Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida qisqa
MA’LUMOT

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
qo‘mitasi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida
HISOBOT
Qo‘mita tomonidan 2022-yilda 19 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan. Shundan, 3 ta qonun loyihasi, 4 ta Prezident qarori loyihasi, 9 ta Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi, va 3 ta Qo‘mitaning qarori tayyorlandi.
Bugungi kunda ushbu hujjat loyihalaridan 3 tasi qabul qilingan, 6 tasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan, 2 ta qonun loyihasi Oliy Majlisga kiritilgan va 8 tasi kelishish jarayonida.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 2022 yilda regulation.gov.uz va project.gov.uz portali orqali respublika bo‘yicha kelib tushgan jami 2652 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (ex-ante) raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan o‘rganilib, Qo‘mitaning tegishli xulosalari berilgan, shundan, 248 ta (9,4 %) loyihalarda monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlari talablariga zid normalar belgilanishi nazarda tutilayotganligi aniqlangan.
Hududiy boshqarmalarga viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari hamda davlat boshqaruv organlarining hududiy boshqarma va bo‘linmalari tomonidan 2156 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari kiritilgan bo‘lib, 27 ta holatda raqobatga zid normalar mavjudligi yuzasidan tegishli xulosalar berilgan.
Xatlov natijasi bilan 521 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, buning natijasida 76 ta mahalliy davlat hokimiyati organlariga
hamda 9 ta davlat organlarining hududiy boshqarmalariga nisbatan (jami
85 ta) ishlar yurituvga olindi va natijada 100 dan ortiq hujjatlar (qaror, farmoyish va bayonlar) bekor qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF–101-son Farmoni bilan 13 ta tovar va xizmatlar bozorlarida tadbirkorlar kirishini erkinlashtirish hamda mavjud eksklyuziv huquqlarni bekor qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, shundan bugungi kunda 8 ta faoliyat turi bo‘yicha eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.
Eksklyuziv huquqlari bekor qilingan sohalarda bugungi kunda 206 ta tadbirkorlik subyektlari ushbu faoliyat bilan shug‘ullana boshladi. Jumladan, Haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish – 1 ta, Elektr texnika uskunalari va qurilmalarini markazlashtirilgan tartibda xarid qilish – 61 ta, Harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasi bo‘yicha xizmatlar – 42 ta, Soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha xizmatlar – 42 ta, Qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalari yagona yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilishi bo‘yicha xizmatlar – 49 ta, Neft mahsulotlarini saqlash bo‘yicha –
11 ta tadbirkorlik subyektlari kirib kelgan.
Shu bilan birga, Qo‘mita tomonidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xususiy sektoriga keng jalb qilish, eksklyuziv huquqlarmi bekor qilish orqali mavjud monopoliyalarni tugatish, shuningdek 12 ta sohalar bo‘yicha xususiy sektorni keng jalb qilish yuzasidan navbatdagi amaliy chora-tadbirlarni belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi ishlab chiqildi.
III. Insofsiz raqobat amaliyotlariga, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish yo‘nalishida
Insofsiz raqobatni aniqlash bo‘yicha
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalariga jami 296 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, markaziy apparat tomonidan 100 ta va hududiy boshqarmalar tomonidan 196 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan. Jumladan:
115 ta murojaat bo‘yicha 633 ta holatda raqobatga zid harakatlar aniqlanib, shundan 485 ta holatda qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan, 136 ta holatda ishni ko‘rib chiqish jarayonida ixtiyoriy bartaraf etilgan va 12 ta holat bo‘yicha ishni ko‘rib chiqish davom etmoqda.
45 ta murojaat bo‘yicha ish qo‘zg‘atish rad etilgan bo‘lsa, 125 ta murojaat bo‘yicha so‘rov va tushuntirish xatlari yuborilgan, 11 ta murojaat bo‘yicha ko‘rib chiqish davom etmoqda.
Til biriktirishlar va kartel kelishuvlar holatlarini aniqlash bo‘yicha
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlari (til biriktirishlar va kartel kelishuvlar) bilan bog‘liq 6 ta qonunbuzilish alomatlari aniqlangan, shulardan 4 ta holat bo‘yicha tegishli maxsus komissiyalar tomonidan qaror qabul qilingan va qonunbuzilishni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan va 2 ta holat bo‘yicha faoliyatida raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlar alomatlari mavjud tadbirkorlik subyektlarining bozordagi ulushi 35 % dan kamligi aniqlangan.
Jumladan, Jizzax va Samarqand viloyatlarida faoliyat yuritayotgan avtomaktablarning faoliyatini amalga oshirishda kartel kelishuv holatlarini aniqlash maqsadida avtomaktablarda xizmat ko‘rsatish bozori o‘rganildi va o‘rganilgan avtomaktablarning bozordagi ulushi 35 foizdan kamligi aniqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining (keyingi o‘rinlarda –AGTKSh) vakillari tomonidan o‘zaro kelishgan holda metan gazning narxini oshirilganligi yuzasidan til biriktirishlar va kelishib olingan harakatlarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi va o‘rganishlar natijasida kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar aniqlanmagan.
Tovar, moliya va raqamli bozorlarda respublikamizda raqobat muhitini baholash, iste’molchilarning tanlov imkoniyatlarini oshirish va ushbu tovar bozoridagi tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash maqsadida Qo‘mita tomonidan 262 ta (respublika bo‘yicha 744 ta) tovar va xizmatlar bozorlari tahlil qilingan. Shundan, 61 ta (respublika bo‘yicha 290 ta) bozorlar to‘liq tahlil qilinib, 201 tasida (respublika bo‘yicha 454 ta) ekspress (ichki bozorning mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi yuzasidan) tahlil ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, sement mahsuloti bozori, sug‘urta xizmatlari bozori, tadbirkorlik subyektlari fiskal ma’lumotlarini soliq tizimi bilan integratsiya qilish xizmatlari, qo‘riqlash xizmatlari, tabiiy monopoliya subyektlarining monopollashgan yondosh bozorlari, farfor-fayans fasfor-fayans mahsulotlari bozori, onlayn taksi agregatorlari xizmatlari bozori, elektr hisoblagichlar bozori hamda mineral o‘g‘itlar bozorlari chuqur o‘rganildi.
Tahlil natijalarida 16 ta korxona 15 ta tovar va xizmatlar bo‘yicha Davlat reyestridan chiqarildi hamda 7 ta korxona 7 ta tovar va xizmatlar bo‘yicha Davlat reyestrga kiritildi.
Tovar bozorlarning mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganligi statistikasi va holati.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil
20-dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni ko‘rib chiqishda ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 303-sonli qaroriga asosan ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘yinganligini to‘linganligini aniqlash maqsadida dan ortiq tovar bozorlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, 100 ta tovar bozorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari bilan to‘yinganligi va 101 ta tovar bozorining to‘yinganlik darajasi pastligi (to‘yinmagani) ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan
iqtisodiy tarmoq sohalarida 346 ta o‘rganishlar o‘tkazilib, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 378 ta holatda qonunbuzilishi aniqlangan va iste’molchilardan jami 135 mlrd.so‘mdan ortiq olingan asossiz daromadlar aniqlangan.
Natijada, 205 484 ta iste’molchilarning bugungi kunga qadar 88,8 mlrd so‘mlik manfaatlari himoya qilinib 24 mlrd so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi.
2022-yilda tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestriga kiritilgan 134 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar 11 ta xizmat turlari bo‘yicha faoliyatlari ustidan monitoring olib borildi. Ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlarining 94 tasi (70 foiz) davlat ishtirokidagi korxonalar hisoblansa, 40 tasi (30 foiz) xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keldi.
2022 yil davomida 5 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar “Angren IES” va “Yangi Angren IES” AJlar, “Uzbekistan GTL” MChJ, “Navoiyuran” DK, “Veolia Energy Tashkent” MChJ kabi korxonalar tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestriga kiritildi, 1 ta “City building sales” MChJ reyestrdan chiqarildi.
Ushbu sohada jami 434 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (shundan 345 ta yuridik hamda 89 ta jismoniy shaxslar) ko‘rib chiqilib, jami 83,9 mlrd so‘m asossiz daromad olinganligi aniqlandi.
Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholidan asossiz olingan tabiiy gaz – 9,3 mlrd so‘m, elektr energiyasi –
7 mlrd so‘m, ichimlik va issiqlik ta’minoti – 48,2 mlrd so‘m, boshqa xizmatlar – 1,2 mlrd so‘m mablag‘larni qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bugungi kunda 17,3 mlrd so‘m mablag‘lar qayta-hisob kitob qilindi. Shuningdek, mazkur murojaatlarni ko‘rib chiqishda jami 16 930 ta iste’molchilarning huquqlarini himoya qilindi.
Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestriga kiritilgan
134 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlardan 129 tasini 250 turdagi ommaviy shartnomalari loyihalari tabiiy monopoliya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqildi va ulardan 150 ta holatda yoki 60 foizida doir qonunchilik talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Tabiiy monopoliya sohalarini transformatsiya qilish yo‘nalishida tarmoq infrastrukturasi bilan bog‘liq va tabiiy monopoliya sohalarida (elektr energiyasi, tabiiy gaz, transport (temir yo‘llari, fuqaro aviatsiyasi va aeroport xizmatlari) va telekommunikatsiya) mustaqil bozor regulyatorlari institutini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi (ID-70253) ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
VII. Iqtisodiy konsentratsiyasi ustidan nazorat hamda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish bo‘yicha
Bugungi kunga qadar Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish yuzasidan jami 125 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 28 ta murojaat xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga rozilik olish to‘g‘risida bo‘lsa, 97 tasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik olish bilan bog‘liq murojaatlar.
Ushbu murojaatlarning 92 tasi bo‘yicha Qo‘mita maxsus komissiyasining bitimlarga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori chiqarilgan, 30 tasi bo‘yicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi talab etilmasligi to‘g‘risida tegishli javob xatlari berilgan, shu bilan birga 3 ta holatda ko‘rib chiqish to‘xtatilgan.
Kelib tushgan barcha murojaatlar chuqur tahlil qilinib, Qo‘mita tomonidan jami 4 975 mlrd. so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan
35 foizi, ya’ni 1739 mlrd. so‘mlik (157,3 mln. AQSh doll.) bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xorijiy investorlar tomonidan asosan moliya bozori, to‘qimachilik, elektrotexnika, qurilish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va shu kabi sohalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘lar va zamonaviy texnologiyalar ko‘rinishida investitsiyalar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Misol tariqasida olib ko‘radigan bo‘lsak, hisobot davrida quyidagi bir nechta yirik bitimlarni tuzishga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi berildi.
Hisobot davrida 11 ta holatda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda aksiyalarni (ulushlarni) olish yuzasidan bitimlar tuzilganligi aniqlandi va ular bo‘yicha belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, kelgusida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan korxonalar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni yetkazib berishda va xizmatlarni ko‘rsatishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolangan shartnomalarning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi yuzasidan tanlanma ravishda 146 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 1 460 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolagan shartnomalari o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi “Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-123-son Qaroriga muvofiq Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda hududlar kesimida 26 804 ta davlat muassasalarining tashkiliy huquqiy shakllarini o‘zgartirish va keyingi faoliyati bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida tahlil ishlari o‘tkazildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, Davlat tender komissiyasiga kiritish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga 25 490 ta holatda sohaning ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib saqlab qolishga, 406 ta holatda davlat muassasasini xususiylashtirishga, 759 ta holatda davlat muassasalarini tugatishga va 149 ta holatda davlat muassasalarini mulkchilik shaklini o‘zgartirishga taklif berildi.
Monopoliyaga qarshi komplyaens tizimini joriy etish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 2-martdagi 114-son qaroriga muvofiq, 2022-yil
1-yanvardan boshlab tabiiy monopoliya subyektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek oxirgi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining o‘rtacha yillik miqdori 30 mlrd.so‘mdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish belgilangan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 104 ta korxona va tashkilotda, jumladan, 10 ta davlat ishtirokidagi korxonalarda, 37 ta monopol korxonalarda, 33 ta mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, 22 ta davlat boshqaruv organlarida, 2 ta korporativ buyurtmachilarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy qilindi.
VIII. Davlat xaridlari va boshqa savdolarda raqobatni ta’minlash bo‘yicha
2022 yil yakuni bo‘yicha davlat va korporativ buyurtmachilar tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 27 287 mlrd. so‘mlik jami 31 926 ta tanlov (tender) savdolarida tahlil ishlari olib borildi. Tahlil va o‘rganishlar natijasida davlat va korporativ buyurtmachilar tomonidan 8 698 ta raqobatga zid holatlar sodir etilganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar qo‘yidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan:
Yuqorida aniqlangan jami 8 968 ta raqobatga zid kamchillik holatlardan 5 507 tasi bo‘yicha huquqiy baho berish uchun huquq tartibot organlariga ma’lumotnomalar kiritilgan, 235 ta holat buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan, 2 956 ta holat bo‘yicha Qo‘mita va hududiy boshqarmalar tomonidan 620 ta ish qo‘zg‘atilib, 530 ta ko‘rsatmalar berilgan, 412 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni tasdiqlangan grafiklar asosida belgilangan hajm va muddatlarda birja savdolariga qo‘yib borilishi yuzasidan monitoring tartibda doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, qonunbuzarlik holatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni tegishli moddalari va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida o‘rganish va tahlil ishlari o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Respublikadagi 500 tadan ortiq korxonalar tomonidan 51 turdagi yuqori likvidli va monopol mahsulotlar, xom ashyo va materiallarni belgilangan grafiklar asosida birja savdolariga qo‘yilishi yuzasidan hududiy boshqarmalardagi biriktirilgan xodimlar bilan birgalikda doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning soni joriy yilda 38 tadan 51 taga yetkazilib, ro‘yxatga
8 turdagi mahsulot po‘lat shar, metall list prokati, suyuq uglerod oksidi, texnik kislorod, kaustik soda, neft koksi, sintetik nafta va barda mahsulotlari kiritildi hamda ushbu ro‘yxatdan neft va gaz kondensatlari chiqarildi.
Shu bilan birga, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning 2022 yilda sotilgan umumiy hajmi 94 trln so‘mni tashkil etib, 2021 yil mos davriga nisbatan o‘sish 31 foizni tashkil etgan.
Birja savdolari aniqlangan qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha
Birja savdolarida 190 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan manipulyatsiya harakatlarini sodir etganligi va birjaga oid qonunchilik talablari buzilganligi natijasida narxni sun’iy oshishiga sabab bo‘lgan
261 ta holat yuzasidan jami 92 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ortiqcha olingan jami 9 861 mln so‘m mablag‘larni undirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Qo‘mita va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRR) o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumiga binoan, EBRR tomonidan ajratilgan 96 ming yevro miqdoridagi granti asosida “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining institutsional salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Qo‘mita tizimi xodimlari ko‘nikma hamda salohiyatini oshirishga qaratilgan 3 oylik gibrid (onlayn hamda oflayn) tarzda o‘quv seminar-treninglar tashkil etilgan.
O‘z navbatida, Qo‘mita Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) bilan hamkorlikda 2021-yil 25-noyabr sanasida start berilgan “Raqobatbardoshlikni ta’minlashning adolatli bozor shartlari” loyihasi doirasida salmoqli ishlar amalga oshirib kelmoqda.
Ma’lumot uchun: Ushbu loyihasini tatbiq etish uchun OESR tomonidan monopoliyaga va korrupsiyaga qarshi kurashishni ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida, dunyoning 6 ta davlatlaridan biri etib O‘zbekiston Respublikasi tanlab olingan hamda mazkur loyihani tatbiq etish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilandi.
Ushbu loyiha doirasida Qo‘mita OESR bilan birgalikda tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasi raqobat qonunchiligi hamda siyosatiga kirish” mavzusidagi hisoboti 2022-yil 8-iyun sanasida OESR ekspertlari, bir qator mutasaddi vazirlik va idoralar rasmiylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi raqobat qonunchiligi hamda siyosatiga kirish” hisoboti taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan birga, Qo‘mita hamda OESR tomonidan 2022-yil 10-12-oktabr kunlari “Bozordagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarining ustun mavqeiy va uni suiiste’mol qilinishi” mavzusidagi seminar-trening hamda 13-oktabr sanasida xalqaro tadbir tashkillashtirildi.
Jahon bankining “O‘zbekistonda institutsional salohiyatni oshirish” (IBL) loyiha doirasida Qo‘mita faoliyati samaradorligini hamda xodimlar salohiyatini oshirish maqsadida yollangan 3 ta xalqaro ekspertlar tomonidan uslubiy tavsiyalar hamda metodikasi ishlab chiqilgan.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) “Markaziy Osiyo Energetikasi” loyihasini amalga oshiruvchi “Tetra Tech” kompaniyasi vakillari hamda ekspertlari tomonidan Qo‘mita tizimi xodimlari salohiyatini oshirishga qaratilgan tabiiy monopoliya subyektlarini tartibga solish borasida bir qator mavzularda 1-2 haftalik 4 dan ortiq
seminar-treninglar tashkillashtirildi.
Shuningdek, Shveysariya, Tailand, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi kabi bir qator davlatlarda xorijiy davlatlarning monopoliyaga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organlari, Xalqaro Raqobat Tarmog‘i (ICN), BMTning Savdo va Taraqqiyot Konferensiyasi (UNCTAD) hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkillashtirilgan monopoliyaga qarshi kurashish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida 14 dan ortiq an’anaviy tarzda hamda 100 ga yaqin videokonferens-aloqa rejimida tashkillashtirilgan xalqaro tadbirlarda Qo‘mita mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.
