Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi davolash profilaktika muassasalari tomonidan autsorsing xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha (issiq ovqat bilan ta’minlash) davlat xaridlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlarga rioya etilganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganishlarda 2022-yil va 2023-yilning o‘tgan davrida 11 ta tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan o‘tkazilgan jami 65 ta holatda qiymati 14 423 400 000 so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi aniqlanib, o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar tegishli chora ko‘rish uchun viloyat prokuraturasiga taqdim qilindi.