Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy organlari tomonidan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan respublikamiz bo‘ylab “Ochiq eshiklar kuni” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shu munosabati bilan, viloyatdagi mas’ul tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirlarda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida taklif etilgan ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari, shuningdek, Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xatarlarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yoritildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.