Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida qisqa
MA’LUMOT
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar
Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlar
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2023 yilning yanvar-iyun oylari davomida 10 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilgan. Shundan, 2 ta Prezident qarori loyihasi, 2 ta Vazirlar Mahkamasi qarori, 5 ta Qo‘mita qaror loyihasi hamda 1 ta qo‘shma-qaror loyihasi tayyorlangan.
Qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini baholash
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan project.gov.uz portali orqali Qo‘mita va uning hududiy organlariga kelib tushgan 1242 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining (ex-ante) raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan xulosalar tayyorlandi, shundan 104 ta (8,4 %) qonunchilik talablariga zid normalar mavjudligi aniqlangan.
Shuningdek, Qo‘mita Markaziy apparatiga kelib tushgan 171 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga xulosalar tayyorlandi, shundan 96 ta (56,7 %) qonunchilik talablariga zid normalar ekanligi aniqlandi.
Respublika bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlarining qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlari raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik normalariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazilganda 291 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi va bu holat bo‘yicha tegishli ishlar qo‘zg‘atilgan va ishlar yakuni yuzasidan qaror va ko‘rsatmalar yuborilib, 76 ta hujjatlar bekor qilingan.
Davlat xaridlarida raqobatni ta’minlash
Qo‘mita tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida davlat buyurtmachilari tomonidan o‘tkazilgan 18 131 ta tanlov (tender) savdolarida tahlil ishlari olib borildi. Tahlil natijasida buyurtmachilar tomonidan 6 838 ta savdolar jarayonida 10 632 ta raqobatga zid harakatlar aniqlangan.
Xususan:
Davlat buyurtmachilari tomonidan joriy yilning iyul oyiga qadar davlat xaridlari elektron tizimlari (xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz, tender.mc.uz) orqali amalga oshirilgan savdolarning 10 433 tasi qo‘mita tomonidan tahlil qilindi. O‘rganilgan tanlov (tender) savdolarini tahlili natijasida buyurtmachilar tomonidan 1 340 ta savdolar jarayonida 1 375 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.
Mazkur qonunbuzilishlar savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish ya’ni baholash mezonlarini belgilamaslik, affillangalik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslik, noto‘g‘ri baholash, murojaatchilarga tushuntirish bermaslik, savdo natijalarini oshkor etmaslik, shartnoma tuzishni rad etish, affillanganlikni aniqlamaslik, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olmaslik, shuningdek, til biriktirish orqali kelishib olingan, muvofiqlashtirilgan harakatlar (ishtirokchilarni asossiz ravishda chetlashtirish, ayrim ishtirokchilarga imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, haddan ziyod yuqori texnik talablar belgilash, yetkazib berish muddatlarini qisqa belgilash, lotlar tarkibiga savdolarning predmetiga texnologik va funksional jihatdan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritish) alomatlari aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga va Hisob palatasiga ma’lumotnomalar taqdim etilgan, 95 ta holat buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan, 766 ta holat yuzasidan hududiy boshqarmalar tomonidan 267 ta ish qo‘zg‘atilib, 212 ta mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
Insofsiz raqobat amaliyotlariga, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish
Qo‘mita markaziy apparati va hududiy boshqarmalar tomonidan o‘tgan hisobot davrida insofsiz raqobat holatlari bo‘yicha kelib tushgan jami 113 ta murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan ko‘rib chiqilgan.
57 ta murojaat ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun asoslar yetishmasligi sababli ariza egalariga qonunchilik talablari to‘g‘risida tushuntirishlar berilgan, 51 ta murojaat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan 54 ta ajrim chiqarilgan.
qonunbuzilish alomatlari mavjud bo‘lmaganligi sababli 17 ta ishni qo‘zg‘atish rad etilgan.
qonunbuzilish alomatlari bo‘yicha 37 ta ish qo‘zg‘atilgan va belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan.
1 ta murojaat apellatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan va apellatsiya talabi qanoatlantirilgan. 4 ta murojaat bo‘yicha hozirgi kunda oldindan o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tovar va moliya bozorlarida raqobat holati tahlili
Tovar, moliya va raqamli bozorlardi o‘tkazilgan tahlillar 2023 yil I-yarim yilligi davomida Qo‘mita tomonidan jami 440 ta (markaziy apparat 120 ta) tovar va xizmatlar bozorlari tahlil qilindi.
Shundan, 134 ta (markaziy apparat 17 ta) bozorlar to‘liq tahlil qilindi, jumladan, elektron hisoblagich, yagona dasturiy texnik kompleksida xizmat ko‘rsatish, qurilish oynasi, shisha idish (banka) mineral o‘g‘itlar, vagon tarozilarini o‘rnatish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, gazbeton ishlab chiqarish, 1,0 m3 hajmli IBC-EUROCUB HDPE mahsuloti ishlab chiqarish, daraxtlarni ko‘chirib o‘tqazish, qayta ishlangan (boyitilgan) kaolin mahsulotini ishlab chiqarish, temir yo‘llari sohasidagi turli xizmatlar bozorlari hamda obyektlarni joylashtirish uchun yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha kelishish xizmatlari bozorlarida raqobat muhiti holatini baholash ishlari olib borildi.
Tahlil natijalarida 3 ta korxona 2 ta tovar va xizmatlar bo‘yicha (“Toshelektroapparat” MChJ XK va “Elektron hisoblagich” MChJ QK elektron hisoblagich realizatsiya qilish bo‘yicha hamda “Angren Kaolin” MCHJ boyitilgan kaolin realizatsiya qilish bo‘yicha) Davlat reyestriga kiritildi.
Shuningdek, 3 ta korxona 2 ta tovar va xizmatlar bo‘yicha (“ToshkentboshplanLITI” va “O‘zshaharsozlikLITI” DUKlar obyektlarni joylashtirish uchun yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha kelishish xizmati bo‘yicha hamda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ vagon tarozilarini o‘rnatish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha) Davlat reyestdan chiqarildi.
Qo‘mita tomonidan ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘linganligini aniqlash maqsadida 103 ta ortiq tovar bozorlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, 57 ta tovar bozorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari bilan to‘yinganligi va 46 ta tovar bozorining to‘yinganlik darajasi pastligi (to‘yinmagani) ma’lum bo‘ldi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida amalga oshirilgan ishlar
Hisobot davrida iste’molchilardan jami 9 923 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 4 318 tasi (43,5 foiz), savdo va umumiy ovqatlanish sohasi, 3 511 tasi (35,4 foiz) uy-joy kommunal, transport xizmatlari 1 813 tasi (18,3 foiz) aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 281 tasi (2,8 foiz) reklama munosabatlari masalalariga to‘g‘ri keladi.
