Janob Yasser Abdix boshchiligidagi Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi xodimlari 2023-yil
11-19-dekabr kunlari O‘zbekiston hukumati bilan uchrashib, iqtisodiy o‘zgarishlar va istiqbollar, siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Ushbu missiya davomida Janob Abdix mamlakatimizda raqobatni rivojlantirish naqadar muhimligi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi, shuningdek yaqinda qabul qilingan va joril yil 3-oktabrda kuchga kirgan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning rolini alohida ta‘kidladi.
“Tarkibiy islohotlarni davom ettirish mustahkam o‘sishni ta‘minlashning kalitidir.
Hukumat davlat xaridlari shaffofligini oshirdi, hisobot berish va Davlat korxonalarini boshqarishni kuchaytirdi, yirik bank va bir nechta davlat korxonalarini xususiylashtirdi. Korxonalar uchun energiya narxlarining o‘sishi amalga oshirildi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun 2023-yil oktyabr oyida kuchga kirdi. Keyingi islohotlar 2023-yil sentyabr va oktyabr oylarida, shu jumladan mustaqil energiya regulyatorini yaratish va temir yo‘l sektorini ajratish to‘g‘risida e‘lon qilindi va iqlim o‘zgarishini hal qilish choralari ko‘rildi. Shunga qaramay, energiya narxlarini hech bo‘lmaganda xarajatlarni qoplash darajasiga ko‘tarish, boshqaruv va shaffoflikni oshirish (shu jumladan, davlat korxonalari uchun), davlat korxonalarini yanada qayta qurish va xususiylashtirish, davlatning iqtisodiyotdagi rolini pasaytirish uchun raqobat siyosatini kuchaytirish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish zarur. Jahon savdo Tashkilotining muzokaralarini jadallashtirish va transport yo‘nalishlarini yaxshilash bo‘yicha qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik qilish transport xarajatlarini kamaytiradi va O‘zbekiston mahsulotlari uchun yangi bozorlarni ochadi.” – deya ta‘kidladi Yasser Abdix.
Yangi tahrirdagi Qonun 9 ta bob va 49 ta moddadan iborat. Qonunni ishlab chiqishda mas‘ul idoralardan ko‘plab ekspert va mutaxassislar ishtirok etgan. Qonunni ishlab chiqishda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining jami 38 ta tavsiyasi inobatga olindi (shu jumladan Jahon bankining 26 ta, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 11 ta va Osiyo taraqqiyot bankining
1 ta tavsiyalari).
Ushbu Qonun bilan amalda bo‘lgan “Raqobat to‘g‘risida”gi (2012-yil) va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi (1999-yil) Qonunlar birlashtirildi.