2020-yil 10-aprelda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan har yili 21-oktyabr mamlakatimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida keng nishonlanadi.
Shuni mamnuniyat bilan aytish mumkinki, ona tilimiz – o‘zbek tili millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan ijtimoiy aloqa vositalaridan biridir. Asrlar osha o‘z sofligini, o‘ziga xos jihatlarini saqlagan, sayqallangan dunyodagi o‘nlab tillardan biri hisoblanadi.
Shu fursatdan foydalanib, ona tilimizning qaddi va qadri yana-da baland bo‘lishini tilab qolamiz.
Qadrli yurtdoshlar!
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi bayrami barchangizga muborak bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik yor bo‘lsin.
Hurmat bilan,
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi jamoasi.