Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlari optimallashtirilishiga erishilmoqda
Raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan kelishish uchun taqdim etilayotgan narxlar vakolat doirasida o‘rganib chiqilmoqda.
Xususan, 2023-2024-yillar davomida respublika davlat tibbiyot markazlari tomonidan Qo‘mitaga kelishish uchun kiritilgan narxlarning shakllanishi tahlil qilinganda, ushbu narxlarni shakllantirishda ayrim xarajatlar optimallashtirilishi hisobiga tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlar o‘rtacha 5-20 foizgacha pasaytirilishi ta’minlangan.
Buning natijasida, 2023-yilda o‘rtacha 60 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinib, davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha 5 ming nafar bemor (28 ming nafar o‘rniga 33 ming nafar bemor)ga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Shuningdek, 2024-yilda esa o‘rtacha 80 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishi natijasida, davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 6 ming nafarga yaqin bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Ma’lumot o‘rnida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentyabrdagi “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 311-sonli qarorida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Jamg‘arma bilan kelishilgan holda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar ro‘yxati hamda bazaviy narxlarini kasalliklarni davolash yo‘nalishlari asosida barcha tibbiyot tashkilotlari uchun qayta tasdiqlash vakolati berilgan. (Ushbu davrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5199-son qarori talablari asosida ko‘rib chiqilgan.)