O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga 2021 yil 1 yanvardan 31 dekabr kuniga qadar jami 43892 ta yozma, elektron va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 5694 ta yozma, 11286 ta elektron (Virtual qabulxona, veb-sayt va elektron pochta), 26912 ta og‘zaki (shaxsiy qabul, sayyor qabul, mas’ul xodimlar qabuli va ishonch telefon) murojaatlarni tashkil etdi. Mazkur 43892 ta murojaatdan 36526 tasi bevosita Qo‘mitaga kelib tushgan bo‘lib, ulardan 25898 tasi qanoatlantirilgan, 9090 tasiga tegishli tushuntirish berilgan, 61 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 41 tasi rad etilgan, 901 ta Qo‘mita vakolatiga kirmaganligi sababli ko‘rib chiqish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborilgan va qolgan 535 ta murojaat bugungi kunda o‘rganib chiqilmoqda. Bundan tashqari, 7366 ta murojaat Virtual qabulxona orqali kelib tushgan bo‘lib, jumladan 5226 tasi qanoatlantirilgan, 1298 tasiga tegishli tushuntirish berilgan, 39 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 5 tasi rad etilgan, 482 ta murojaat tegishli vazirlik va idoralarga yuborilgan va qolgan 316 tasi bugungi kunda o‘rganib chiqilmoqda.
Qo‘mitaning Markaziy apparatiga 2021 yil davomida jami 1994 ta yozma, elektron va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 607 ta yozma,
979 ta elektron (Virtual qabulxona, veb-sayt va elektron pochta), 408ta og‘zaki (shaxsiy qabul, sayyor qabul, mas’ul xodimlar qabuli va ishonch telefon) murojaatlarni tashkil etdi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalaridan
22 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan 2 ta, Vazirlar Mahkamasidan 41 ta, boshqa tashkilotlar orqali tegishliligi bo‘yicha 150 ta, bevosita jismoniy va yuridik shaxslardan 406 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 632 ta, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish virtual qabulxonasi orqali 66 ta, Bosh prokuraturaning ishonch telefoni orqali 13 ta, Qo‘mitaning www.antimon.gov.uz sayti orqali 45 ta, Qo‘mitaning info@antimon.gov.uz elektron manzili orqali 219 ta, Qo‘mitaning qisqa telefon raqami (+998712074800) orqali 117 ta va Qo‘mita rahbariyatining shaxsiy qabullari hamda sayyor qabullari davomida 281 ta murojaatlari kelib tushdi.
Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va uning tuzilmalariga 2021 yil davomida jami 41898 ta yozma, elektron va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 5087 ta yozma, 10307 ta elektron (Virtual qabulxona, veb-sayt va elektron pochta), 26504 ta og‘zaki (shaxsiy qabul, sayyor qabul, mas’ul xodimlar qabuli va ishonch telefon) murojaatlarni tashkil etdi.
Qo‘mita vakolatiga kirmaydigan murojaatlar besh kunlik muddatda boshqa vazirlik va idoralarga tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun yuborilgan va bu haqda murojaatchiga ma’lum qilingan. Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar mazmunan hal etilishi belgilangan murojaatlar bir oy muddat ichida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilmaydigan murojaatlar o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqilmoqda va bu haqda murojaatchiga yozma ravishda ma’lum qilinmoqda. Bir oy muddatdan tashqari qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlarga ijrochi tomonidan xizmat xati bilan Qo‘mita raisiga murojaat etilib, bu haqda murojaatchiga ma’lum qilinadi. Qo‘mita tomonidan murojaatchilarga berilayotgan javob xatlarida murojaatchilarning javobdan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori turuvchi organga murojaat qilishi mumkinligi tushuntiriladi.
Qo‘mitaning elektron va ishonch telefoni, qisqa raqami orqali kelib tushayotgan murojaatlar Qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, murojaatchiga o‘rnatilgan tartibda javob xatlari yuborilgan.
Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunchilik (raqobatni cheklovchi xarakatlar, monopolist korxonalar bilan bog‘liq), savdo, maishiy va qurilish xizmati ko‘rsatish, kommunal soha va boshqa masalalariga to‘g‘ri kelmoqda.
Bugungi kunda Qo‘mita rahbariyatining hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullari davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari joyida hal etilayotganligi, murojaatlarning keskin kamayshiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yagona virtual qabulxonasi takomillashtirilib, barcha vazirlik va idoralarning virtual qabulxonalari ushbu Prezident virtual qabulxonasiga bog‘langan.
Har chorak yakunida murojaatlar bilan ishlash natijalari Qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalari “Facebook”, “Telegram” hamda “Birja” gazetalarida e’lon qilinadi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan har chorak yakunlari bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilib, Qo‘mita hay’ati yig‘ilishlarida hamda haftalik ishchi yig‘ilishlarida muntazam ravishda tanqidiy muhokama qilinib, murojaatlarni ijrosida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, tegishli zarur chora-tadbirlar ko‘rib borilmoqda.
Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar davom ettirilib, natijasi bo‘yicha belgilangan muddatlarda ma’lumotlar kiritib boriladi.