Integratsiya jarayonlarini jadallashtirish
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo‘shilishi doirasida davlat savdo korxonalari bo‘yicha ma’lumot qayta ko‘rib chiqildi hamda tegishli qismlari JSTga a’zo mamlakatlar vakillari tomonidan talab etilgan ma’lumotlar bilan to‘ldirilgandan so‘ng JST kotibiyatiga taqdim etildi.
JSTga a’zo davlatlarning (AQSh hamda Yevropa ittifoqi) tegishli savollariga xalqaro ekspertlar tomonidan taqdim etilgan taklif va izohlardan kelib chiqib javoblar tayyorlandi.
Qo‘mita xalqaro ekspertlar bilan birgalikda milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish maqsadida JST normalariga zid bo‘lgan (yoki zid deb taxmin qilingan) normativ-huquqiy hujjatlar o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, JST bitimlari normalariga zid bo‘lgan
10 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarda diskriminasion normalar mavjudligi aniqlandi.
O‘z navbatida, bir qator JST bitimlariga zid bo‘lgan normalarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda ularni muvofiqlashtirish yuzasidan puxta tayyorlangan materiallar Milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhga taqdim etilgan.
Shuningdek, Qo‘mita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) tomonidan jalb etilgan xalqaro ekspertlar Viktor Ognivsev (Shveysariya) hamda Viktor Kroshet (Belgiya) Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan simulyatsion muzokaralar o‘tkazildi, shuningdek Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasining JSTga qo‘shilishi doirasida Ishchi guruhning
6-yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida tayyorlangan materiallar ko‘rib chiqilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Qo‘mita Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (EIK) Raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bloki bilan hamkorlikda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, tabiiy monopoliyalarni tartib solish, davlat xaridlarini nazorat qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan xalqaro ekspertlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqilgan.
Mazkur qonun loyihasida YeOII qonunchiligidagi raqobatni rivojlantirish, monopoliyaga qarshi tartibga solish, davlat xaridlarini nazorat qilish hamda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish kabi bir qator tegishli normalar O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni loyihasiga kiritilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaning tegishli qismlarida keltirilgan normalarga milliy qonunchilikni muvofiqlashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar hamda takliflar yuborilgan.
Iste’mol bozorlari va chakana tarmoqlarda narx-navoni nazorat qilish yo‘nalishida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi
PF-145-son Farmoniga asosan aholini asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar bilan ta’minlashni tashkil etish, ularning xavfsizligi va sifatini tizimli nazorat qilish hamda mahsulotlar narxlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-son qaroriga asosan Iste’mol bozorlarida narxlarni monitoring qilish departamentiga bir qator qo‘shimcha vazifa va vakolatlar berildi.
Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan quyidagilar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 25 ta vazirlik va idoralardan ma’lumotlarni axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida ma’lumot olish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnomalar imzolandi.
Mazkur yarmarka rastalariga 48 turdagi mahsulotlar chakana savdosi tashkil etilib, yarmarka savdolaridagi mahsulotlar narxlari o‘rtacha bozor narxlariga nisbatan 12 – 37 foizgacha arzonroq sotilishi tashkillashtirilgan.
Iste’molchilarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri arzon narxlarda yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi (226 ta), Andijon (30 ta), Buxoro (136 ta), Jizzax (30 ta), Qashqadaryo (240 ta), Navoiy (38 ta), Namangan (156 ta), Samarqand (40 ta), Surxondaryo (245 ta), Toshkent (292 ta), Farg‘ona (137 ta), Xorazm (44 ta) viloyatlari va Toshkent shahri (311 ta)da 1925 nafar dehqonlarga bozor hududida qo‘shimcha joy ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Dastlabki o‘rganish jarayonida ayrim hududlarda boshlang‘ich narxlarning nisbatan yuqori sur’atlarda oshishi ta’sir qilganligi kuzatildi. Xususan, yil boshidan bug‘doyning birjadagi eng yuqori boshlang‘ich narxlari Jizzaxda –
4,2 mln so‘m, Toshkentda – 3,7 mln so‘m, Qashqadaryoda – 3,6 mln so‘m, Surxondaryoda – 3,6 mln so‘m, Farg‘onada – 3,6 mln so‘m va Xorazmda – 3,6 mln so‘mgacha ko‘tarilganligi kuzatildi.
Xususan, respublika aholisini neft mahsulotlari bilan barqaror va maqbul narxlarda ta’minlanishini tashkil etish bo‘yicha Qo‘mita va barcha hududiy boshqarmalarda muvofiqlashtiruvchi shtablar shakllantirilib, fuqaro murojaatlarini tezkor qabul qilish va zarur tushuntirishlar berish maqsadida “call center” markazlari yo‘lga qo‘yildi;
– respublika kesimida AYoQShlardagi chakana narxlar va ularning joylashgan (lokatsiyasi) manzilini qulay tarzda ko‘rib borish uchun telegram bot “benzin narx” ishga tushirildi, bunda foydalanuvchilar o‘zlariga eng yaqin va narxlari arzon bo‘lgan AYoQShlarni ushbu bot orqali tez aniqlashlari mumkin;
– hududiy organlar tomonidan 2 172 ta AYoQShlarga AI-80 benzin mahsulotining narxlarini asossiz oshirmaslik bo‘yicha ogohlantirish yuborildi hamda har bir AYoQSh kesimida narxlar monitoringini yuritish bo‘yicha xodimlar biriktirilgan;
– berilgan ogohlantirishlar natijasida respublikaning 1 563 ta AYoQShlarda 1 litr benzinning o‘rtacha narxini 7 000 so‘mdan 5 700 so‘mgacha, yoki 19 foizgacha pasayishiga erishildi.
Ichki va tashqi bozorlarida narxlarni tahlil qilish yo‘nalishida
Ichki iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq ovqat mahsulotlari chakana narxlari va uning oshishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi.
Shuningdek, texnik chigit, guruch, benzin, bug‘doy, un, non, sut, sitrus mevalari, grechka hamda baliq mahsulotlari realizatsiyasi, shu jumladan importi holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, Vazirlar Mahkamasiga narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha takliflar kiritildi.
Xususan, ichki bozorni ayrim turdagi talab yuqori bo‘lgan sitrus mevalar (banan) narxlari tahlil qilinganda, joriy yil yanvar-noyabr oylarida banan importi 127,2 ming tonnani tashkil etishi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 57,4 ming tonnaga (80 foizga) oshganligi kuzatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi
PQ-4554-son qarori ijrosi holati va dori vositalari, xususan import dori vositalariga narxlarni belgilash referent narx shakllantirish tizimi doirasida amalga oshirilayotganligi holati hamda belgilangan ulgurji va chakana narxlarning to‘g‘ri shakllanishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi hamda tegishli topshiriqlar belgilab olindi.
Asosiy iste’mol tovarlari narxlari, tarif va notarif cheklovlar, ichki bozorda mahsulotlarning to‘yinganlik darajasi, sohaga oid xorij yangiliklari, shu jumladan xalqaro birjalardagi holatlar va boshqa ma’lumotlar umumlashtirgan holda Asosiy iste’mol tovarlari “Daydjest”i tayyorlab borilmoqda.
XII. Hududlarda raqobatni rivojlantirish sohasida
Qo‘mita raisining 2022-yil 14-fevraldagi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy organlari faoliyatini kompleks o‘rganishni tashkil qilish to‘g‘risidagi 18-ICh buyrug‘iga asosan 14 ta hududiy boshqarmalarning barchasini faoliyati kompleks o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasida Hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda zarur choralar ko‘rish maqsadida hududiy boshqarmalarga takliflar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
3-dekabrdagi PF-29-son Farmoni hamda PQ-31-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan va Farg‘ona viloyatlarida mahallalarni kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish “yangi o‘sish nuqta”lari (drayverlarni)ni shakllantirish va to‘liq ishga solish, tadbirkorlik va raqobatni rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
Namangan viloyatidagi 788 ta mahallalarga tayinlangan “hokim yordamchilari” bilan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Namangan viloyat boshqarmasi, tuman markazlari va respublika vakillari tomonidan joriy yilda hamkorlikda barcha mahalladagi 528,9 ming ta xonadonlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, iqtisodiy ahvoliga ko‘ra 4 ta toifaga ajratib olindi. Xatlov natijasida daromadini oshirish istagini bildirgan xonadonlar soni 282,7 ming tani tashkil etdi.
Yil boshidan 229,8 ming nafar fuqarolar daromadli ish o‘rinlar bilan bandligi ta’minlandi. Bularning 164,5 ming nafari hokim yordamchilari tashabbusi va ularning amaliy ko‘magi hisobiga amalga oshirildi. Shundan,
61 283 nafari doimiy, 13 222 nafari jamoat ishlariga joylashtirilgan bo‘lsa, 60 170 nafar fuqarolarga ijara asosida yer ajratib berildi,
90 078 nafari o‘zini-o‘zi band qilindi va 5 071 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkorlik tashkil etdi.
Xususan, Namangan viloyatida hokim yordamchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan takliflarga binoan viloyatidagi tashabbuskor hokim yordamchilarining amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida 19-21 avgust kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Toshkent suvenirlari” Respublika ko‘rgazma-savdosida Namangan viloyatidagi 5 nafar tashabbuskor hokim yordamchilarining ishtiroki ta’minlandi va ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berildi.
