Markazning asosiy maqsadi va vazifalari
Markaz faoliyatining asosiy maqsadi – tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, shu jumladan, bozorlarga yangi ishtirokchilar kirishidagi to‘siqlarni aniqlash, mavjud imtiyoz va eksklyuziv huquqlarning raqobatga ta’sirini baholash, ustun mavqeni egallab turgan bozor ishtirokchilarni aniqlash, monopoliyani tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish, bozorlarni respublikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga to‘yinganligi darajasini aniqlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini takomillashtirish hamda tabiiy monopoliya sohalarini tartibga solish bo‘yicha strategik dasturlar ishlab chiqish hamda mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning bugungi bosqichdagi boshqa dolzarb vazifalarni hal etishda iqtisodiyot fanining rolini kuchaytirish.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tovar va moliya bozorlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarida raqobat muhitini tahlil qilish bo‘yicha tadqiqotlarni o‘tkazish, bozor ishtirokchilarining ulushlari, bozorga kirish uchun mavjud to‘siqlarni tahlil qilish va raqobatni rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
raqobat siyosati, davlat xaridlari, birja savdolari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini takomillashtirish bo‘yicha fundamental ilmiy-amaliy tadqiqotlar tashkil etish va o‘tkazish, raqobat sohasidagi xorijiy tajribalarni joriy etishni va milliy tizim bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash;
tabiiy monopoliya sohalarini tubdan isloh qilish bo‘yicha takliflar va dasturlar tayyorlash, ushbu sohalarda raqobatni rivojlantirish imkoniyati mavjud bo‘lgan bozorlarni aniqlash;
tabiiy monopoliya sohalari bo‘lmagan, raqobatni rivojlantirish imkoni bo‘lgan sohalarni transformatsiya qilish bo‘yicha institutsional mexanizmlar ishlab chiqish;
tabiiy monopoliya tarmoqlarini boshqarish tizimi tarkibini o‘zgartirish jarayonlarini o‘rganish va rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
iqtisodiy tahlil qilish va monopoliyani tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish bo‘yicha strategik dasturlar ishlab chiqish, raqobatni rivojlantirish indeksini uslubiy asoslarini ishlab chiqish va uni doimo yuritishni ta’minlash, raqobat bo‘yicha boshqa indekslarda respublika o‘rnini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyotning raqamlashtirilishi natijasida vujudga kelgan yangi raqamli platformalar bozorlarini aniqlash va ularni chuqur tahlil qilish;
raqobat siyosati va tabiiy monopoliyalar muammolarini tadqiq etish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning grantlarini jalb etish;
konferensiyalar, “davra suhbatlari” va seminarlar davomida iqtisodiy islohotlar natijalarini mahalliy hamda xorijiy ekspertlarni, biznes-doiralar vakillarini jalb etgan xolda keng muhokama qilish hamda ommaviy axborot vositalari, ilmiy maqolalarda keng yoritib borish;
respublika aholisini va xalqaro jamoatchilikni respublikada raqobat tamoyillari, monopoliyaga qarshi kurashish vosita va amaliyotlari, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish jarayonlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i orqali keng xabardor qilib borish;
kadrlar malakasi va salohiyatini tizimli oshirish, jumladan Qo‘mita va uning hududiy organlari xodimlari hamda tegishli tashkilotlardagi monopoliyaga qarshi komplayens mutaxassislari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, o‘quv kurslarini tashkil etish;
autsorsing xizmatini tashkil qilish va ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanishi mumkin.