Mazkur murojaatlarning 6 400 tasi ijobiy hal etilgan, 2 445 tasiga tegishli huquqiy tushuntirish berilgan va 572 tasi vakolatli idoralarga yuborilgan. Qolgan murojaatlar ko‘rib chiqish jarayonida.
Reklamalarni joylashtirilishi va tarqatilishi bo‘yicha jami 21 086 ta, jumladan televideniyeda 286 ta, radio 200 ta, tashqi reklama vositalaridagi 16 228 ta, bosma nashrlarda 204 ta, internet va ijtimoiy tarmoqlarda 4 168 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan.O‘rganish (monitoring)lar natijasida 8 159 ta holatda turli kamchiliklar aniqlanib, ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda 9 021 nafar iste’molchilarning huquqlari buzilganligi aniqlangan va iste’molchilar foydasiga 5,2 mlrd so‘mga yaqin miqdoridagi mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan, shundan 3,8 mlrd so‘m nuqsonli mahsulotlar almashtirib yoki qaytarib berishga to‘g‘ri keladi
Bundan tashqari, iste’molchilarga issiqlik ta’minotidagi o‘rganishlar va tahlillar natijasida 259 499 nafar iste’molchilarga 22,3 mlrd so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilingan.
Shu bilan birga, hisobot davrida jami 123 nomdagi mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilib (“Sifat nazorati” teleko‘rsatuvi bilan hamkorlikda), 13 nomdagi amaldagi talablariga nomuvofiqligi aniqlangan va 2 ta holatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning litsenziyalari bekor qilingan.
Respublikada mavjud 200 ta doimiy faoliyat yurituvchi dehqon bozorlarida iste’molchilarga yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati holati o‘rganilganda, 70 ta dehqon bozorlarida veterinariya xizmati va sanitariya-epidemiologiya xodimlari to‘liq ta’minlanmaganligi, bozordagi mahsulotlarni saqlash joylashtirish qoidalariga rioya etilmayotganligi jami 1 ming 149 ta (go‘sht mahsulotlarini muzlatkich mavjud bo‘lsada tashqarida saqlashi – 442 ta; qadoqlanmagan tayyor salat, tuzlamalar va boshqa tayyor mahsulotlarni ustki qismi ochiq – 707 ta) aniqlandi. Mazkur aniqlangan huquqbuzar dehqon bozorlariga nisbatan tegishli ravishda ma’muriy tartibda ish qo‘zg‘atilib chora ko‘rildi.
Tartibga solinadigan narxlar va tariflarni tahlil va nazorat qilish hamda tabiiy monopoliya subyektlarini tartibga solish
Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish.
Tabiiy monopoliya subyektlarining 01.07.2023-yil holatida Davlat reyestriga kiritilgan 132 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar 11 ta xizmat turlari bo‘yicha faoliyatlari ustidan monitoring olib borilmoqda. Ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlarining 64 tasi (48 foiz) davlat ishtirokidagi korxonalar hisoblansa, 68 tasi (52 foiz) xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu reyestrga kiritilgan tabiiy monopoliya subyektlarining ro‘yxati Qo‘mitaning https://raqobat.gov.uz/uzb/rasmiy veb-saytida muntazam ravishda yoritib kelmoqda.
II.Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar.
Joriy yilda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan korxonalardan 83 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 632 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolagan shartnomalari o‘rganildi, 5 ta monopol korxona tomonidan 41 ta holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi va ular bo‘yicha belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, kelgusida mazkur qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Iqtisodiy konsentratsiya ustidan nazorat
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olish yuzasidan jami 64 ta murojaat kelib tushgan, ulardan 52 tasiga rozilik berilgan, 3 tasi rad etilgan hamda 9 tasi bo‘yicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi talab etilmasligi bildirilgan.
Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish
Bugungi kunga qadar jami 130 ta shundan, 33 ta tabiiy monopoliya subyektlarida, 35 ta tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda, 37 ta mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, 19 ta davlat boshqaruvi organlarida hamda 6 ta korporativ buyurtmachilar faoliyatida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi to‘liq joriy etildi.
Tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash va xarid tizimlarni nazorat qilish
Tovar-xom ashyo birjalarida respublikadagi 500 tadan ortiq korxonalar tomonidan 51 turdagi yuqori likvidli va monopol mahsulotlar, xom ashyo va materiallarni belgilangan grafiklar asosida birja savdolariga qo‘yilishi yuzasidan doimiy monitoring o‘rnatilgan.
Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning 2023-yil birinchi yarim yilligida sotilgan umumiy hajmi 45,2 trln so‘mni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 foiz ko‘p) tashkil etdi.
2023-yil I-yarim yilligi davomida respublika bo‘yicha 32 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan jami 34 ta holatda manipulyatsiya alomatlarini sodir etganligi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Shuningdek, 6 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilib, 23 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Jamoatchilik bilan aloqalar tashkil etish bo‘yicha
Respublikada miqyosida Qo‘mita tomonidan olib borilayotgan ishlar Qo‘mitaning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida muntazam yoritilib borilmoqda.
Xususan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobatni rivojlantirish sohasida aholining xabardorligini oshirish maqsadida, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ommaviy axborot vositalarida turli mavzularda jami 500 tadan oshiq material va huquqiy axborotlar berildi.
Qo‘mita markaziy apparati tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun 9 marta matbuot brifing o‘tkazildi va Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linma rahbarlari va hududiy boshqarma boshliqlarining OAVda va Qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida 30 dan ortiq chiqishlari tashkil etildi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi faoliyatiga aloqadorlik bo‘yicha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 2023 yil yanvar-iyun oylarida o‘rganib ma’lumot berilgan rasmiy munosabatlar soni 89 ta.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida
HISOBOT
- Qo‘mitaning normativ-huquqiy bazani takomillashtirish sohasida hamda yuridik sohada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
Qo‘mita tomonidan 2022-yilda 19 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan. Shundan, 3 ta qonun loyihasi, 4 ta Prezident qarori loyihasi, 9 ta Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi, va 3 ta Qo‘mitaning qarori tayyorlandi.
Bugungi kunda ushbu hujjat loyihalaridan 3 tasi qabul qilingan, 6 tasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan, 2 ta qonun loyihasi Oliy Majlisga kiritilgan va 8 tasi kelishish jarayonida.
- Qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini baholash
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 2022 yilda regulation.gov.uz va project.gov.uz portali orqali respublika bo‘yicha kelib tushgan jami 2652 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (ex-ante) raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan o‘rganilib, Qo‘mitaning tegishli xulosalari berilgan, shundan, 248 ta (9,4 %) loyihalarda monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlari talablariga zid normalar belgilanishi nazarda tutilayotganligi aniqlangan.
Hududiy boshqarmalarga viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari hamda davlat boshqaruv organlarining hududiy boshqarma va bo‘linmalari tomonidan 2156 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari kiritilgan bo‘lib, 27 ta holatda raqobatga zid normalar mavjudligi yuzasidan tegishli xulosalar berilgan.
- Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan respublikadagi 197 ta mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat boshqaruv organlari tomonidan qabul qilingan amaldagi (ex-post) 132 049 ta normativ-huquqiy hujjatlar va 515 135 ta boshqa turdagi (yig‘ilish bayonlari, xatlar, topshiriqlar va boshqalar) jami 647 184 ta hujjatlarni raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik normalariga muvofiqligi xatlovdan o‘tkazildi.
Xatlov natijasi bilan 521 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, buning natijasida 76 ta mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda 9 ta davlat organlarining hududiy boshqarmalariga nisbatan (jami 85 ta) ishlar yurituvga olindi va natijada 100 dan ortiq hujjatlar (qaror, farmoyish va bayonlar) bekor qilindi.
- Qo‘mita tomonidan iqtisodiyotda teng raqobat muhitini yaratish, yangi bozor ishtirokchilariga bozorga kirishga bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish, alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun berilgan mavjud eksklyuziv huquqlarni bekor qilish maqsadida Qo‘mita tomonidan 13 ta eksklyuziv huquqlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF–101-son Farmoni bilan 13 ta tovar va xizmatlar bozorlarida tadbirkorlar kirishini erkinlashtirish hamda mavjud eksklyuziv huquqlarni bekor qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, shundan bugungi kunda 8 ta faoliyat turi bo‘yicha eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.
Eksklyuziv huquqlari bekor qilingan sohalarda bugungi kunda 206 ta tadbirkorlik subyektlari ushbu faoliyat bilan shug‘ullana boshladi. Jumladan, Haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish – 1 ta, Elektr texnika uskunalari va qurilmalarini markazlashtirilgan tartibda xarid qilish – 61 ta, Harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasi bo‘yicha xizmatlar – 42 ta, Soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha xizmatlar – 42 ta, Qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalari yagona yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilishi bo‘yicha xizmatlar – 49 ta, Neft mahsulotlarini saqlash bo‘yicha –
11 ta tadbirkorlik subyektlari kirib kelgan.
Shu bilan birga, Qo‘mita tomonidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xususiy sektoriga keng jalb qilish, eksklyuziv huquqlarmi bekor qilish orqali mavjud monopoliyalarni tugatish, shuningdek 12 ta sohalar bo‘yicha xususiy sektorni keng jalb qilish yuzasidan navbatdagi amaliy chora-tadbirlarni belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi ishlab chiqildi.
III. Insofsiz raqobat amaliyotlariga, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish yo‘nalishida
Insofsiz raqobatni aniqlash bo‘yicha
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalariga jami 296 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, markaziy apparat tomonidan 100 ta va hududiy boshqarmalar tomonidan 196 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan. Jumladan:
115 ta murojaat bo‘yicha 633 ta holatda raqobatga zid harakatlar aniqlanib, shundan 485 ta holatda qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan, 136 ta holatda ishni ko‘rib chiqish jarayonida ixtiyoriy bartaraf etilgan va 12 ta holat bo‘yicha ishni ko‘rib chiqish davom etmoqda.
45 ta murojaat bo‘yicha ish qo‘zg‘atish rad etilgan bo‘lsa, 125 ta murojaat bo‘yicha so‘rov va tushuntirish xatlari yuborilgan, 11 ta murojaat bo‘yicha ko‘rib chiqish davom etmoqda.
Til biriktirishlar va kartel kelishuvlar holatlarini aniqlash bo‘yicha
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlari (til biriktirishlar va kartel kelishuvlar) bilan bog‘liq 6 ta qonunbuzilish alomatlari aniqlangan, shulardan 4 ta holat bo‘yicha tegishli maxsus komissiyalar tomonidan qaror qabul qilingan va qonunbuzilishni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan va 2 ta holat bo‘yicha faoliyatida raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlar alomatlari mavjud tadbirkorlik subyektlarining bozordagi ulushi 35 % dan kamligi aniqlangan.
Jumladan, Jizzax va Samarqand viloyatlarida faoliyat yuritayotgan avtomaktablarning faoliyatini amalga oshirishda kartel kelishuv holatlarini aniqlash maqsadida avtomaktablarda xizmat ko‘rsatish bozori o‘rganildi va o‘rganilgan avtomaktablarning bozordagi ulushi 35 foizdan kamligi aniqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining (keyingi o‘rinlarda –AGTKSh) vakillari tomonidan o‘zaro kelishgan holda metan gazning narxini oshirilganligi yuzasidan til biriktirishlar va kelishib olingan harakatlarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi va o‘rganishlar natijasida kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar aniqlanmagan.
- Tovar va moliya bozorlarida raqobat holati tahlili
Tovar, moliya va raqamli bozorlarda respublikamizda raqobat muhitini baholash, iste’molchilarning tanlov imkoniyatlarini oshirish va ushbu tovar bozoridagi tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash maqsadida Qo‘mita tomonidan 262 ta (respublika bo‘yicha 744 ta) tovar va xizmatlar bozorlari tahlil qilingan. Shundan, 61 ta (respublika bo‘yicha 290 ta) bozorlar to‘liq tahlil qilinib, 201 tasida (respublika bo‘yicha 454 ta) ekspress (ichki bozorning mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi yuzasidan) tahlil ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, sement mahsuloti bozori, sug‘urta xizmatlari bozori, tadbirkorlik subyektlari fiskal ma’lumotlarini soliq tizimi bilan integratsiya qilish xizmatlari, qo‘riqlash xizmatlari, tabiiy monopoliya subyektlarining monopollashgan yondosh bozorlari, farfor-fayans fasfor-fayans mahsulotlari bozori, onlayn taksi agregatorlari xizmatlari bozori, elektr hisoblagichlar bozori hamda mineral o‘g‘itlar bozorlari chuqur o‘rganildi.