Vazirlar Mahkamasining yig‘ilish bayoniga asosan Qo‘mitaga biriktirilgan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 12 ta (A.Sog‘uniy, Vatan, Vatanparvar, Diyorobod, Diydor, Nurobod, Farhod, Hamdo‘st, Shirin, Yangiyo‘l, Bog‘obod, Bog‘iston) mahallalarda “namunaviy mahalla” qiyofasini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi turmush darajasini oshirish hamda u yerda yangi kichik biznes va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish orqali “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarning bandiligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “Ayollar daftari” va “Temir daftar” ga kiritilgan xotin-qizlarning maktab yoshidagi farzandlarini maktab formalari bilan ta’minlash maqsadida 130 nafar maktab o‘quvchilariga jami qiymati 39 mln.so‘mlik maktab formasi tarqatildi.
Qo‘mitaga biriktirilgan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 12 ta “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida Uchtepa tumani mahalla xayriya jamoat fondiga
200 mln.so‘m o‘tkazib berildi. Bu mablag‘lar evaziga jami 15 648 ta shundan
12 ming tub mevali daraxtlar hamda 3648 dona uzum ko‘chatlari ekilishi ta’minlandi.
Sog‘uniy, Vatan, Vatanparvar, Diyorobod, Diydor, Nurobod, Farhod, Hamdo‘st, Shirin, Yangiyo‘l, Bog‘obod, Bog‘iston mahallalarda yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda qarshi olish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan bolalarni va nuroniylarni holidan xabar olish hamda mahallalarda “Bayram oshi” tadbirlari o‘tkazildi.
XIII. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash sohasida
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga soluvchi 2 ta asosiy qonunlar (shundan 1 tasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi,1 tasi yangi tahrirda) qabul qilindi.
Iste’molchilar huquqlarini cheklab qo‘yuvchi normalar mavjudligi yuzasidan amaldagi 23 ta normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan o‘tkazildi va Adliya vazirligiga tegishli takliflar kiritildi.
Vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan 53 ta qonun hujjatlari loyihalarining iste’molchilarga ta’siri nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazilib, tegishli xulosa va takliflar berildi..
Aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-sentabrdagi
PF-5817-son Farmoniga muvofiq, Agentlikning asosiy vazifalaridan biri bu – aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi. Shunga ko‘ra, O‘tgan davr mobaynida mazkur yo‘nalishlarga asosiy e’tibor qaratgan holda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ommaviy axborot vositalarida turli mavzularda jami 4 286 ta material va huquqiy axborotlar (shundan, televidenieda 540 ta lavha, radioda 282 ta eshittirish, “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida 3 marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali chiqishlar, bosma nashrlarda 145 ta maqolalar, elektron axborot vositalarida 3 319 ta materiallar joylashtirildi) berildi.
Iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish sohasida
Iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarni himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tizimli o‘rganishlar va kelib tushgan murojaatlarga asosan jami 3 259 111 nafar iste’molchilarga 75 600,6 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlanib, ularga 60 609,9 mln so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilinishi natijasida 2 133 721 nafar iste’molchilarning huquqlari tiklanishiga erishildi. Qolgan mablag‘larni iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilish va ularning huquqlarini tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Jumladan:
Hisobot davrida iste’molchilar tomonidan o‘z huquq va manfaatlari buzilishi holatlari yuzasidan Agentlik va uning hududiy tuzilmalariga jami 25 644 ta (2021 yil davomida 26 249 ta) murojaatlar qilingan.
Murojaatlarning 10 277 tasi (40,1 foiz) uy-joy kommunal, transport xizmatlari, 9 596 tasi (37,4 foiz) savdo va umumiy ovqatlanish, 4 415 tasi (17,2 foiz) aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 1 356 tasi (5,3 foiz) reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi.
Mazkur murojaatlarning 19 905 tasi yoki 80,6 foizi (13 604 tasi qanoatlantirish va 6 301 tasi huquqiy yordam berish) ijobiy hal etilgan bo‘lib, 3 886 tasiga (15,2 foiz) tegishli tushuntirish berilgan va 939 tasi (3,7 foiz) vakolatli idoralarga yuborilgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda 83 960 nafar iste’molchilarning huquqlari buzilganligi hamda ularga 17,8 mlrd so‘mdan ortiq miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Aniqlangan mablag‘larning 15,9 mlrd so‘mi (89,3 foiz) iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilinib, qolgan 1,9 mlrd so‘m mablag‘larni ularga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida huquqlari buzilgan iste’molchilarga 5,3 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar naqd pul ko‘rinishida qayta hisob-kitob qilinishi, shuningdek 466 nafar iste’molchiga 2,0 mlrd so‘m miqdoridagi tovarlar qaytarib berilishi ta’minlangan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilishda hamkorlik sohasida
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish maqsadida, tasdiqlangan reja-grafik asosida muntazam ravishda chakana savdoda tovarlar nazorat xaridini va ularni ekspertizadan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shunga ko‘ra, jami 242 nomdagi (50 turdagi) mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilib (“Sifat nazorati” teleko‘rsatuvi bilan hamkorlikda), ularning ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, 51 nomdagi (12 turdagi) mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlangan. Misol uchun:
– ichki bozordagi L&S kabeli SSA, Nurmaks va IRCAB oqim o‘tkazuvchi yadrolar va o‘tkazgichlarning e’lon qilingan elektr qarshiligiga, shuningdek, kuchlanish talablariga javob bermasligi aniqlanib, tegishli choralar ko‘rish uchun Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuborilgan.
Iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ularning huqularini tiklash sohasida
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi (alomatlari) holatlari yuzasidan 558 ta (shundan, 519 tasi iste’molchi va 39 tasi reklama qonunchiligi bo‘yicha) subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini tugatish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.
61 nafar huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudlarga yuborilgan va 46 nafar shaxsga nisbatan jami 21,6 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish bo‘yicha sudlarga 48 ta da’vo arizalari kiritilib, shundan 15 tasi qanoatlantirilgan, 33 tasi sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish sohasida
Reklamalarni joylashtirilishi va tarqatilishi bo‘yicha jami 66 303 ta, jumladan televidenieda 573 ta, radio 214 ta, tashqi reklama vositalaridagi 51 000 ta, bosma nashrlarda 678 ta, internet va ijtimoiy tarmoqlarda 13 838 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan.
O‘rganish (monitoring)lar natijasida 19 425 ta holatda turli kamchiliklar aniqlanib, ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Totalizator va bukmeykerli faoliyati reklamasini joylashtirish holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha 4 014 ta obyektlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan 208 ta kamchiliklar bartaraf etilgan.
Ma’muriy hududda faoliyat yuritayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining (dorixona, savdo do‘koni, moy almashtirish, umumiy ovqatlanish va sh.k) tashqi qismiga reklama-axborotlarini joylashtirilishi va ularni kim tomonidan (diler, ishlab chiqaruvchi yoki boshqalar) o‘rnatilganligiga aniqlik kiritish bo‘yicha 9 906 ta obyektlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan 4 831 ta kamchiliklar bartaraf qilingan.
2021-yilda Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilgan.
Birinchidan, insofsiz raqobatga yo’l qo’yilmasligi bo’yicha.
O’tgan yilda ushbu yo’nalishda 261 ta murojaat o’rganib chiqildi, natijada 68 ta holatda insofsiz raqobatga yo’l qo’yilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda ish qo’zg’atildi va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, texnik chigitni sotishda kelishib olingan harakatlar – kartel kelishuvlariga barham berildi. Birjada savdolarida klasterlar tomonidan chigit boshlang’ich narxi asossiz ravishda qariyb 40 foiz oshirilishi, pirovardida paxta yog’i narxi oshishiga ta’sir qilgan.
Ko’rilgan choralar natijasida narxlar oshirilgunga qadar bo’lgan darajaga qaytarilishi ta’minlandi va bugungi kunda narxlar shu darajada saqlanib kelinmoqda.
Ikkinchidan, narxlarni tartibga solish sohasida.
Monopol korxonalar tomonidan tartibga solinadigan narxlarning noto’g’ri qo’llanilishi natijasida olgan 71 mlrd so’mdan ortiq asossiz daromad iste’molchilar foydasiga qayta hisob qilindi.
Natijada, shu miqdorda 44 ming nafar aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishi ta’minlandi.
Masalan, urug’lik don, dizel, elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz hamda boshqa mahsulot va xizmatlar narxlari shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, bir qator tovar va xizmatlarga monopol yuqori narxlar qo’llanilishining oldi olindi. Jumladan, kalsiylangan soda 20 foiz, sertifikatlashtirish xizmatlari 15 foiz, yer osti kollektorlari xizmati 50 foizga pasaytirildi.
Natijada, 300 ga yaqin tadbirkordan 100 mlrd so’mdan oshiqcha to’lov undirilishi oldi olindi.
