Raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta’sir choralari ko‘rib kelinmoqda.
Xususan:
✔️ Namangan viloyati misolida – O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Namangan viloyati, Mingbuloq tumani bo‘limining 1 ta 376 mln so‘mlik;
✔️ Qashqadaryo viloyati misolida – G‘uzor tuman obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 1,2 mlrd so‘mga yaqin; – “Shahrisabz tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasining 1 ta 491 mln. so‘mlik;
✔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida – Shumanoy tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 28 mln so‘mlik; – Nukus Muruvvat ayollar uchun internat uyining 1 ta 893 mln so‘mlik; – «O‘ZDAVERLOYIHA» Davlat ilmiy-loyihalash instituti Qoraqalpog‘iston respublikasi bo‘linmasining 1 ta 1 mlrd so‘mdan ortiq;
✔️ Samarqand viloyati misolida – Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 1 ta 215 mln so‘mlik;
✔️ Sirdaryo viloyati misolida – Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining 1 ta 180 mln so‘mlik;
✔️ Surxondaryo viloyati misolida – Respublika Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxondaryo filialining 1 ta 120 mln so‘mlik; – Angor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 1 ta 1.8 mlrd so‘mga yaqin; – Termiz tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 1 ta 50 mln so‘mlik;
✔️ Xorazm viloyati misolida – Xiva «Xiva ixtisoslashtirilgan maxsus internat uyi»ning 1 ta 1,9 mlrd so‘mlik;
✔️ Toshkent viloyati misolida – “O‘ZBEKISTON TEXNOLOGIK METALLAR KOMBINATI” AJning 3 ta 1 mlrd so‘mdan ortiq;
eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarini o‘rganish natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Yuqoridagilarga muvofiq, Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Davlat xaridlari sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash hamda raqobat uchun teng imkoniyatlarni yaratish Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Aniqlangan qonunbuzilishlarning oldi olinishi davlat mablag‘larining samarali va shaffof sarflanishini ta’minlaydi, shu bilan birga tadbirkorlar uchun ochiq va adolatli raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.