Tahlil natijalarida 16 ta korxona 15 ta tovar va xizmatlar bo‘yicha Davlat reyestridan chiqarildi hamda 7 ta korxona 7 ta tovar va xizmatlar bo‘yicha Davlat reyestrga kiritildi.
Tovar bozorlarning mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganligi statistikasi va holati.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil
20-dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni ko‘rib chiqishda ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 303-sonli qaroriga asosan ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘yinganligini to‘linganligini aniqlash maqsadida dan ortiq tovar bozorlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, 100 ta tovar bozorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari bilan to‘yinganligi va 101 ta tovar bozorining to‘yinganlik darajasi pastligi (to‘yinmagani) ma’lum bo‘ldi.
- Tartibga solinadigan narxlar va tariflarni tahlil va nazorat qilish sohasida
O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan
iqtisodiy tarmoq sohalarida 346 ta o‘rganishlar o‘tkazilib, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 378 ta holatda qonunbuzilishi aniqlangan va iste’molchilardan jami 135 mlrd.so‘mdan ortiq olingan asossiz daromadlar aniqlangan.
Natijada, 205 484 ta iste’molchilarning bugungi kunga qadar 88,8 mlrd so‘mlik manfaatlari himoya qilinib 24 mlrd so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi.
- Tabiiy monopoliya subyektlarini tartibga solish
2022-yilda tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestriga kiritilgan 134 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar 11 ta xizmat turlari bo‘yicha faoliyatlari ustidan monitoring olib borildi. Ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlarining 94 tasi (70 foiz) davlat ishtirokidagi korxonalar hisoblansa, 40 tasi (30 foiz) xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keldi.
2022 yil davomida 5 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar “Angren IES” va “Yangi Angren IES” AJlar, “Uzbekistan GTL” MChJ, “Navoiyuran” DK, “Veolia Energy Tashkent” MChJ kabi korxonalar tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestriga kiritildi, 1 ta “City building sales” MChJ reyestrdan chiqarildi.
Ushbu sohada jami 434 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (shundan 345 ta yuridik hamda 89 ta jismoniy shaxslar) ko‘rib chiqilib, jami 83,9 mlrd so‘m asossiz daromad olinganligi aniqlandi.
Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholidan asossiz olingan tabiiy gaz – 9,3 mlrd so‘m, elektr energiyasi –
7 mlrd so‘m, ichimlik va issiqlik ta’minoti – 48,2 mlrd so‘m, boshqa xizmatlar – 1,2 mlrd so‘m mablag‘larni qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bugungi kunda 17,3 mlrd so‘m mablag‘lar qayta-hisob kitob qilindi. Shuningdek, mazkur murojaatlarni ko‘rib chiqishda jami 16 930 ta iste’molchilarning huquqlarini himoya qilindi.
Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestriga kiritilgan
134 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlardan 129 tasini 250 turdagi ommaviy shartnomalari loyihalari tabiiy monopoliya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqildi va ulardan 150 ta holatda yoki 60 foizida doir qonunchilik talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Tabiiy monopoliya sohalarini transformatsiya qilish yo‘nalishida tarmoq infrastrukturasi bilan bog‘liq va tabiiy monopoliya sohalarida (elektr energiyasi, tabiiy gaz, transport (temir yo‘llari, fuqaro aviatsiyasi va aeroport xizmatlari) va telekommunikatsiya) mustaqil bozor regulyatorlari institutini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi (ID-70253) ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
VII. Iqtisodiy konsentratsiyasi ustidan nazorat hamda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish bo‘yicha
Bugungi kunga qadar Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish yuzasidan jami 125 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 28 ta murojaat xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga rozilik olish to‘g‘risida bo‘lsa, 97 tasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik olish bilan bog‘liq murojaatlar.
Ushbu murojaatlarning 92 tasi bo‘yicha Qo‘mita maxsus komissiyasining bitimlarga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori chiqarilgan, 30 tasi bo‘yicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi talab etilmasligi to‘g‘risida tegishli javob xatlari berilgan, shu bilan birga 3 ta holatda ko‘rib chiqish to‘xtatilgan.
Kelib tushgan barcha murojaatlar chuqur tahlil qilinib, Qo‘mita tomonidan jami 4 975 mlrd. so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan
35 foizi, ya’ni 1739 mlrd. so‘mlik (157,3 mln. AQSh doll.) bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xorijiy investorlar tomonidan asosan moliya bozori, to‘qimachilik, elektrotexnika, qurilish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va shu kabi sohalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘lar va zamonaviy texnologiyalar ko‘rinishida investitsiyalar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Misol tariqasida olib ko‘radigan bo‘lsak, hisobot davrida quyidagi bir nechta yirik bitimlarni tuzishga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi berildi.
Hisobot davrida 11 ta holatda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda aksiyalarni (ulushlarni) olish yuzasidan bitimlar tuzilganligi aniqlandi va ular bo‘yicha belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, kelgusida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan korxonalar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni yetkazib berishda va xizmatlarni ko‘rsatishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolangan shartnomalarning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi yuzasidan tanlanma ravishda 146 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 1 460 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolagan shartnomalari o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi “Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-123-son Qaroriga muvofiq Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda hududlar kesimida 26 804 ta davlat muassasalarining tashkiliy huquqiy shakllarini o‘zgartirish va keyingi faoliyati bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida tahlil ishlari o‘tkazildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, Davlat tender komissiyasiga kiritish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga 25 490 ta holatda sohaning ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib saqlab qolishga, 406 ta holatda davlat muassasasini xususiylashtirishga, 759 ta holatda davlat muassasalarini tugatishga va 149 ta holatda davlat muassasalarini mulkchilik shaklini o‘zgartirishga taklif berildi.
Monopoliyaga qarshi komplyaens tizimini joriy etish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 2-martdagi 114-son qaroriga muvofiq, 2022-yil
1-yanvardan boshlab tabiiy monopoliya subyektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek oxirgi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining o‘rtacha yillik miqdori 30 mlrd.so‘mdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish belgilangan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 104 ta korxona va tashkilotda, jumladan, 10 ta davlat ishtirokidagi korxonalarda, 37 ta monopol korxonalarda, 33 ta mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, 22 ta davlat boshqaruv organlarida, 2 ta korporativ buyurtmachilarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy qilindi.
