2022-yil davomida Qo’mita va uning hududiy boshqarmalariga xo’jalik yuirtuvchi subyektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olish hamda xo’jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha bitimlarga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish yuzasidan jami 125-ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 28-ta murojaat xo’jalik yurituvchi subyektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olishga rozilik olish to’g’risida bo’lsa, 97-tasi xo’jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik olish bilan bog’liq murojaatlar.
Ushbu murojaatlarning 92-tasi bo’yicha Qo’mita maxsus komissiyasining bitimlarga rozilik berish to’g’risidagi qarori chiqarilgan, 30-tasi bo’yicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi talab etilmasligi to’g’risida tegishli javob xatlari berilgan, shu bilan birga 3- ta xolatda ko’rib chiqish to’xtatilgan.
Kelib tushgan barcha murojaatlar chuqur tahlil qilinib, Qo’mita tomonidan jami 4 975 mlrd. so’mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan 35-foizi, ya’ni 1739 mlrd. so’mlik (157,3 mln. AQSH doll.) bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to’g’ri keladi.
Xorijiy investorlar tomonidan asosan moliya bozori, to’qimachilik, elektrotexnika, qurilish, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat va shu kabi sohalarga to’g’ridan-to’g’ri mablag’lar va zamonaviy texnologiyalar ko’rinishida investisiyalar kiritilishi ko’zda tutilgan.
Misol tariqasida olib ko’radigan bo’lsak, hisobot davrida quyidagi bir nechta yirik bitimlarni tuzishga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi berildi:
OOO “TELEKOMINVEST” (Rossiya) va “FINANCE TCI” MCHJ XK shaxslar guruhi sifatida “KAPITALBANK” ATBning ustav fondidan 61,54 foiz ulush olishiga.
“ASIA ALLIANCE GROUP” MCHJ va “GOR INVESTMENT LIMITED” kompaniyasi shaxslar guruhi sifatida “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning ustav fondidan 77,2 foiz ulush olishiga.
“EASTEX SYSTEMS PTE. LTD” kompaniyasi (Singapur) tomonidan “UZTEX GROUP” MCHJ QKning ustav fondidan 83 foiz ulush olishiga.
“AKVALAYF RESURS” AJ (Rossiya) tomonidan “AQUA PRODUCTS” MCHJ QKning ustav fondidan 51 foiz ulush olishiga.
“KEPITAL GRUPP” AJ (Rossiya) tomonidan “AQUA PRODUCTS” MCHJ QKning ustav fondidan 100 foiz ulush olishiga.
Hisobot davrida 11 ta holatda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan xo’jalik yurituvchi subyektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olish hamda aksiyalarni (ulushlarni) olish yuzasidan bitimlar tuzilganligi aniqlandi va ular bo’yicha belgilangan tartibda ish qo’zg’atilib, kelgusida raqobat to’g’risidagi qonunchilik talablari buzilishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmonining 2-bandi “g” kichik bandiga muvofiq davlat ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etishga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish yuzasidan jami 38 -ta murojaat kelib tushdi. SHundan:
– 18-ta holatda tovar bozori rivojlanmaganligi sababli davlat ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etishga rozilik berildi;
– 3-ta holatda tovar bozorda (ta’lim hamda sinov laboratoriya xizmatlari sohasida) beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlar mavjudligi sababli davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga rozilik berishni rad etish to’g’risida maxsus komissiya qarori qabul qilingan.
– 13-ta holatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq yoki mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik maqsadlari bilan bog’liq bo’lgan davlat ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi subyektlar tashkil etilayotganligi sababli monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi talab etilmasligi to’g’risida tegishli javob xatlari berilgan.
Bundan tashqari, 4-ta holatda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan davlat ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi subyektlar tashkil etilganligi aniqlandi va ular bo’yicha belgilangan tartibda ish qo’zg’atilib tegishli choralar ko’rildi.Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi subyektlar davlat reestiriga kiritilgan korxonalar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni yetkazib berishda va xizmatlarni ko’rsatishda to’g’ridan-to’g’ri imzolangan shartnomalarning raqobat to’g’risidagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi yuzasidan tanlanma ravishda 146-ta xo’jalik yurituvchi subyektlarning 1 460-ta to’g’ridan-to’g’ri imzolagan shartnomalari o’rganildi. O’rganishlar jarayonida 14-ta monopol korxona tomonidan 81-ta holatda to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzishda O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonunining 10-moddasi talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi va belgilangan tartibda ish qo’zg’atildi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi “Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-123-son Qaroriga muvofiq Qo’mita va uning hududiy organlari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda hududlar kesimida 26 804-ta davlat muassasalarining tashkiliy huquqiy shakllarini o’zgartirish va keyingi faoliyati bo’yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida tahlil ishlari o’tkazildi.
Tahlil natijalariga ko’ra, Davlat tender komissiyasiga kiritish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi yo’nalishlarda takliflar taqdim etildi:
– 25 490-ta holada sohaning ijtimoiy axamiyatidan kelib chiqib saqlab qolishga;
– 406-ta holatda davlat muassasasini xususiylashtirishga;
– 759-ta holatda davlat muassasalarini tugatishga;
– 149-ta holatda davlat muassasalarini mulkchilik shaklini o’zgartirishga.