Ma’lumki, joriy yilning 8-avgust kuni O’zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi O’RQ–788-sonli (https://lex.uz/uz/docs/6145972) Qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli organ etib belgilangan bo’lib, unga boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyatini aholi o’rtasida tushuntirilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Barcha vazirlik va idoralarda bo’lgani Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida ham mazkur Qonunning targ’iboti bo’lib o’tdi. Unda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma’muriyatchiligi departamenti Davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i Akramov Abbos Ashrapovich va Davlat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish va ular uchun shart-sharoitlar yaratish masalalari deportamenti mudiri o’rinbosari – Mamadjanov Shuxrat Muratovich ishtirok etdilar.
Eslatib o’tamiz, Qonun 10 ta bob, 64 ta moddadan iborat bo’lib, matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o’tgach kuchga kiradi.