VIII. Davlat xaridlari va boshqa savdolarda raqobatni ta’minlash bo‘yicha
2022 yil yakuni bo‘yicha davlat va korporativ buyurtmachilar tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 27 287 mlrd. so‘mlik jami 31 926 ta tanlov (tender) savdolarida tahlil ishlari olib borildi. Tahlil va o‘rganishlar natijasida davlat va korporativ buyurtmachilar tomonidan 8 698 ta raqobatga zid holatlar sodir etilganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar qo‘yidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan:
- tovar moddiy boyliklarni xarid qilish sohasida jami boshlang‘ich narxi 3 966 mlrd. so‘mlik 7 660 dona xaridlar nazoratga olingan bo‘lib, shundan 3 113 ta holatlarda raqobatga zid xato va kamchiliklar aniqlangan;
- qurilish rekonstruksiya ta’mirlash ishlarida jami boshlang‘ich narxi 6 789 so‘mlik 13 046 dona xaridlar nazoratga olingan bo‘lib, shundan 4 236 ta holatlarda raqobatga zid xato va kamchiliklar aniqlangan;
- xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi boshlang‘ich narxi 16 532 so‘mlik jami 11 220 dona xaridlar nazoratga olingan bo‘lib, shundan 1 349 ta holatlarda raqobatga zid xato va kamchiliklar aniqlangan.
Yuqorida aniqlangan jami 8 968 ta raqobatga zid kamchillik holatlardan 5 507 tasi bo‘yicha huquqiy baho berish uchun huquq tartibot organlariga ma’lumotnomalar kiritilgan, 235 ta holat buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan, 2 956 ta holat bo‘yicha Qo‘mita va hududiy boshqarmalar tomonidan 620 ta ish qo‘zg‘atilib, 530 ta ko‘rsatmalar berilgan, 412 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
- Tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash va xarid tizimlarni nazorat qilish bo‘yicha
Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni tasdiqlangan grafiklar asosida belgilangan hajm va muddatlarda birja savdolariga qo‘yib borilishi yuzasidan monitoring tartibda doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, qonunbuzarlik holatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni tegishli moddalari va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida o‘rganish va tahlil ishlari o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Respublikadagi 500 tadan ortiq korxonalar tomonidan 51 turdagi yuqori likvidli va monopol mahsulotlar, xom ashyo va materiallarni belgilangan grafiklar asosida birja savdolariga qo‘yilishi yuzasidan hududiy boshqarmalardagi biriktirilgan xodimlar bilan birgalikda doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning soni joriy yilda 38 tadan 51 taga yetkazilib, ro‘yxatga
8 turdagi mahsulot po‘lat shar, metall list prokati, suyuq uglerod oksidi, texnik kislorod, kaustik soda, neft koksi, sintetik nafta va barda mahsulotlari kiritildi hamda ushbu ro‘yxatdan neft va gaz kondensatlari chiqarildi.
Shu bilan birga, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning 2022 yilda sotilgan umumiy hajmi 94 trln so‘mni tashkil etib, 2021 yil mos davriga nisbatan o‘sish 31 foizni tashkil etgan.
Birja savdolari aniqlangan qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha
Birja savdolarida 190 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan manipulyatsiya harakatlarini sodir etganligi va birjaga oid qonunchilik talablari buzilganligi natijasida narxni sun’iy oshishiga sabab bo‘lgan
261 ta holat yuzasidan jami 92 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ortiqcha olingan jami 9 861 mln so‘m mablag‘larni undirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
- Xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalar
Qo‘mita va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRR) o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumiga binoan, EBRR tomonidan ajratilgan 96 ming yevro miqdoridagi granti asosida “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining institutsional salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Qo‘mita tizimi xodimlari ko‘nikma hamda salohiyatini oshirishga qaratilgan 3 oylik gibrid (onlayn hamda oflayn) tarzda o‘quv seminar-treninglar tashkil etilgan.
O‘z navbatida, Qo‘mita Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) bilan hamkorlikda 2021-yil 25-noyabr sanasida start berilgan “Raqobatbardoshlikni ta’minlashning adolatli bozor shartlari” loyihasi doirasida salmoqli ishlar amalga oshirib kelmoqda.
Ma’lumot uchun: Ushbu loyihasini tatbiq etish uchun OESR tomonidan monopoliyaga va korrupsiyaga qarshi kurashishni ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida, dunyoning 6 ta davlatlaridan biri etib O‘zbekiston Respublikasi tanlab olingan hamda mazkur loyihani tatbiq etish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilandi.
Ushbu loyiha doirasida Qo‘mita OESR bilan birgalikda tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasi raqobat qonunchiligi hamda siyosatiga kirish” mavzusidagi hisoboti 2022-yil 8-iyun sanasida OESR ekspertlari, bir qator mutasaddi vazirlik va idoralar rasmiylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi raqobat qonunchiligi hamda siyosatiga kirish” hisoboti taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan birga, Qo‘mita hamda OESR tomonidan 2022-yil 10-12-oktabr kunlari “Bozordagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarining ustun mavqeiy va uni suiiste’mol qilinishi” mavzusidagi seminar-trening hamda 13-oktabr sanasida xalqaro tadbir tashkillashtirildi.
Jahon bankining “O‘zbekistonda institutsional salohiyatni oshirish” (IBL) loyiha doirasida Qo‘mita faoliyati samaradorligini hamda xodimlar salohiyatini oshirish maqsadida yollangan 3 ta xalqaro ekspertlar tomonidan uslubiy tavsiyalar hamda metodikasi ishlab chiqilgan.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) “Markaziy Osiyo Energetikasi” loyihasini amalga oshiruvchi “Tetra Tech” kompaniyasi vakillari hamda ekspertlari tomonidan Qo‘mita tizimi xodimlari salohiyatini oshirishga qaratilgan tabiiy monopoliya subyektlarini tartibga solish borasida bir qator mavzularda 1-2 haftalik 4 dan ortiq
seminar-treninglar tashkillashtirildi.
Shuningdek, Shveysariya, Tailand, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi kabi bir qator davlatlarda xorijiy davlatlarning monopoliyaga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organlari, Xalqaro Raqobat Tarmog‘i (ICN), BMTning Savdo va Taraqqiyot Konferensiyasi (UNCTAD) hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkillashtirilgan monopoliyaga qarshi kurashish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida 14 dan ortiq an’anaviy tarzda hamda 100 ga yaqin videokonferens-aloqa rejimida tashkillashtirilgan xalqaro tadbirlarda Qo‘mita mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.
