Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha tekshirish o‘tkazilganda 473 ta dorixonada (133 ta ulgurji va 340 ta chakana) huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. O‘rganishlar natijasida 49 455 ta holatda 5,4 mlrd. so‘mga yaqin asossiz daromad olinganligi aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi va iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari ko‘rildi. Xususan, – Toshkent viloyatida 111 ta dorixonada 1838 ta holatda 39 mln. so‘m miqdorda; – Toshkent shahrida 71 ta dorixonada 17 266 ta holatda 1 mlrd. 911 mln. so‘m miqdorda; – Jizzax viloyatida 62 ta dorixonada 7005 ta holatda 743,7 mln. so‘m miqdorda; – Namangan viloyatida 44 ta dorixonada 7544 ta holatda 1 mlrd. 14,5 mln. so‘m miqdorda; – Navoiy viloyatida 32 ta dorixonada 1492 ta holatda 134,9 mln. so‘m miqdorda; – Qoraqalpog‘iston Respublikasida 30 ta dorixonada 1391 ta holatda 71,8 mln. so‘m miqdorda; – Cirdaryo viloyatida 24 ta dorixonada 1587 ta holatda 20 mln. so‘m miqdorda; – Farg‘ona viloyatida 23 ta dorixonada 539 ta holatda 93,2 mln. so‘m miqdorda; – Andijon viloyatida 20 ta dorixonada 6352 ta holatda 312,8 mln. so‘m miqdorda; – Buxoro viloyatida 17 ta dorixonada 1866 ta holatda 71,8 mln. so‘m miqdorda; – Qashqadaryo viloyatida 18 ta dorixonada 1378 ta holatda 18,8 mln. so‘m miqdorda; – Samarqand viloyatida 9 ta dorixonada 30 ta holatda 36,6 mln. so‘m miqdorda; – Surxondaryo viloyatida 7 ta dorixonada 1048 ta holatda 914 mln. so‘m miqdorda; – Xorazm viloyatida 5 ta dorixonada 119 ta holatda 10 mln. so‘m miqdorda iste’molchilardan dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish natijasida mablag‘lar olinganligi aniqlangan.
Ushbu yangilik bilan boʻlishish