Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining o’rinbosari F.Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh Farg’ona viloyatining qo’mitaga biriktirilgan Uchko’prik va Furqat tumanlari hamda Qo‘qon shahrida o‘rganishlar amalga oshirmoqda. “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ko‘plab korxonalar faoliyati bilan tanishilib, muammo va takliflar o‘rganilib, tadbirkorlar bilan muloqot oʼtkazildi.
Shuningdek, yuqoridagi tuman mahalliy hokimlik mas’ullari bilan birgalikda mahalla hokim yordamchilari, dasturda ishtirok etish istagi mavjud tadbirkorlik subyektlari va tegishli tashkilot xodimlari ishtirokida seminarlar tashkil etilib, muloqot davomida, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʼrgatish va shu yoʼl bilan kambagʼallikni qisqartirish hamda bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga koʼtarish boʼyicha tushunchalar berildi.
▪️Oʼz navbatida tadbirkorlar ham tashabbus, taklif va muammolari bilan oʼrtoqlashdilar.