Jarima maydonchalari faoliyati raqobat asosida yo’lga qo’yilishi va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan asossiz to’lovlar undirilishi bekor qilindi.
Uchinchidan, tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solish sohasida.
Tabiiy monopoliya subyektlarining shartnomalari to’liq xatlovdan o’tkazildi. Shartnomalar raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligiga to’liq muvofiqlashtirildi.
Ommaviy shartnomalarning Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi bilan to’liq kelishilgandan so’ng tuzilishi tizimi yo’lga qo’yildi.
Kommunal to’lovlar 100 mingdan ortiq aholidan ortiqcha olingan 8,7 mlrd so’mlik to’lovlar aholi foydasiga qayta hisob qilindi.
Xususan, mingdan ortiq oilaviy korxonalarga nisbatan tariflarni oshirib qo’llash natijasida olingan 1,5 mlrd so’m qaytarildi mazkur mablag’lar ular tomonidan o’z tadbirkorligini rivojlantir uchun yo’naltirishga imkon yaratildi.
Birgina Toshkent shahrida joylashgan ko’p qavatli uy qurilishi bilan shug’ullanuvchi tadbirkordan asossiz ravishda elektr energiyasi uchun undirilgan 1,7 mlrd so’m tadbirkorga qaytarildi.
Yoki, temir yo’l xizmatlarini ko’rsatishda imtiyozlarni qo’llamaslik hamda qo’shimcha xizmatlarni tiqishtirish holatlari bartaraf etilishi natijasida 300 mln so’m mablag’ tadbirkorlar foydasiga hal qilindi.
To’rtinchidan, davlat ishtirokini cheklash va qonunbuzilish profilaktikasi sohasida.
Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda Qo’mitaning oldindan roziligini olish, bunda 5 dan ortiq xususiy tadbirkor faoliyat yurituvchi sohalarda davlat korxonalarini tashkil etmaslik mexanizmi yo’lga qo’yildi.
Natijada, davlat ishtirokidagi korxonalarni tuzish bo’yicha 29 ta murojaat ko’rib chiqilib, 10 ta holatda bunday korxonalarning tashkil etilishi maqsadga muvofiq emas deb topildi.
Ta’kidlash joizki, Davlat Rahbarining tegishli qaroriga muvofiq Qo’mita tomonidan doimiy ravishda davlat muassasalari faoliyati tahlil qilinishi, xususiy tadbirkorlar faoliyat yuritayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalarini xususiylashtirish yoki tugatish bo’yicha takliflarni Davlat tender komissiyasiga kiritib borish mexanizmi belgilandi.Metall mahsulotlar ishlab chiqarish bozorida induksion pechlardan foydalanishga qo’yilgan cheklovlarni bekor qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqildi, bu esa bevosita 50 dan ortiq tadbirkorga faoliyatini qayta tiklashga imkon berdi.
Qonunbuzilish oqibatini bartaraf etish emas, balki ularning oldini olishga qaratilgan monopoliyaga qarshi komplayens tizimi yo’lga qo’yilgan va muttasil ravishda rivojlantirib borilmoqda.
Bunda monopoliyalar va davlat tashkilotlarida faoliyatni raqobat qonunchiligiga muvofiq tashkil etish maqsadida komplaens xizmatlari tashkil etildi.
Jami 46 ta, shundan 10 ta davlat ishtirokidagi korxonalarda, 14 ta mahalliy hokimiyat organlarida va 22 ta davlat boshqaruvi organlarida komplaens tizimi joriy qilindi.
Bugungi kunda ular faoliyati muvofiqlashtirib borilmoqda va bunday tashkilotlar ko’paytirilmoqda.Beshinchidan, tender va birja savdolarini tartibga solinishi sohasida. Davlat xaridlari doirasidagi tender savdolarida 6,7 mingdan ziyod (2020-yilning mos davrida 2,2 mingdan ziyod raqobatni cheklovchi omillarning oldi olindi.
Tovar xomashyo birjalari orqali sotiladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlar soni 38 tadan 45 taga yetdi, tadbirkorlar ochiq savdolar orqali tovar va xomashyo resurslari xarid qilish imkoni kengaytirildi.
Savdolarni manipulyasiya qilishning oldini olishga qaratilgan mexanizmlar ishlab chiqildi.
Oltinchidan, raqobatga ta’siri baholangan boshqa vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo’linmalari tomonidan ishlab chiqilgan 1,5 mingta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar o’rganildi va 278 ta loyihada raqobatga zid normalar aniqlandi va ularni bartaraf etish tegishli xulosalari berildi.
Shuningdek, mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan 976 ta hamda davlat organlarining 374 ta hujjatlari raqobatga zid ekanligi aniqlandi va ularni bekor qilish choralari ko’rildi

I. TOVAR VA MOLIYa BOZORLARIDA RAQOBAT HOLATI TAHLILI
Tovar, moliya va raqamli bozorlardi o‘tkazilgan tahlillar.
Qo‘mita markaziy apparati tomonidan 2023-yil davomida 182 ta tovar va xizmatlar bozorlari tahlil qilindi. Shundan, 32 ta bozorlar to‘liq tahlil va mahsulot bilan to‘yinganligi bo‘yicha 150 ta ekspress tahlillar o‘tkazildi.
To‘liq tahlillar doirasida don mahsulotlari, ko‘mir, havo transporti, elektron hisoblagich, yagona dasturiy texnik kompleksida xizmat ko‘rsatish, shisha idish (banka) mineral o‘g‘itlar, vagon tarozilarini o‘rnatish, tamirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, gazabeton ishlab chiqarish, temir yo‘llari sohasining yondosh xizmatlari bozorlarida, ob’ektlarni joylashtirish uchun yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha kelishish, mobil aloqa operatorlari, qurilish oynasi, iste’mol etil spirti, tyemir beton shpallari ishlab chiqarish va sotish xizmatlari hamda boshqa bozorlarda raqobat muhiti holatini baholash ishlari olib borildi.
Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustun mavqeni e’tirof etish va bekor qilish yuzasidan qilingan ishlar.
Tahlil natijalarida 12 ta korxona 11 ta tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqei e’tirof etildi hamda 9 ta korxona 9 ta tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqeini yo‘qotganligi e’tirof etildi.
Tovar bozorlarning mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganligi darajasi tahlili holati.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni ko‘rib chiqishda ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 303-sonli qaroriga asosan ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘yinganligini aniqlash maqsadida 150 ta o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, 78 ta tovar bozorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari bilan to‘yinganligi va 72 ta tovar bozorining to‘yinganlik darajasi pastligi (to‘yinmagani) ma’lum bo‘ldi.
II. QONUN HUJJATLARI VA DAVLAT ORGANLARI QARORLARINING RAQOBAT MUHITIGA TA’SIRINI BAHOLASh
Ma’lumot uchun:
yil boshidan 165 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va Farmoni loyihalari Qo‘mitaga kelib tushgan bo‘lsa, shulardan 85 tasida (52 %), 339 ta Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi Qo‘mitaga kelib tushgan bo‘lsa, shulardan 158 tasida (47 %) amaldagi qonunchilik hujjatlari hamda raqobat qonunchilik hujjatlari talablariga zid normalar mavjudligi yuzasidan tegishli xulosalar berilgan.
Jumladan, tuman va shahar hokimliklari tomonidan qabul qilingan hujjatlarni o‘rganishlarda raqobat qonunchiligi talablarini eng ko‘p buzgan holatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida 127 ta, Xorazm viloyatida 106 ta, Jizzax viloyatida 94 ta, Samarqand viloyatida 86 ta, Qashqadaryo viloyatida 53 ta va Buxoro viloyatida 42 ta holatda aniqlangan va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli hokimliklarga Qo‘mitaning hududiy organlari tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
Yuqoridagi kabi aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha Qo‘mita tomonidan jami 102 ta mahalliy hokimlik va davlat boshqaruv organlariga monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlari normalari buzilishi bo‘yicha ishlar qo‘zg‘atilgan bo‘lib, 98 ta ishlarni ko‘rib chiqish yakuni bilan tegishli tartibda Qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmalari yuborilgan va 167 ta raqobatga qarshi hujjatlar bekor qilingan.
III. TOVAR-XOM AShYo BIRJALARINI LITSENZIYALASh VA XARID TIZIMLARNI NAZORAT QILISh
Monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan 46 turdagi yuqori likvidli va monopol mahsulotlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan.
Shuningdek, monopol va davlat ishtiroki bo‘lmagan tashkilotlar tomonidan metall list prokati va sement — ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi, paxtadan olingan chigit, paxta moyi (shu jumladan, ekstraksiya paxta moyi), qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) va iste’mol etil spirti — ishlab chiqarish hajmining kamida 100 foizi ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan.
Bugungi kunda birja savdolarida yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi jami 4 mingdan ortiq korxona (sotuvchilar) mavjud bo‘lib, shundan 90 tasi (3 foiz) monopolist va davlat ulushiga ega korxonalar, qolgan 4 054 tasi (97 foiz) monopolist va davlat ulushiga ega bo‘lmagan korxonalar (jumladan, 165 ta (1 foiz) yirik korxonalar va 3 889 ta (96 foizi) boshqa korxonalar) hisoblanadi.
