Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan seminar-trening mazkur mavzuga bag‘ishlandi.
Axborot olish va tarqatishda manbalar bilan ishlashga qaratilgan trening Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari matbuotga mas’ul xodimlari uchun tashkil etildi. Unda faoliyatiga aloqador axborotlarni OAV va Internet tarmog‘ida tezkor, xolis va to‘liq yetkazish ishlarni tashkil qilish, shuningdek, axborot makonini tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish haqida fikrlar bildirildi.
Jumladan, feyk ─ (inglizcha) soxta, qalbaki degan ma’nolarni anglatadi. Haqiqatga juda o‘xshab ketadigan yolg‘on xabarlar, maxsus dasturlar orqali o‘zgartirilgan fotosuratlar, montaj qilingan videoroliklar, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa shaxslar (odatda mashhur insonlar) nomidan ochilgan yolg‘on akkauntlar feyklarga misol bo‘la oladi.
Feyklar esa jiddiy ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni yoki moliyaviy manfaatni ko‘zlab tarqatiladigan yolg‘on xabarlardir. Bir kunda ijtimoiy tarmoqning millionlab faollari undan foydalanadilar.
Aslida soxta, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatuvchilar turli manfaatlarni ya’ni moddiy, siyosiy manfaat va fishingni ko‘zlagan bo‘lishi mumkin. Shu bois feyklarni tarqatishdan OAV ham, har bir odamning o‘zi ham himoyalanishi kerak. Manbani yaxshilab o‘rganilishi, xabarni oxirigacha o‘qish, muallif, havolalarni tekshirish, sanalarga e’tiborli bo‘lish zarur.
Bugungi kunda dolzarb hisoblangan mazkur mavzu yuzasidan hududiy boshqarmaning matbuotga mas’ul xodimlari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob berildi.