Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev va Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bahodir Yusupjanov Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Raqobat Tarmog‘ining navbatdagi 21-yillik konferensiyasida ishtirok etishmoqda.
Unda dunyoning 130 dan ortiq davlatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari ishtirok etib, raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi kurashish sohasining eng dolzarb muammolari va yechimlari muhokama qilinadi hamda istiqboldagi yo‘nalishlar belgilab olinadi.
Konferensiyada ishtirok etayotgan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev va Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bahodir Yusupjanov konferensiya doirasida Savdo va taraqqiyot bo‘yicha BMT Konferensiyasi (UNCTAD), Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish siyosati bo‘limi rahbari Tereza Moreyra hamda Savdo va taraqqiyot bo‘yicha BMT Konferensiyasi (UNCTAD) kotibiyati xalqaro savdo bo‘limining raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish siyosati bo‘limining huquqiy masalalar bo‘yicha eksperti Pierre Horna, shuningdek, Tailand Savdo raqobat komissiyasi raisi Sakon Varanyushatana va tashqi ishlar bo‘limi direktori Akarapan Houbcharaun bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini yaxshilashga hamda davlatlarning monopoliyaga qarshi kurashish va raqobatni rivojlantirish siyosatini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator istiqbolli tadbirlar kelishib olindi.