O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda Tetra Tech kompaniyasi bilan hamkorlikda 20-24 iyun kunlari seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminarda Tetra Tech kompaniyasi vakillari, Merita Kostari, Raj Addepali va loyihaning viloyatlar bo’yicha koordinatori janob Babaev qatnashdilar.
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi doirasidagi “Elektr energiyasi bozori asoslari” mavzusidagi seminarda elektr energiya sohasida bozor mexanizmlarini tashkil etilishi, sohada raqobatni rivojlantirish, energetika sohasida bozorni tartibga soluvchi mustaqil bozor regulyatorlarni joriy etish yuzasidan yetakchi xorijiy davlatlar tajribalari bilan o’rtoqlashildi.
Uchrashuvda tomonlar loyiha doirasida hamkorlik holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Energetika sohasida ulgurji bozori tashkil etilishi va ishlash mexanizmlari, mustaqil bozor regulyatorlari tashkil etilishi, tartibga solish mexanizmlari, tariflarni shakllantirish bo’yicha hamkorlik qilish kelishib olindi.