Joriy yilda 1737 ta mahsulot sotuvchi korxonalar tomonidan birja savdolari orqali jami 83,0 trln so‘mlik 52 turdagi yuqori likvidli va monopol mahsulotlar realizatsiya qilingan bo‘lib, bunda mazkur aylanmaning 25 foizi (21,0 trln so‘m) 14 ta turdagi neft va yoqilg‘i mahsulotlari hissasiga va qolgan 75 foizi (62,0 trln so‘m) 38 ta yuqori likvidli va monopol mahsulot hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda birja savdolari orqali jami 88,3 trln so‘mlik tovar aylanmasi amalga oshirilgan bo‘lib, bunda mazkur aylanmaning 27 foizi 13 ta turdagi neft va yoqilg‘i mahsulotlari hissasiga va qolgan 73 foizi boshqa 38 ta yuqori likvidli va monopol mahsulot hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Bundan tashqari, ayrim turdagi yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning birja savdolari orqali sotilish hajmi qo‘yilishiga nisbatan yildan yilga tushib bormoqda (-6 foiz).
Jumladan, 2022-yilda jami 1,552 mln tonna avtomobil benzini birja savdolariga qo‘yilib, shundan 1,233 mln tonnasi (79 foiz) sotilgan bo‘lsa, 2023-yilda jami 1,481 mln tonna avtomobil benzini birja savdolariga qo‘yilib, shundan 1,053 mln tonnasi (71 foiz) sotilgan. Mahsulotning birjadagi aylanmasi 2022-yilda 9,8 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda 7,7 trln so‘mni tashkil etgan (21 foizga qisqargan).
Mineral o‘g‘it mahsulotlari bo‘yicha 2022-yilda jami 4,037 mln tonna mahsulot birja savdolariga qo‘yilib, shundan 2,626 mln tonna (65 foiz) mahsulot sotilgan bo‘lsa 2023-yilda jami 9,612 mln tonna mahsulot birja savdolariga qo‘yilib, shundan 1,893 mln tonna (20 foiz) mahsulot sotilgan. Mahsulotning birjadagi aylanmasi 2022-yilda 7,9 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda 5,9 trln so‘mni tashkil etgan (25 foizga qisqargan).
Un mahsulotlari bo‘yicha 2022-yilda jami 2,042 mln tonna mahsulot birja savdolariga qo‘yilib, shundan 0,875 mln tonna (43 foiz) mahsulot sotilgan bo‘lsa 2023-yilda jami 4,057 mln tonna mahsulot birja savdolariga qo‘yilib, shundan 0,748 mln tonna (18 foiz) mahsulot sotilgan. Mahsulotning birjadagi aylanmasi 2022-yilda 4,1 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda 3,3 trln so‘mni tashkil etgan (21 foizga qisqargan).
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-oktyabrdagi PF-169-son Farmoni 12-bandiga muvofiq 6 ta (kaustik soda, kalsiylangan soda, qurilish oynasi, texnik kerosin, neft parafini, formalin) mahsulotlari birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning ro‘yhatidan chiqarilgan.
Qo‘mita tomonidan birja savdolarida manipulyatsiya harakatlarini oldini olish maqsadida bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan hajmining maksimal miqdori AI-80 avtobenzin bo‘yicha 55-60 tonnalik lotlar uchun – 55-60 tn, 1 tonnalik lotlar uchun – 5 tn, kalsiylangan soda bo‘yicha 120 tn, shakar bo‘yicha 10 tn, suyultirilgan gaz bo‘yicha 20 tn etib belgilangan.
Shu bilan birga, joriy yil 1-martdan 1-mayga qadar aholini benzin mahsulotlari bilan barqaror va arzon narxlarda ta’minlash maqsadida AI-80 benzinini sotish narxini uning birja savdosiga chiqarish narxiga nisbatan o‘sish chegarasini eng ko‘pi bilan 5 foizgacha etib belgilangan. Joriy yilning noyabr oyidan boshlab ushbu chegara 15 foizgacha etib belgilandi.
Bundan tashqari, 2023-yilda 76 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilganligi bo‘yicha 67 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan ish qo‘g‘atildi.
Jumladan, 35 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan narxlar sun’iy oshirilishi bilan bog‘liq manipulyatsiya harakatlari sodir etilganligi va buning natijasida 14,7 mlrd so‘m mablag‘lar asossiz olinganligi aniqlanib, ushbu mablag‘larni undirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda 263 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilganligi bo‘yicha 190 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan ish qo‘g‘atilib, narxlar sun’iy oshirilishi natijasida asossiz olingan 9,9 mlrd so‘m mablag‘larni qaytarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Shu bilan birga, bugungi kunda yuqorida 100 dan ortiq holatlarda qayd etilgan grafiklarni taqdim etmagan hamda grafiklarni ishlab chiqarish hajmiga nisbatan kam tasdiqlagan korxonalarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotishda teng raqobat muhitini yaratish va nazoratni kuchaytirish maqsadida Qo‘mita tomonidan takliflar ishlab chiqilib O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarga kiritilgan.
IV. ISTE’MOL BOZORLARIDA NARXLARNI MONITORING QILISh
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-sonli qaroriga muvofiq Qo‘mita tomonidan 10 turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega (bug‘doy va un, qolipli non, mol go‘shti, parranda go‘shti, tuxum, paxta yog‘i, kungaboqar yog‘i, guruch, shakar, qadoqlangan sut) mahsulotlarining iste’mol bozorlaridagi narxlar doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.
Qo‘mitaning hududiy organlari tomonidan mahsulotlarni tomorqadan bozorgacha yetkazib berishda bozorlarning quvvatlari va boshqa omillar hisobiga monopoliya alomatlarining mavjudligi, raqobat darajasining yetarliligi tahlil qilinib, tegishli takliflarni tuman va viloyat hokimiga kiritib borilgan.
Xususan, bugungi kunga qadar respublikaning 208 ta tuman(shahar)laridagi 185 ta bozorlarda o‘rganish va tahlillar o‘tkazilgan.
Misol uchun. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 18 ta, Andijon viloyati 11 ta, Buxoro viloyatida 12 ta, Jizzax viloyatida 10 ta, Qashqadaryo 16 ta, Navoiy viloyatida 14 ta, Namangan viloyatida 21 ta, Samarqand viloyatida 16 ta, Surxondaryo viloyatlarida 12 ta, Sirdaryo viloyatida 12 ta, Toshkent viloyatida 10 ta, Farg‘ona viloyatida 11 ta, Xorazm viloyatida 11 ta, Toshkent shahrida 11 ta dehqon bozorlari tahlil qilingan.
O‘rganish va tahlillar natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy organlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat (shahar, tuman) tuman hokimliklariga takliflar kiritilgan.
Qo‘mita tomonidan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini importi darajasini pasaytirish va ichki bozorda raqobatni ta’minlash bo‘yicha tahlil o‘tkazildi.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini 2023-yilda ishlab chiqarish va iste’moli balansiga asosan respublika aholisining 5 turdagi (un, o‘simlik yog‘i, mol go‘shti, parranda go‘shti va kartoshka) oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining 7 – 47 foizi import asosida qoplanadi.
Jumladan, o‘simlik yog‘ining 47 foizi, un mahsulotining 35 foizi, mol go‘shtining 13 foizi, parranda go‘shtining 7 foizi va kartoshkaning 6 foizi import asosida qoplanadi.
O‘simlik yog‘iga bo‘lgan yillik ehtiyoj 749 ming tnni, un mahsulotiga 5 408 ming tnni, mol go‘shtiga 1 761 ming tnni, parranda go‘shtiga 518 ming tnni, kartoshkaga 4 393 ming tnni tashkil etadi.
2023-yil yakuni bo‘yicha asosiy oziq-ovqat importida eng yirik 5 ta import qiluvchiga to‘g‘ri keladigan ulushlar kungaboqar yog‘i bo‘yicha
46 foiz, paxta yog‘i bo‘yicha 82 foiz, un 54 foiz, mol go‘shti 60 foiz, parranda go‘shti bo‘yicha 46 foiz, kartoshka 44 foiz, sabzi 95 foiz, qadoqlangan sut – 89 foiz, shakar 65 foiz, bug‘doy 36 foiz, va guruch 50 foizni tashkil etgan.
Ushbu o‘rganish va tahlillar natijasida ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Respublika bo‘yicha iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari barqarorligini ta’minlash maqsadida respublikaning barcha tuman va shahar dehqon bozorlari hamda arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkalariga Qo‘mita va hududiy boshqarmalarning tegishli buyrug‘i bilan mas’ul xodimlar biriktirilgan.
Biriktirilgan xodimlar tomonidan, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hodimlari bilan birgalikda kunlik monitoring olib borildi.
