Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yеchimlar. 15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni
2022 yil yakunlari bo’yicha matbuot anjumani
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 2023-yil 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yеchimlar” mavzuida konferensiya o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan.
Mazkur konferensiyada dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar reklamasi, undagi muammo hamda yеchimlar, mahsulot va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga yеtkazishda reklama va to‘g‘ri marketing yondashuvining ahamiyati, Moliyaviy xizmatlarda iste’molchilarning huquqlari: Yevropa amaliyoti mavzularida konferensiyada fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda O‘zbekiston hamda xalqaro tashkilotlar rahbar va mas’ul vakillarining sohadagi yangilik, muammo va еchimlar yuzasidan taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, konferensiyada “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkillashtirilgan “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasi g‘oliblari hamda jamoatchilik nazoratida faol bloger va shaxslar ham taqdirlandilar. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi, xususan yoshlarning huquqiy bilimi va savodxonligini oshirishdir.
Konferensiya davomida o‘tkazilgan olimpiada g‘oliblari Qo‘mitaning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirishda Qo‘mita bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari ham munosib taqdirlandilar.
Jumladan, 1962-yilning 15-mart kuni AQShning o‘sha paytdagi Prezidenti Jon Kennedi Kongressdagi chiqishida qilgan ma’ruzasida iste’molchilarning bir qator asosiy huquqlarini sanab o‘tgan edi, ya’ni tanlash huquqi; xavfsizlik huquqi; axborot olish huquqi; eshitilish huquqi. Keyinchalik, bu huquqlar qatoriga ziyonni qoplatish huquqi; iste’molchilik ta’limi huquqi; asosiy ehtiyojlarining qondirilishi huquqi; sog‘lom atrof, tabiiy muhitga egalik huquqi kiritilgan. O‘shanda iste’molchilar huquqi ilk marotaba bunday yuksak maqomda muhokama qilingan edi. Shundan so‘ng Birlashgan Millatlar Tashkilotining qaroriga binoan, Butunjahon Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni AQSh еtakchisi Jon Kennedining aynan shu ma’ruzasidan keyin nishonlana boshlangan.
Bu sana har yili Butunjahon iste’molchilar ittifoqi tashkiloti tomonidan ma’lum bir mavzuga bag‘ishlanadi.Masalan, joriy 2023-yilda esa 15-mart kuni «Toza energiya va mahsulotlarni iste’mol qilishga o‘tish orqali iste’molchilarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» shiori ostida o‘tmoqda.
O‘zbekistonda aniqrog‘i, 1996-yil 26-aprel kuni mamlakatimizda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganidan beri Butunjahon Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni nishonlab kelinadi.
Qo‘mita tomonidan joriy yilning 15-mart Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan 2 bosqichdan iborat “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasi o‘tkazildi.Unda respublikadagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridan 500 nafar talaba ishtirok etib, o‘zlarining moliyaviy sohadagi bilimlarini namoyish qildilar.
Qo‘mita tomonidan 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Iste’molchilarning muammolarini hal qilish:
Iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarni himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tizimli o‘rganishlar va kelib tushgan murojaatlarga asosan jami 3 259 111 nafar iste’molchilarga 75 600,6 mln so‘m zarar еtkazilganligi aniqlanib, ularga 60 609,9 mln so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilinishi natijasida 2 133 721 nafar iste’molchilarning huquqlari tiklanishiga erishildi. Qolgan mablag‘larni iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilish va ularning huquqlarini tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Jumladan: Hisobot davrida iste’molchilar tomonidan o‘z huquq va manfaatlari buzilishi holatlari yuzasidan Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalariga jami 25 644 ta (2021-yil davomida 26 249 ta) murojaatlar qilingan.
Murojaatlarning 10 277 tasi (40,1 foiz) uy-joy kommunal, transport xizmatlari, 9 596 tasi (37,4 foiz) savdo va umumiy ovqatlanish, 4 415 tasi (17,2 foiz) aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 1 356 tasi (5,3 foiz) reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi.
Mazkur murojaatlarning 19 905 tasi yoki 80,6 foizi (13 604 tasi qanoatlantirish va 6 301 tasi huquqiy yordam berish) ijobiy hal etilgan bo‘lib, 3 886 tasiga (15,2 foiz) tegishli tushuntirish berilgan va 939 tasi (3,7 foiz) vakolatli idoralarga yuborilgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda 83 960 nafar iste’molchilarning huquqlari buzilganligi hamda ularga 17,8 mlrd so‘mdan ortiq miqdorida zarar еtkazilganligi aniqlangan.
Aniqlangan mablag‘larning 15,9 mlrd so‘mi (89,3 foiz) iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilinib, qolgan 1,9 mlrd so‘m mablag‘larni ularga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida huquqlari buzilgan iste’molchilarga 5,3 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar naqd pul ko‘rinishida qayta hisob-kitob qilinishi, shuningdek 466 nafar iste’molchiga 2,0 mlrd so‘m miqdoridagi tovarlar qaytarib berilishi ta’minlangan.
Tadbir doirasida 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillariga matbuot anjumani davomida ma’lumot berib o’tildi.
USHBU TADBIRDA JAMOATCHILIK KENGASHI AʼZOLARI ISHTIROK ETISHDI