Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi jamoasi nomidan axborotni tezkor yetkazish, dolzarb masalalarni yoritish va jamiyat fikrini shakllantirish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha OAV vakillari, jurnalist hamda blogerlarni ushbu kasb bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz!
Sizning izlanishlaringiz, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni jamiyatimiz oldidagi mas’uliyatni his qilgan holda yoritib borish – ochiq va adolatli ijtimoiy muhitni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Kelgusi faoliyatingizda ham omad, bardavom rivojlanish adolat doimiy hamrohingiz bo‘lishini so‘rab qolamiz.
Yana bir bor barchangizga bayram muborak bo‘lsin!