Mazkur yarmarka rastalariga 25 turdagi mahsulotlar chakana savdosi tashkil etilib, yarmarka savdolaridagi mahsulotlar narxlari o‘rtacha bozor narxlariga nisbatan 12 – 33 foizgacha arzonroq sotilishi tashkillashtirilgan.
Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining barqarorligini ta’minlash, savdo tarmoqlari va ularga mahsulot yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, oziq-ovqat mahsulotlarni yetishtiruvchi va ularni qayta ishlovchi korxonalarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo tarmoqlarida ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha sharoitlar yaratish va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida” Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.
V. TARTIBGA SOLINADIGAN NARXLAR VA TARIFLARNI TAHLIL VA NAZORAT QILISh HAMDA TABIIY MONOPOLIYa SUB’EKTLARINI TARTIBGA SOLISh
“Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan 2023-yil davomida iqtisodiy tarmoq sohalaridagi ayrim korxonalarning faoliyatida o‘rganishlar o‘tazilib, natijada iste’molchilardan jami 113,4 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromadlar olinganligi aniqlandi.
Ushbu davrda bu kabi 344 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, 14 482 ta iste’molchilarning bugungi kunga qadar 23,3 mlrd so‘mlik manfaatlari himoya qilinib mablag‘larni qayta hisob-qitob qilinishi ta’minlangan, shuningdek, 87,7 mlrd so‘mlik iste’molchilardan olingan ortiqcha daromad summalarini qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qo‘mita tomonidan tabiiy monopoliya sub’ektlarining 01.10.2023-yil holatidagi mavjud Davlat reestriga kiritilgan 135 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qayta xatlovdan o‘tkazildi.
Xatlov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-108-sonli Farmoni 3.8-bandiga asosan asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘lmagan
46 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Davlat ryeestrdan chiqarildi.
Bugungi kunda, Reestrga kiritilgan o‘zgartirishlar natijasida reestrda 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 89 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar mavjud.
Tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan 159 ta holatda tadbirkorlik sub’ektlari va aholidan asossiz olingan jami 39,1 mlrd so‘m mablag‘larni ixtiyoriy ravishda bartaraf bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berilgan.
Bugungi kunda 29,7 mlrd so‘m (tabiiy gaz – 2,1 mlrd so‘m, elektr energiyasi – 10,4 mlrd so‘m, ichimlik va issiqlik ta’minoti – 15,9 mlrd so‘m, boshqa xizmatlar – 1,3 mlrd so‘m) mablag‘lar qayta-hisob kitob qilingan qolgan mablag‘lar bo‘yicha hisob kitob ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, mazkur murojaatlarni ko‘rib chiqishda jami 78 576 ta iste’molchilarning nomuayyan doirasidagi huquqlarini himoya qilindi.
VI. DAVLAT XARIDLARIDA RAQOBATNI TA’MINLASh
Qo‘mita tomonidan joriy yil davomida davlat buyurtmachilari tomonidan o‘tkazilgan 62 465 ta tanlov (tender) savdolaridagi tahlillar natijasida buyurtmachilar tomonidan 18 738 ta (29,9 %) savdolar jarayonida 27 730 ta raqobatga zid harakatlar aniqlangan. Jumladan:
-Qo‘mitaning Markaziy apparati mutaxassislari tomonidan olib borilgan jami 23 269 ta tanlov (tender) savdolaridagi tahlillar natijasida buyurtmachilar tomonidan 5 118 ta (21,9 %) savdolar jarayonida 7 640 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan;
-Qo‘mitaning hududiy organlari tomonidan jami 39 196 ta tanlov (tender) savdolarida tahlil ishlari olib borilgan va natijada buyurtmachilar tomonidan o‘tkazilgan 13 620 ta (35 %) savdolar jarayonida 20 090 ta raqobatga zid harakatlar aniqlangan.
Ma’lumot uchun. 2021-yilda o‘rganilgan 13130 ta tanlov (tender) savdolarida 4781 ta (36%), 2022-yilda esa 31457 ta tanlov (tender) savdolarida 8698 ta (28%) holatlarda raqobatga zid normalar aniqlangan.
Aniqlangan jami 27 730 ta holatdan 24 018 ta holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga, 688 tasi bo‘yicha Hisob palatasiga ma’lumotnomalar taqdim etilgan, 336 ta holat buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan, 2 688 ta holat yuzasidan Qo‘mita va hududiy boshqarmalar tomonidan ish qo‘zg‘atilib, 485 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
VII. INSOFSIZ RAQOBAT AMALIYOTLARIGA, TIL BIRIKTIRISHLAR VA KARTEL KELISHUVLARGA QARSHI KURASHISH
2023-yil davomida Qo‘mita markaziy apparati va hududiy boshqarmalar tomonidan insofsiz raqobat holatlari bo‘yicha kelib tushgan jami 234 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yildagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan 234 ta murojaatlardagi 62 ta holat bo‘yicha Qo‘mita tomonidan ish qo‘zg‘atilgan va belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib tegishli choralar ko‘rilgan.
VIII. IQTISODIY KONSENTRATSIYa USTIDAN NAZORAT
2023-yilda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish yuzasidan jami 140 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan, 26 ta murojaat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga rozilik olish to‘g‘risida bo‘lsa, 114 tasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik olish bilan bog‘liq murojaatlar.
Kelib tushgan barcha murojaatlar tahlil qilinib, Qo‘mita tomonidan jami 8324 mlrd. so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan 49 foizi, ya’ni 4042 mlrd. so‘mlik (351,2 mln. AQSh doll.) bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, 2 ta holatda oldindan rozilik olmasdan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidan ulush olganligi aniqlandi va ular bo‘yicha belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rilgan.
Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va 15 ta holatda tovar bozori rivojlanmaganligi sababli davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni hamda 31 ta holatda davlat muassasalarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) rozilik berilgan.
3 ta holatda tovar bozori rivojlanganligi, ushbu bozorda xususiy tadbirkorlik sub’ektlari 5 tadan ko‘pligi sababli davlat ishtirokidagi korxona va 2 ta holatda davlat muassasalari tashkil etilishiga rozilik berish rad etilgan.
Bundan tashqari, 2 ta holatda Qo‘mitaning oldindan roziligini olmasdan davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tashkil etganligi aniqlandi va ular bo‘yicha belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rilgan.
IX. ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYa QILISh VA REKLAMA FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
2023-yil davomida iste’molchilardan jami 20 691 ta murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlarning 7 049 tasi (34 foiz) uy-joy kommunal, transport xizmatlari, 8 534 tasi (42,2 foiz) savdo va umumiy ovqatlanish, 4 344 tasi (21 foiz) aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 764 tasi (3,6 foiz) reklama munosabatlari masalalariga to‘g‘ri keladi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda 18 868 nafar iste’molchilarning huquqlari buzilganligi aniqlangan va iste’molchilar foydasiga 20,68 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.
Shu bilan birga, savdo sohasida iste’molchilarga 720 ta holatda, 1998 dona mahsulotlardagi 5,593 mlrd. so‘mdan ortiq miqdoridagi mahsulotlar almashtirib yoki qaytarib berilgan.
Iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar va boshqa idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish maqsadida turli yo‘nalishlarda Qo‘mita tomonidan 20 ta o‘rganish va tahlillar o‘tkazilgan.
Mazkur o‘rganishlar va tahlillar natijasida iste’molchilardan jami 137,6 mlrd so‘m miqdorida ortiqcha mablag‘lar olingani aniqlanib, 129,8 mlrd so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilingan va 397 459 nafar iste’molchilarning huquqlari tiklangan.
Ma’lumot uchun: 2021 yilda 137,9 mlrd.so‘m, 2022 yilda esa 75,6 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish maqsadida, tasdiqlangan reja-grafik asosida muntazam ravishda chakana savdoda tovarlar nazorat xaridini va ularni ekspertizadan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, hisobot davrida jami 397 nomdagi mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilib (“Sifat nazorati” teleko‘rsatuvi bilan hamkorlikda), ularning ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, 26 nomdagi mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlangan.
Ma’lumot uchun. 2021-yilda 182 ta, 2022-yilda esa 242 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan
Misol uchun:
– Oziq-ovqat mahsulotlari o‘rganilganda 14 ta holatda osh tuzlari;
– sut mahsulotlari vapaxta yog‘i.
– 12 nomdagi nooziq-ovqat mahsulotlaridan 3 nomdagi maishiy texnika (Xitoyda ishlab chiqarilgan “Bosch BS-7722” nomli, “Yoshiba YH-889” nomli, “ION FK-9900” nomli soch quritish uchun Fen) mahsulotlari;
– 8 ta dori vositalari (qalbaki yoki davlat reestriga kiritilmagan) amaldagi texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlangan.
Jumladan, 4 ta holat yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan import qiluvchi korxonalarga ogohlantirish xatlari chiqarilgan.
Bundan tashqari, 5 ta holatda yuzasidan, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqaruvchi va Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga xatlar yuborilgan.
Shuningdek, qolgan 6 ta holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rish uchun vakolatli organga to‘plangan hujjatlar yuborilgan. Natijada 2 ta dorixonaga Iqtisodiy sudlarning hal qiluv qarori bilan tashkilot litsenziyalari bekor qilingan.
