RAQOBAT QO‘MITASI XODIMI — JAHON CHEMPIONI!
Joriy yilning 10–15-noyabr kunlari Turkiya Respublikasining Mersin shahrida sportning universal jang turi bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida Qo‘mita bosh mutaxassisi Abdullayev Azamxon Xusan o‘g‘li 95 kilogrammdan yuqori vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelib, 1-o‘rinni egalladi va Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi!
Azamxon Abdullayevni ushbu ulkan g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!
Kelgusida ham yangi zafarlar, yuksak marralar va xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarishini tilaymiz!








