Jenevada BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) tomonidan o‘tkazilayotgan Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari himoya qilish bo‘yicha eng yirik global tadbir hisoblangan BMTning 9- Konferensiyasida “Raqamli iqtisodiyotda raqobatni ta’minlash” mavzusidagi sessiyada Qo‘mita raisi Halilillo Turaxujayev nutq so‘zladi
Ushbu nutqda, O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy islohotlar natijadorligi, shu jumladan, raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi, xalqaro standartlarga muvofiq raqobat qonunchiligi tubdan modernizatsiya qilinganligi, xususan Markaziy Osiyo va MDH davlatlari ichida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda raqamli platformalarni tartibga solish qonunchilik joriy etilganligi va amaliyotga tadbiq etish boshlanganligi va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida xalqaro hamjamiyatga batafsil axborot berildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda bir qancha global chaqiriqlar mavjudligi qayd etildi.
Birinchidan, global raqamli platformalar monopol mavqei va uni mavqeini suiiste’mol qilish xavflari ortayotgani.
Ikkinchidan, raqamli platformalar sohalarida iqtisodiy konsentratsiya o‘sishda davom etmoqda va chinakam raqobat shakllanmayapti.
Misol uchun, gigant texnologik kompaniyalar tomonidan so‘nggi besh yilda 191 ta raqamli platformalar qo‘shib olingan bo‘lib, shundan 67 foizi o‘z faoliyatini butunlay to‘xtatgan.
Bunday insofsiz raqobat hisoblangan » yutib yuborish» (killer acquisition) amaliyoti bozordagi raqobatni susaytirmoqda va innovatsiyalarni sekinlashtirmoqda.
Uchinchidan, global monopol raqamli platformlar rivojlangan davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlarga amal qilayotgan bo‘lsa aksariyat rivojlanayotgan davlatlarda , ya’ni Global Janub mamlakatlarida, huddi shunday qonun talablariga qarshilik ko‘rsatayotgani va hattoki bosim o‘tkazmoqchi bo‘layotganligi, “ikki xil standartlar” qo‘llanayotganligi.
To‘rtinchidan, Sun’iy Intellekt bilan bog‘liq sohalarda ham aynan o‘sha global gegemon bo‘lgan raqamli platformalarning monopoliyasi kuchayib borayapti.
Beshinchidan, yirik texnologik platformalar qarshisida Global Janubning rivojlanayotgan davlatlari zaif pozitsiyada qolayotganligi va xalqaro miqiyosda o‘zaro muvofiqlashtirilgan choralarning sustligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan, Qo‘mita tomonidan BMTning 9-Xalqaro Konferensiyasi doirasida ushbu dolzarb chaqiriqlarga qarshi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun raqamli iqtisodiyoda adolatli raqobatni ta’minlash bo‘yicha global tashabbus amalga oshirish bo‘yicha taklif ilgari surildi:
Yirik raqamli platformalarning tiyib turish bo‘yicha uyg‘unlashtirilgan yagona huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish, ya’ni Global Janubning mamlakatlari raqamli platformalar tartibga solishning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda rivojlangan davlatlar bilan teng ham-mualliflarga aylanishi kerak.
Transchegaraviy xarakterga ega bo‘lgan raqamli platformalarning iqtisodiy konsentratsiya bitimlarini hamkorlikda o‘rganish va ularda “kartel kelishuvlari” alomatlarini aniqlash.
Shu munosabat BMTning Savdo va Taraqqiyot Konferensiyasi (UNCTAD) doirasida transchegaraviy kartellarini tekshirish bo‘yicha ishchi guruh faoliyatini davom ettirish taklifi UNCTADga yo‘llandi.
Monopoliyaga qarshi tekshiruvlar, iste’molchilarni himoya qilish va ma’lumotlarni boshqarish sohalarida muvofiqlashtirilgan “Janub-Janub” hamkorligini yo‘lga qo‘yish.
Raqamli platformalar, algoritmlar va sun’iy intellekt masalalari bo‘yicha monopoliyaga qarshi organlarining tizimli ravishda salohiyatni oshirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning texnik yordam loyihalarini amalga oshirish.