Integratsiya jarayonlarini jadallashtirish
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo‘shilishi doirasida davlat savdo korxonalari bo‘yicha ma’lumot qayta ko‘rib chiqildi hamda tegishli qismlari JSTga a’zo mamlakatlar vakillari tomonidan talab etilgan ma’lumotlar bilan to‘ldirilgandan so‘ng JST kotibiyatiga taqdim etildi.
JSTga a’zo davlatlarning (AQSh hamda Yevropa ittifoqi) tegishli savollariga xalqaro ekspertlar tomonidan taqdim etilgan taklif va izohlardan kelib chiqib javoblar tayyorlandi.
Qo‘mita xalqaro ekspertlar bilan birgalikda milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish maqsadida JST normalariga zid bo‘lgan (yoki zid deb taxmin qilingan) normativ-huquqiy hujjatlar o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, JST bitimlari normalariga zid bo‘lgan
10 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarda diskriminasion normalar mavjudligi aniqlandi.
O‘z navbatida, bir qator JST bitimlariga zid bo‘lgan normalarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda ularni muvofiqlashtirish yuzasidan puxta tayyorlangan materiallar Milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhga taqdim etilgan.
Shuningdek, Qo‘mita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) tomonidan jalb etilgan xalqaro ekspertlar Viktor Ognivsev (Shveysariya) hamda Viktor Kroshet (Belgiya) Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan simulyatsion muzokaralar o‘tkazildi, shuningdek Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasining JSTga qo‘shilishi doirasida Ishchi guruhning
6-yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida tayyorlangan materiallar ko‘rib chiqilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Qo‘mita Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (EIK) Raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bloki bilan hamkorlikda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, tabiiy monopoliyalarni tartib solish, davlat xaridlarini nazorat qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan xalqaro ekspertlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqilgan.
Mazkur qonun loyihasida YeOII qonunchiligidagi raqobatni rivojlantirish, monopoliyaga qarshi tartibga solish, davlat xaridlarini nazorat qilish hamda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish kabi bir qator tegishli normalar O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni loyihasiga kiritilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaning tegishli qismlarida keltirilgan normalarga milliy qonunchilikni muvofiqlashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar hamda takliflar yuborilgan.
- Iste’mol bozorlarida narxlarni monitoring qilish bo‘yicha
Iste’mol bozorlari va chakana tarmoqlarda narx-navoni nazorat qilish yo‘nalishida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi
PF-145-son Farmoniga asosan aholini asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar bilan ta’minlashni tashkil etish, ularning xavfsizligi va sifatini tizimli nazorat qilish hamda mahsulotlar narxlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-son qaroriga asosan Iste’mol bozorlarida narxlarni monitoring qilish departamentiga bir qator qo‘shimcha vazifa va vakolatlar berildi.
Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan quyidagilar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
- Farmonning 9-bandida, mazkur Farmon 2-ilovasida ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlash vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 25 ta vazirlik va idoralardan ma’lumotlarni axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida ma’lumot olish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnomalar imzolandi.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi savdo yarmarkalari faoliyatini muntazam nazorat qilib borish uchun barcha dehqon bozorlarida va aholi zich istiqomat qiladigan mahallalarda joylashgan
318 ta yarmarkalarga Qo‘mitaning 217 nafar mas’ul xodimlari biriktirildi va mahsulotlarning narxlari bo‘yicha doimiy nazorat o‘rnatilgan.
Mazkur yarmarka rastalariga 48 turdagi mahsulotlar chakana savdosi tashkil etilib, yarmarka savdolaridagi mahsulotlar narxlari o‘rtacha bozor narxlariga nisbatan 12 – 37 foizgacha arzonroq sotilishi tashkillashtirilgan.
Iste’molchilarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri arzon narxlarda yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi (226 ta), Andijon (30 ta), Buxoro (136 ta), Jizzax (30 ta), Qashqadaryo (240 ta), Navoiy (38 ta), Namangan (156 ta), Samarqand (40 ta), Surxondaryo (245 ta), Toshkent (292 ta), Farg‘ona (137 ta), Xorazm (44 ta) viloyatlari va Toshkent shahri (311 ta)da 1925 nafar dehqonlarga bozor hududida qo‘shimcha joy ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.
- Ichki bozorda bug‘doy va un mahsulotlari realizatsiya qilinishi va narxlari shakllanishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni joyida batafsil o‘rganish bo‘yicha hududiy organlarga topshiriq yuborildi.
Dastlabki o‘rganish jarayonida ayrim hududlarda boshlang‘ich narxlarning nisbatan yuqori sur’atlarda oshishi ta’sir qilganligi kuzatildi. Xususan, yil boshidan bug‘doyning birjadagi eng yuqori boshlang‘ich narxlari Jizzaxda –
4,2 mln so‘m, Toshkentda – 3,7 mln so‘m, Qashqadaryoda – 3,6 mln so‘m, Surxondaryoda – 3,6 mln so‘m, Farg‘onada – 3,6 mln so‘m va Xorazmda – 3,6 mln so‘mgacha ko‘tarilganligi kuzatildi.
- Toshkent shahrida joylashgan dehqon bozorlarida asosiy iste’mol mahsulotlari ulgurji savdosi bilan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, bozorlarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga mo‘ljallangan “ishlab chiqaruvchi rastasi”ni tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
- Ichki bozorda texnik chigit mahsulotining realizatsiyasi qilinishi va narxlar o‘zgarishi mavjud ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, hududiy boshqarmalar tomonidan paxta xom-ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotlar narxlari shakllanishini o‘rganishlar o‘tkazildi, o‘rganishlar natijasida hududlar tomonidan paxta xom-ashyosidan olingan mahsulotlar qoldig‘iga aniqlik kiritish va zaxiralar aniqlanganda, o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismini birja savdolariga texnik chigiti qo‘ymagan va birjaga grafik taqdim etmagan 5 ta (Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ta, Xorazmda 2 ta, Jizzaxda
1 ta) klasterga nisbatan qonunchiligida belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan. - Hududlarda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari faoliyatida uchrayotgan muammolar va to‘siqlarni tizimli hamda tahliliy o‘rganish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning narxiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etayotgan salbiy omillarni aniqlash maqsadida klasterlar va fermer xo‘jaliklari vakillari bilan uchrashuvlar, tematik suhbatlar o‘tkazildi.