O‘z vazifalarini bajarish uchun Markaz:
Qo‘mita va uning tarkibiy bo‘linmalari, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan muntazam ravishda o‘zaro hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining taalluqli bo‘linmalari hamkorligida fundamental amaliy tadqiqotlarni dunyo fani darajasida rivojlantirish, ilmiy kadrlarni tayyorlash va mutaxassislarni chet mamlakatlarning nufuzli markazlarida malakasini oshirib borishni hamda to‘plangan bilim tajribalarni oliy ta’lim tizimi bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlaydi;
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida tadqiqot loyihalarini va xalqaro moliya institutlarini loyihalarini bajarish uchun grantlar olishga tanlovlarda ishtirok etadi, Markaz faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun turli tashkilotlar, shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazadi va ular bilan shartnomalar tuzadi;
raqobat siyosati va tabiiy monopoliyalar muammolarini tadqiq etish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning grantlarini jalb etadi, respublika va xorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi, respublika va xalqaro loyihalarda ishtirok etadi;
ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va metodik hujjatlarni tayyorlash konseptual yondashuvlarini ishlab chiqadi;
mamlakatimizdagi va xorijiy ilmiy tadqiqot, ta’lim va boshqa manfaatdor muassasalar bilan ilmiy va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatadi va amalga oshiradi, ular bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzadi;
ilmiy loyihalar va Qo‘mitaning topshiriqlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni, faktologik materiallarni to‘playdi, tizimlashtiradi va qayta ishlaydi;
ishlab chiqarish tashkilotlariga uslubiy yordam va to‘lov asosida xizmatlar (jumladan axborot-hisoblash xizmatlari, konsalting, menejment, marketing, injiniring kabi) ko‘rsatib, markazda joriy etilgan ilmiy ishlanmalar ustidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi;
Markazda bajarilgan ishlar bo‘yicha ilmiy va muallif ustuvorligini hamda davlat manfaatlarini himoya qiladi;
bajarilayotgan rejadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini qayd qilish, tegishli tashkilotlarga bajarilgan ishlar yuzasidan ilmiy-texnik ma’lumotlar va hisobotlar taqdim etib boradi, o‘z faoliyatida ilmiy axborot ma’lumotlaridan to‘la foydalanishni ta’minlaydi;
Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy, axborot-tahliliy, metodik va boshqa materiallarni tayyorlaydi va nashr etadi;
Markazning vazifalarini hal qilish bo‘yicha tavsiyalarni tayyorlash maqsadida Markazning ilmiy xodimlari, respublika va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislari ishtirokida turli tadbirlarni (seminarlar, “davra suhbatlari” va hokazo) tashkil qiladi;
raqobat sohasidagi xorijiy metodologiyalar transferini amalga oshirishga va ularni Qo‘mita tizimida joriy etilishiga ko‘maklashadi;
raqobat siyosati sohasidagi xorijiy ilmiy markazlar hamda “think tank” lar bilan hamkorlik o‘rnatadi;
davlat boshqaruv siyosatida innovatsion yondashuvlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Markaz hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ilmiy va innovatsion sohada izchil hamkorligini rivojlantiradi;
Markazda katta miqyosdagi “thik tank”larni shakllantiradi hamda raqobat siyosati sohasidagi xorijiy ilmiy markazlar hamda “think tank” lar bilan hamkorlik o‘rnatadi;
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida tadqiqot olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar uchun ma’lumot, tajriba almashish maydonchasini tashkil qiladi;
birjani tartibga solishning yangi mexanizmlarini hamda yangi turdagi tovar birjalarini shakllantirish bo‘yicha taklif ishlab chiqadi;
davlat xaridlari jarayonida, birja savdolarida til biriktirishlar va kelishuvlarni bartaraf etishni takomillashtirishda innovatsion yondashuvlarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Qo‘mita, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va Markazda faoliyat olib boradigan raqobat siyosati, davlat xaridlari, birja savdolari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, reklama bozori va monopoliyaga qarshi komplayens sohasida ilmiy darajali xodimlar (DSc va PhD) tayyorlashning zamonaviy tizimini yaratadi;
raqobat siyosati, davlat xaridlari, birja savdolari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, reklama bozori va monopoliyaga qarshi komplayens sohasida kadrlar malakasi va salohiyatini tizimli oshirish hamda ularni qayta tayyorlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqadi;
mutaxassislarning raqobat muhitini rivojlantirishning xalqaro amaliyoti sohasidagi bilim darajasini oshirish, monopoliyaga qarshi siyosat sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini yaratadi;
xorijiy ekspertlar va respublikaning oliy ta’lim tashkilotlari mutaxassislarini jalb qilgan xolda Qo‘mita va uning hududiy organlari xodimlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining raqobat siyosati, davlat xaridlari, birja savdolari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, reklama bozori va monopoliyaga qarshi komplayens sohasida malakasini oshirish kurslarini tashkil etadi;
davlat organlari va boshqa chet el tashkilotlari buyurtmalari bo‘yicha tahliliy obzorlar va tadqiqotlar o‘tkazadi;
Qo‘mita faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar tayyorlaydi.
Autsorsing xizmatini tashkil qilish sohasida autsorsingni quyidagi (asosiy) turlarini keng jalb qilishni amalga oshiradi:
Buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
kadrlar bo‘yicha faoliyatni yo‘lga qo‘yish;
xodimlar autsorsingi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
reklama autsorsingi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
erkin iqtisodiy zona ma’muriy kengashiga taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasida o‘xshash mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud emasligi, ishlab chiqarish hajmlari yetishmasligi va raqobat muhiti darajasi to‘g‘risidagi xulosalarni berish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish holatlari hamda insofsiz raqobatni aniqlash maqsadida tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish;
boshqa autsorsing faoliyatlarni yo‘lga qo‘yish.
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shox ko‘chasi, 31-uy.
Indeks: 100060
e-mail: sh.murodxojaeva@antimon.gov.uz
Telefon: 71-207-47-00;
Jamoat transporti: 78, 97, 57 avtobuslar;