlashtirish hamda ishtirokchilar o‘rtasidagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talablar mavjudligi alomatlari kuzatildi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Maxsus komissiyasi tomonidan “AGROBANK” ATB Navoiy viloyati boshqarmasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablariga amal qilinmaganligi holatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.
Ishni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.