Dasturda tadbirkorlar “hamkorlik shartnomalari” asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi va kamida 2 yil faoliyat ko‘rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlar – yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin. 2023–2024 yillarda ushbu dasturni amalga oshirish uchun jami 1 milliard AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.
Ushbu maqsad avvalo tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishi, shu bilan birgalikda ishsiz aholining bandligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligida ana shu mavzuga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqini himoya qilish qo‘mitasi vakillari ishtirok etib, dastur doirasida tadbirkorlarga beriladigan imtiyoz va preferensiyalarga keng to‘xtalib, savollarga javob qaytarishdi.