III. Reklama foliyatini tartibga solish
Reklamalarni joylashtirilishi va tarqatilishi bo‘yicha jami 55 217 ta, jumladan televidenieda 752 ta, radio 501 ta, tashqi reklama vositalaridagi 44 857 ta, bosma nashrlarda 633 ta, internet va ijtimoiy tarmoqlarda 8 474 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun. 2021-yilda 23550 ta, 2022-yilda 66303 ta reklamalarni joylashtirilishi va tarqatilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilgan.
O‘rganish (monitoring)lar natijasida 27 947 ta holatda turli kamchiliklar aniqlanib, ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Xususan:
totalizator va bukmekerlik faoliyatidagi reklamalarda aniqlangan 142 ta, dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) va boshqa (ozdiruvchi, semirtiruvchi) preparatlarga oid 105 ta, savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlari tashqi va ichki qismida reklama qilinishi taqiqlangan mahsulotlarga (tamaki, alkogol, elektron sigaret, pivo va boshqalar) tegishli reklama-axborotlarini joylashtirish holatlari bo‘yicha 115 ta, tashqi reklama ob’ektlarini (konstruksiyalarini) me’moriy va tarixiy-madaniy obidalarda, arxitektura yodgorliklarida joylashtirilishi bo‘yicha aniqlangan 10 ta kamchiliklar bartaraf etilgan.
Reklama beruvchilar tomonidan taqdim etilgan reklama eskizlarini amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan 364 ta ekspertiza va tahlillar o‘tkazilib, ularning 43 tasi (11,8 foiz) bo‘yicha reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga nomuvofiqligi haqida xulosalar berilgan.
X. MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAENS TIZIMINI JORIY ETISh
2023-yil davomida 100 ta, shu kunga qadar jami 196 ta, shundan, 68 ta tabiiy monopoliya sub’ektlarida, 59 ta tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda, 35 ta mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, 15 ta davlat boshqaruvi organlarida hamda 19 ta davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida monopoliyaga qarshi komplaens tizimi to‘liq joriy etildi.
Bundan tashqari, “Biz sizni eshitamiz!” loyihasi doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlarning 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan reja-jadvali tasdiqlandi.
Reja-jadvaliga muvofiq joriy yilning avgust-oktyabr oylari davomida to‘rtta sohada, xususan, raqamli va moliyaviy texnologiyalar (fintech) platformalari xizmatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, reklama hamda farmatsevtika sohalarida faoliyat yuritayotgan
300 nafarga yaqin tadbirkor va xorijiy investorlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammolari o‘rganildi va takliflari tinglandi.
Bildirilgan muammolar, taklif va tashabbuslardan kelib chiqib, tadbirkorlar faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-son qaroriga muvofiq monopoliyaga qarshi organ korxonalar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida monopoliyaga qarshi komplaens tizimining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilish natijalarini baholab boradi.
Shundan kelib chiqib, Qo‘mita tomonidan 36 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektning monopoliyaga qarshi komplaens haqidagi hisobotlari o‘rganib chiqildi va Qo‘mitaning 2021-yil 30-apreldagi 53-ICh-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan uslubiy qo‘llanma asosida baholandi.
Mazkur tizim joriy qilinib, Qo‘mitaning tavsiyalari asosida tashkil qilingan korxonalardagi faoliyat o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
XI. NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLASHTIRISH SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
2023-yil davomida 40 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan. Shundan, 7 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish loyihasi, 11 ta Prezident qaror va farmonlari loyihasi, 14 ta Vazirlar Mahkamasi qarori, 7 ta Qo‘mita qaror loyihasi hamda 1 ta qo‘shma-qaror loyihasi tayyorlangan.
Misol uchun:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tarmoqlarni tartibga solishda yuridik shaxslar birlashmalarining bozorlardagi raqobatga salbiy ta’sirini cheklashga qaratilgan qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori
– “Elektron birja savdo tizimiga oid umumiy talablari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida Qo‘mita qarori loyihasi;
– “Birja a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi (ID-72683) qo‘shma qaror loyihasi va boshqalar.
Shuningdek, joriy yilda yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 6-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-108-sonli Farmoni qabul qilindi va Qo‘mitaning asosiy ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
XII. JAMOATChILIK BILAN ALOQALAR TASHKIL ETISh
Qo‘mita tomonidan jami OAV va internet sahifalarida 4 930 ta chiqishlar qilingan. Jumladan, Markaziy apparat tomonidan 1 607 ta, hududiy tuzilmalar tomonidan 3 323 ta chiqishlar amalga oshirilgan.
Shundan, televidenieda 309 ta lavha, radioda 142 ta eshittirish va matbuotda 156 ta maqolalar berilgan hamda internet tarmoqlarida jumladan, veb-sayt, telegram kanallari va feysbuk sahifalari orqali
4 333 ta materiallar berilgan.
Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi jahon yangiliklari to‘plami sifatida xizmat qiluvchi 20 ta Dayjest chop etildi.
Bundan tashqari, Qo‘mita tomonidan “Sog‘lom raqobat mamlakat iqtisodiyoti rivojiga va iste’molchilar tanlovining xilma-xilligiga asos bo‘ladi” nomli qisqa metrajli ijtimoiy videorolik suratga olindi.
Jamoatchilik bilan aloqalar hizmati tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish” hamda “Reklama” to‘g‘risidagi qonunlar mazmun-mohiyati bo‘yicha seminarlar Qo‘mita ichida tashqil qilinib, Qo‘mita xodimlari o‘z xizmat funksiyalari mavzusida 15 ta turli seminar-treninglar o‘tkazilgan.
Qo‘mita tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha 17 ta brifing tashkil etilgan. Jumladan, 10 tasi Qo‘mitaning ichki brifingi bo‘lib, 7 ta brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tdi.
“Sifat nazorati” (“Toshkent” telekanali) 22 ta ko‘rsatuvida 30 dan ortiq ishlab chiqaruvchi korxonaning konservalangan go‘sht mahsuloti, o‘simlik moyi, yogurt, tuz, shokolad, bolalar ozuqasi, bolalar uchun ozuqa, pechene, quyultirilgan sut mahsulotlari, somsa xamir mahsuloti va choy ichimligi mahsulotlari va dazmol, televizor, ventilyator kabi tovarlarning nazorat xaridi o‘tkazildi va ekspert sifatida tegishli tavsiyalar berib o‘tilgan. Mazkur ko‘rsatuvlar Qo‘mitaning rasmiy kanallarida batafsil yoritilgan.
XIII. SOHADA RAQAMLASHTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Asosiy turdagi 20 dan ortiq ijtimoiy muhim ahamiyatga ega va strategik tovarlar narxlarining keskin tebranishlari oldini olish, narxlarning asossiz o‘sishi holatlarini aniqlash maqsadida tizimli monitoring olib borish bo‘yicha “FAIR PRICE” (Adolatli narx) axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha loyihaoldi o‘rganishlar olib borildi hamda tahliliy ma’lumotlar asosida konsepsiya loyihasi ishlab chiqildi va tegishli tartibda tasdiqlandi.
Iste’molchilarga mamlakat iste’mol bozorida muomalada bo‘lgan tovar (ish, xizmat)lar to‘g‘risida ma’lumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini beruvchi “Product Info” axborot tizimi va mobil ilovasini yaratish bo‘yicha konsepsiya va texnik topshiriq ishlab chiqildi hamda tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazilib, tasdiqlandi.
Texnik topshiriq asosida iste’molchilarga mamlakat iste’mol bozorida muomalada bo‘lgan tovar (ish, xizmat)lar to‘g‘risida ma’lumotlar-ni onlayn tarzda olish imkoniyatini beruvchi “Product Info” («Tovar to‘g‘risida maʼlumot») axborot tizimi va mobil ilovasi ishlab chiqildi va faoliyatga to‘liq joriy etildi.
Ushbu tizimdan iste’molchilar erkin foydalanishi uchun my.fairtech.uz internet manziliga hamda uning mobil ilovasi Play market platformasiga fairtech nomi bilan joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopo-liyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-145-son Farmonining 9-bandida mazkur Farmon 2-ilovasida ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlar-ning ma’lumotlar bazasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Raqobat qo‘mitasi 14 ta vazirlik va idoralar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnomalari ishlab chiqildi va tegishli tartibda tasdiqlandi.
Mazkur Texnik yo‘riqnomalar asosida 14 ta vazirlik va idoralardan ma’lumotlarni axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida olish bo‘yicha veb-xizmatlar ishlab chiqildi va ishga tushirildi.
“Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida Raqobat qo‘mitasi 8 ta vazirlik va idoralardan olinadigan ma’lumotlar bo‘yicha tegishli texnik shartlar asosida rasmiy ariza yuborildi.
Ushbu ariza asosida Qo‘mita axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali
8 ta vazirlik va idoralardan ma’lumotlarni onlayn olish imkoniyati yaratildi.