- Qo‘mita tomonidan doimiy ravishda iste’mol bozorlaridagi narxlar monitoring qilib borilmoqda sitrus mevalar, sut va baliq mahsulotlari narxiga salbiy ta’sir etayotgan omillarni aniqlash maqsadida ishlab chiqaruvchilar, importyorlar, ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, natijalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
12-oktabrdagi 587-sonli “2022–2023-yillarning qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini zaxira omborlariga g‘amlanganligi holati yuzasidan joylarga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazilib, hamda aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli ma’lumotnomalar rasmiylashtirildi hamda tegishli holatlarda tuman va shahar hokimliklari mas’ullariga nisbatan intizomiy choralar ko‘llash bo‘yicha takliflar kiritilgan. - Ichki bozorda sotilayotgan benzin narxlarini barqarorlashtirish hamda taqchillik va ajiotaj holatlarni oldini olish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, respublika aholisini neft mahsulotlari bilan barqaror va maqbul narxlarda ta’minlanishini tashkil etish bo‘yicha Qo‘mita va barcha hududiy boshqarmalarda muvofiqlashtiruvchi shtablar shakllantirilib, fuqaro murojaatlarini tezkor qabul qilish va zarur tushuntirishlar berish maqsadida “call center” markazlari yo‘lga qo‘yildi;
– respublika kesimida AYoQShlardagi chakana narxlar va ularning joylashgan (lokatsiyasi) manzilini qulay tarzda ko‘rib borish uchun telegram bot “benzin narx” ishga tushirildi, bunda foydalanuvchilar o‘zlariga eng yaqin va narxlari arzon bo‘lgan AYoQShlarni ushbu bot orqali tez aniqlashlari mumkin;
– hududiy organlar tomonidan 2 172 ta AYoQShlarga AI-80 benzin mahsulotining narxlarini asossiz oshirmaslik bo‘yicha ogohlantirish yuborildi hamda har bir AYoQSh kesimida narxlar monitoringini yuritish bo‘yicha xodimlar biriktirilgan;
– berilgan ogohlantirishlar natijasida respublikaning 1 563 ta AYoQShlarda 1 litr benzinning o‘rtacha narxini 7 000 so‘mdan 5 700 so‘mgacha, yoki 19 foizgacha pasayishiga erishildi.
Ichki va tashqi bozorlarida narxlarni tahlil qilish yo‘nalishida
Ichki iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq ovqat mahsulotlari chakana narxlari va uning oshishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi.
Shuningdek, texnik chigit, guruch, benzin, bug‘doy, un, non, sut, sitrus mevalari, grechka hamda baliq mahsulotlari realizatsiyasi, shu jumladan importi holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, Vazirlar Mahkamasiga narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha takliflar kiritildi.
Xususan, ichki bozorni ayrim turdagi talab yuqori bo‘lgan sitrus mevalar (banan) narxlari tahlil qilinganda, joriy yil yanvar-noyabr oylarida banan importi 127,2 ming tonnani tashkil etishi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 57,4 ming tonnaga (80 foizga) oshganligi kuzatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi
PQ-4554-son qarori ijrosi holati va dori vositalari, xususan import dori vositalariga narxlarni belgilash referent narx shakllantirish tizimi doirasida amalga oshirilayotganligi holati hamda belgilangan ulgurji va chakana narxlarning to‘g‘ri shakllanishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi hamda tegishli topshiriqlar belgilab olindi.
Asosiy iste’mol tovarlari narxlari, tarif va notarif cheklovlar, ichki bozorda mahsulotlarning to‘yinganlik darajasi, sohaga oid xorij yangiliklari, shu jumladan xalqaro birjalardagi holatlar va boshqa ma’lumotlar umumlashtirgan holda Asosiy iste’mol tovarlari “Daydjest”i tayyorlab borilmoqda.
XII. Hududlarda raqobatni rivojlantirish sohasida
Qo‘mita raisining 2022-yil 14-fevraldagi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy organlari faoliyatini kompleks o‘rganishni tashkil qilish to‘g‘risidagi 18-ICh buyrug‘iga asosan 14 ta hududiy boshqarmalarning barchasini faoliyati kompleks o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasida Hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda zarur choralar ko‘rish maqsadida hududiy boshqarmalarga takliflar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
3-dekabrdagi PF-29-son Farmoni hamda PQ-31-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan va Farg‘ona viloyatlarida mahallalarni kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish “yangi o‘sish nuqta”lari (drayverlarni)ni shakllantirish va to‘liq ishga solish, tadbirkorlik va raqobatni rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
Namangan viloyatidagi 788 ta mahallalarga tayinlangan “hokim yordamchilari” bilan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Namangan viloyat boshqarmasi, tuman markazlari va respublika vakillari tomonidan joriy yilda hamkorlikda barcha mahalladagi 528,9 ming ta xonadonlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, iqtisodiy ahvoliga ko‘ra 4 ta toifaga ajratib olindi. Xatlov natijasida daromadini oshirish istagini bildirgan xonadonlar soni 282,7 ming tani tashkil etdi.
Yil boshidan 229,8 ming nafar fuqarolar daromadli ish o‘rinlar bilan bandligi ta’minlandi. Bularning 164,5 ming nafari hokim yordamchilari tashabbusi va ularning amaliy ko‘magi hisobiga amalga oshirildi. Shundan,
61 283 nafari doimiy, 13 222 nafari jamoat ishlariga joylashtirilgan bo‘lsa, 60 170 nafar fuqarolarga ijara asosida yer ajratib berildi,
90 078 nafari o‘zini-o‘zi band qilindi va 5 071 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkorlik tashkil etdi.
Xususan, Namangan viloyatida hokim yordamchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan takliflarga binoan viloyatidagi tashabbuskor hokim yordamchilarining amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida 19-21 avgust kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Toshkent suvenirlari” Respublika ko‘rgazma-savdosida Namangan viloyatidagi 5 nafar tashabbuskor hokim yordamchilarining ishtiroki ta’minlandi va ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berildi.
Vazirlar Mahkamasining yig‘ilish bayoniga asosan Qo‘mitaga biriktirilgan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 12 ta (A.Sog‘uniy, Vatan, Vatanparvar, Diyorobod, Diydor, Nurobod, Farhod, Hamdo‘st, Shirin, Yangiyo‘l, Bog‘obod, Bog‘iston) mahallalarda “namunaviy mahalla” qiyofasini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi turmush darajasini oshirish hamda u yerda yangi kichik biznes va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish orqali “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarning bandiligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “Ayollar daftari” va “Temir daftar” ga kiritilgan xotin-qizlarning maktab yoshidagi farzandlarini maktab formalari bilan ta’minlash maqsadida 130 nafar maktab o‘quvchilariga jami qiymati 39 mln.so‘mlik maktab formasi tarqatildi.
