Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning I yarim yilligi davomida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borildi.
Respublika bo‘ylab, jumladan,
Andijon (“BEST TEXTILE INTERNATIONAL” MChJ), Buxoro (“QORAKO‘L KUMUSH KALAVA” ), Jizzax (“JIZZAX KYENTYEKS” MChJ, “SANGZOR-TYEKSTIL” MChJ), Sirdaryo (“WHITE GOLD KLASTER” MChJ, “SARDOBA UNIVERSAL KLASTER” MChJ, “RISQIBOY MIRONSHOX” MChJ, “ZAMON TEKS” MChJ), Namangan (“TOSHBULOQ-TEKS” MChJ, “ART SOFT TEX” MChJ, “RAVSHAN-BOSIT HAMJIHAT SERVIS” MChJ), Samarqand (“PAYARIQ YANGIYER TEKSTIL” MChJ, “SAMARQAND COTTON CLUSTER” MChJ, “SAMARQAND KAMALAK INVEST TEKSTIL” MChJ, “PAYARIQ-KLASTER” MChJ), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (“BO‘STON CLUSTER” MChJ, “TAXIATOSH DON MAHSULOTLARI” AJ, “TURAN AQ ALTIN” IChK, “OLTIN TOLA SHABBAZ” IChK), Surxondaryo (“POLVONTOSH” MChJ, “POMIR AGROKLASTER” MChJ, “SURXONDARYO AGROXIZMAT” MChJ, “SURXON SIFAT TEKSTIL” MChJ, “BOYSUN KO‘MIR” MChJ, “BANDIXON TEXTILE CLUSTER” MChJ, “ZAMIN ANGOR CLUSTER” MChJ), Toshkent viloyati (“BOXODIR LOGON BUKA” MChJ), Farg‘ona (“PROF TEKST PLYUS” MChJ, “BAXODIR LOG‘ON TEKSTIL” MChJ QK, “HAMZA EXPO ART TEKSTIL” MChJ, “FERGHANA SPINNING” MChJ QK, “EXPO KOLLOR PRIN TEKS” MChJ, “EFFEKTIV OIL” MChJ QK, “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MChJ, “MUSAVARTEX” MChJ QK, “QUANTITY CLASS” MChJ), Xorazm (“WBM QO‘SHKO‘PIR CLASTER” MChJ va “YANGI ARIQ TEX” MChJ) hududlarida o‘tkazilgan tekshirishlar davomida yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni:
jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga mahsulotni qo‘ymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq bo‘lmagan hajmda qo‘yish;
jadvallarini belgilangan muddatda birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik;
forvard shartnomasi bo‘yicha mahsulotni bir oydan kam bo‘lgan muddatda yuklab jo‘natish;
shartnomalarga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotilish holatlari, hamda birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Ushbu omillar oziq-ovqat va trikotaj mahsulotlarining narxlariga bevosita yoki bilvosita ta’sir qilib, ularning iste’mol bozorlarida narxi oshishiga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagilarga ko‘ra, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Respublika bo‘yicha umumiy hisobda jami 20 mlrd so‘mga yaqin asossiz olingan daromadlar aniqlandi, mazkur holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari bilan, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan barcha klasterlarga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib javobgarliklar belgilash yuzasidan qaror va ko‘rsatmalar berildi va bu borada ishlar davom ettirilmoqda.