9-noyabr – Butunjahon Sifat kuni
SIFAT- BU ISHONCH. BIZ SIFAT TARAFDORIMIZ!
Bugungi kunda iste’molchi o‘ziga zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatadigan savdo do‘konlari xizmatidan foydalanishga harakat qiladi. Bu ularning iste’molchilik huquqi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, iste’molchi tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli, xavfsiz bo‘lishini talab qilishga haqli.
Sababi oziq-ovqat va maishiy texnika mahsulotlarining sifati va xavfsizligi har bir inson uchun muhim omil hisoblanadi. Bu mahsulotlar standart, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga mos bo‘lishi shart. Bundan tashqari, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, bajariladigan ishlar ham albatta sifat me’yorlariga javob berishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Anglesey Food» MChJ xususiy korxonasi xodimlari uchun “Sifat bu ishonch. Biz sifat tarafdorimiz!” mavzuida o‘tkazilgan o‘quv seminarda masalaning ana shu jihatlariga e’tibor qaratildi.
Jumladan, Raqobat qo‘mitasiga joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida savdo sohasida iste’molchilarga 553 ta holatda, 1465 dona mahsulotlardagi 4,692 mlrd so‘mdan ortiq miqdoridagi mahsulotlarning almashtirib berilgani yoki qaytarib berilgani ta’kidlandi.
Muddati o‘tgan mahsulotlar bo‘yicha 2022-yil 10 oyda 361 ta, 2023-yil 10 oyda 319 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga kamaygan.
▶ ma’lumot uchun: tizimli o‘rganish va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida 2021-yilda 137,9 mlrd so‘m, 2022-yilda esa 75,6 mlrd so‘m, 2023-yil o‘tgan davri mobaynida 142,7 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.
Qo‘mita iste’molchilarni murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan birga murojaatlarni ortishiga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni oldini olish choralarini ko‘rib boradi. Jumladan:
“Nazorat xaridi” loyihasi yuzasidan savdo shoxobchalarida doimiy ravishda iste’molchi qonunchiligi talabi bo‘yicha monitoringlar olib boradi;
Qo‘mita tomonidan 2023-yil o‘tgan davri mobaynida 181 nomdagi mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilgan va 13 nomdagi mahsulotlar amaldagi talablariga nomuvofiqligi aniqlangan. Shu bilan birga, savdo sohasida iste’molchilarga 553 ta holatda, 1465 dona mahsulotlardagi 4,692 mlrd so‘mdan ortiq miqdoridagi mahsulotlar Qo‘mita nazorati ostida almashtirib yoki qaytarib berilgan.
Mazkur muammolar Qo‘mitaga, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qoldirgan ko‘plab iste’molchilar xarid qilgan oziq-ovqat mahsulotlari iste’molga yaroqsizligidan shikoyat qilishgan. Bular: sut va sut mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, non va non mahsulotlari, qandolat, makaron, yorma va konservalangan mahsulotlar hamda salqinlantiruvchi ichimliklarga tegishli. Olib borilgan o‘rganishlarda haqiqatan ham savdo shoxobchalarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati o‘tib sifatsiz holatga kelgani, ishlab chiqarilgan sanasi mavjud emasligi, saqlanish me’yorlariga e’tibor qaratilmayotgani ma’lum bo‘ldi.
Yana bir savdo qoidalari buzilishi savdo rastalaridagi narxlarning kassa to‘lovidagi narxlari bilan nomutanosibligi, mahsulotlarni sotuvchi tomonidan sifatlisiga almashtirib berish yoki pulini qaytarib berishdagi muammolar bilan ham bog‘liq.
“Anglesey Food” MChJ xususiy korxonasi tizimidagi savdo shoxobchalari mas’ul xodimlari savdo va xizmat ko‘rsatish madaniyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.
Bundan tashqari, Qo‘mita tomonidan savdo rastalarida muddati o‘tgan mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida, jamoatchilik nazorati mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilganligi, bunda, “Xavfsiz xarid“ tizimini joriy etish hamda muddati o‘tgan tovarlarni sotish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish mexanizmlari yoritib berilganligi haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori Chakana savdo qoidalari va bir qator sohaga oid me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatiga doir tushunchalar berib o‘tildi. Jumladan,
narxlarni asossiz ravishda oshirish;
tovarlar, mahsulotlarni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmatlar ko‘rsatmaslik;
tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schyot) bermasdan sotish;
xaridorga tovarning sifati, butligi, o‘lchami, og‘irligini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;
xaridorga uzoq muddat foydalaniladigan sifati yomon tovarni ta’mirlash yoki almashtirish davrida yaxshi sifatli ana shunday tovarni berishdan bosh tortish;
plastik kartochkalardan foydalanilgan to‘lovni qabul qilishdan bosh tortish;
nosoz yoki tamg‘alanmagan tortish va o‘lchash priborlaridan foydalanish;
tovarlarning majburiy ro‘yxatiga rioya qilmaslik;
quyidagilarga:
alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish;
quyidagilarni:
sifatsiz, but bo‘lmagan tovarlarni, kulinariya buyumlarini va atayin nostandart mahsulotlarni sotish, shuningdek xaridorga sotilgan sifatsiz, but bo‘lmagan tovarni almashtirib berishdan yoki pullarni qaytarib berishdan bosh tortish;
tovarlarni ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlovchi yoki sertifikatsiyalangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotish;
identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalanmagan tovarlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);
ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida tayyorlovchining nomi va joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan tovarlarni sotish;
yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish;
polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan tegishli javoblar olishdi. Bunday tadbirlarni aynan soha vakillari bilan o‘tkazish o‘ylaymizki, kelajakda iste’molchilarning huquqlari buzilishini oldini olishga xizmat qiladi, shuningdek, bunday tadbirlarni ko‘plab o‘tkazish bo‘yicha takliflar ham bildirildi.