Qo‘mita tarixi

 

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida raqobatni rivojlantirish va uni himoya qilish masalasiga davlat siyosati darajasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaraldi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mahsuli sifatida bozor iqtisodiyotining samarali harakatlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan institutsional asoslar, shart-sharoitlar yaratildi.

Shu bilan bir qatorda,  davlatning raqobat siyosatini amalga oshirish vakolati berilgan monopoliyaga qarshi davlat organi ham institutsional tarafdan mustahkamlanib bordi.

O‘zbekistonda raqobat siyosati: Asosiy sanalar

  • 1992-yil 2-iyul– “Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi va O‘zbekistonda raqobat siyosatini shakllantirish va  amalga oshirish boshlandi;
  • 1992-yil– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi tashkil etildi;
  • 1996-yil– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etildi;
  • 2000-yil– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq  monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi, unga davlat qo‘mitasi maqomi berilib, respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish vakolati berildi;
  • 2005-yil– raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni  rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq  monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga  yangi vakolatlar berildi.
  • 2010-yil— monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solishni yana-da kuchaytirish va  sog‘lom raqobat muhini yaratish  maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq  monopoliyaga qarshi organ  qayta tashkil etildi.

 Iqtisodiyotda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, shuningdek, monopoliyaga qarshi organlar institutlarini yana-da mustahkamlash, 90-yillarda va 2000-yillarning boshlaridagi monopoliyaga qarshi qonunchiliklarni takomillashtirish maqsadida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va qabul qilindi:

  • 1996-yil 27-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida” Qonuni qabul qilindi.

Yangi qonun qoidalari ikkita asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘lib, bular:

  • monopol mavqeini suiisteʼmol qilish ustidan nazorat o‘rnatish va unga yo‘l qo‘ymaslik;
  • iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarni yaratish;
  • 1997-yil 24-aprelda O‘zbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida” Qonuni qabul qilindi;
  • 1996-yil 26-aprelda O‘zbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida  raqobatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan asosiy islohotlar:

Ushbu jarayoni uch bosqichda amalga oshirildi:

1-bosqich (1991-1999-yy.) Raqobat muhitini shakllantirish uchun bozor mexanizmlarini yaratish:

  • 1992-yil 2-iyulda– “Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi va O‘zbekistonda raqobat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boshlandi;
  • 1992-yil– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi tashkil etildi;
  • 1996-yil– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etildi.

Shu yilda “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi.

2-bosqich (2000-2010-yy). Monopolist korxonalarni monopoliyadan chiqarish, bo‘lib yuborish va qayta tashkil etish:

  • 2000-yil– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq  monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirli tarkibidan chiqarildi, unga davlat qo‘mitasi maqomi berilib, respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish vakolati berildi.
  • 2005-yil– raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni  rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq  monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga  yangi vakolatlar berildi.
  • Qo‘mitaga yangi nom berildi– O‘zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi.

3-bosqich (2010-yildan boshlab)  Moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solishni joriy etish.

  • 2010-yil— monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solishni yanada kuchaytirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq  monopoliyaga qarshi organ  qayta tashkil etildi va uning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi bekor qilindi.
  • 2012-yil– ikkita davlat qo‘mitasini qo‘shilib ketishi orqali yana qisman o‘zgarish bo‘ldi.

Shu yilda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi №PF-5630-sonli “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va  kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi № PQ-4126-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tuzildi va unga monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish,  raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati ustidan nazorat olib borish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama bozorini tartibga solish va  tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash kabi  vazifa, funksiya va vakolatlar berildi.

 

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-sonli hamda 2023-yil
25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–14-son Farmonlariga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi negizida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashkil etildi.

Shuningdek, 2023yil 6iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF
-108-sonli Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Qo‘mita faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, tashkiliy tuzilmasi, sohada islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”, Qo‘mitaning xususiy sektorga beriladigan funksiyalari ro‘yxati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar nazarda tutildi.

Shu bilan bir qatorda, 2023-yil 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining  “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahriri qabul qilindi.