Qo‘mitaga biriktirilgan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 12 ta “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida Uchtepa tumani mahalla xayriya jamoat fondiga
200 mln.so‘m o‘tkazib berildi. Bu mablag‘lar evaziga jami 15 648 ta shundan
12 ming tub mevali daraxtlar hamda 3648 dona uzum ko‘chatlari ekilishi ta’minlandi.
Sog‘uniy, Vatan, Vatanparvar, Diyorobod, Diydor, Nurobod, Farhod, Hamdo‘st, Shirin, Yangiyo‘l, Bog‘obod, Bog‘iston mahallalarda yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda qarshi olish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan bolalarni va nuroniylarni holidan xabar olish hamda mahallalarda “Bayram oshi” tadbirlari o‘tkazildi.
XIII. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash sohasida
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga soluvchi 2 ta asosiy qonunlar (shundan 1 tasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi,1 tasi yangi tahrirda) qabul qilindi.
Iste’molchilar huquqlarini cheklab qo‘yuvchi normalar mavjudligi yuzasidan amaldagi 23 ta normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan o‘tkazildi va Adliya vazirligiga tegishli takliflar kiritildi.
Vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan 53 ta qonun hujjatlari loyihalarining iste’molchilarga ta’siri nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazilib, tegishli xulosa va takliflar berildi..
Aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-sentabrdagi
PF-5817-son Farmoniga muvofiq, Agentlikning asosiy vazifalaridan biri bu – aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi. Shunga ko‘ra, O‘tgan davr mobaynida mazkur yo‘nalishlarga asosiy e’tibor qaratgan holda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ommaviy axborot vositalarida turli mavzularda jami 4 286 ta material va huquqiy axborotlar (shundan, televidenieda 540 ta lavha, radioda 282 ta eshittirish, “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida 3 marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali chiqishlar, bosma nashrlarda 145 ta maqolalar, elektron axborot vositalarida 3 319 ta materiallar joylashtirildi) berildi.
Iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish sohasida
Iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarni himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tizimli o‘rganishlar va kelib tushgan murojaatlarga asosan jami 3 259 111 nafar iste’molchilarga 75 600,6 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlanib, ularga 60 609,9 mln so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilinishi natijasida 2 133 721 nafar iste’molchilarning huquqlari tiklanishiga erishildi. Qolgan mablag‘larni iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilish va ularning huquqlarini tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Jumladan:
Hisobot davrida iste’molchilar tomonidan o‘z huquq va manfaatlari buzilishi holatlari yuzasidan Agentlik va uning hududiy tuzilmalariga jami 25 644 ta (2021 yil davomida 26 249 ta) murojaatlar qilingan.
Murojaatlarning 10 277 tasi (40,1 foiz) uy-joy kommunal, transport xizmatlari, 9 596 tasi (37,4 foiz) savdo va umumiy ovqatlanish, 4 415 tasi (17,2 foiz) aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 1 356 tasi (5,3 foiz) reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi.
Mazkur murojaatlarning 19 905 tasi yoki 80,6 foizi (13 604 tasi qanoatlantirish va 6 301 tasi huquqiy yordam berish) ijobiy hal etilgan bo‘lib, 3 886 tasiga (15,2 foiz) tegishli tushuntirish berilgan va 939 tasi (3,7 foiz) vakolatli idoralarga yuborilgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda 83 960 nafar iste’molchilarning huquqlari buzilganligi hamda ularga 17,8 mlrd so‘mdan ortiq miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Aniqlangan mablag‘larning 15,9 mlrd so‘mi (89,3 foiz) iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilinib, qolgan 1,9 mlrd so‘m mablag‘larni ularga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida huquqlari buzilgan iste’molchilarga 5,3 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar naqd pul ko‘rinishida qayta hisob-kitob qilinishi, shuningdek 466 nafar iste’molchiga 2,0 mlrd so‘m miqdoridagi tovarlar qaytarib berilishi ta’minlangan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilishda hamkorlik sohasida
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish maqsadida, tasdiqlangan reja-grafik asosida muntazam ravishda chakana savdoda tovarlar nazorat xaridini va ularni ekspertizadan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shunga ko‘ra, jami 242 nomdagi (50 turdagi) mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilib (“Sifat nazorati” teleko‘rsatuvi bilan hamkorlikda), ularning ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, 51 nomdagi (12 turdagi) mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlangan. Misol uchun:
– ichki bozordagi L&S kabeli SSA, Nurmaks va IRCAB oqim o‘tkazuvchi yadrolar va o‘tkazgichlarning e’lon qilingan elektr qarshiligiga, shuningdek, kuchlanish talablariga javob bermasligi aniqlanib, tegishli choralar ko‘rish uchun Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuborilgan.
Iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ularning huqularini tiklash sohasida
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi (alomatlari) holatlari yuzasidan 558 ta (shundan, 519 tasi iste’molchi va 39 tasi reklama qonunchiligi bo‘yicha) subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini tugatish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.
61 nafar huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudlarga yuborilgan va 46 nafar shaxsga nisbatan jami 21,6 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish bo‘yicha sudlarga 48 ta da’vo arizalari kiritilib, shundan 15 tasi qanoatlantirilgan, 33 tasi sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish sohasida
Reklamalarni joylashtirilishi va tarqatilishi bo‘yicha jami 66 303 ta, jumladan televidenieda 573 ta, radio 214 ta, tashqi reklama vositalaridagi 51 000 ta, bosma nashrlarda 678 ta, internet va ijtimoiy tarmoqlarda 13 838 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan.
O‘rganish (monitoring)lar natijasida 19 425 ta holatda turli kamchiliklar aniqlanib, ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Totalizator va bukmeykerli faoliyati reklamasini joylashtirish holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha 4 014 ta obyektlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan 208 ta kamchiliklar bartaraf etilgan.
Ma’muriy hududda faoliyat yuritayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining (dorixona, savdo do‘koni, moy almashtirish, umumiy ovqatlanish va sh.k) tashqi qismiga reklama-axborotlarini joylashtirilishi va ularni kim tomonidan (diler, ishlab chiqaruvchi yoki boshqalar) o‘rnatilganligiga aniqlik kiritish bo‘yicha 9 906 ta obyektlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan 4 831 ta kamchiliklar bartaraf qilingan.