#Реклама
27 ta konsert reklamasida ijro shakli ko‘rsatilmaganligi uchun reklama beruvchilar ogohlantirildi
Raqobat qo‘mitasi Instagram sahifalari va tashqi reklama obyektlarida joylashtirilgan 27 ta konsert reklamasida fonogramma yoki jonli ijro haqida axborot berilmaganini aniqladi.
O‘rganishda Lolita, Ani Lorak, Mayot, Nikolay Fomenko, Izzat Shukurov, «Ummon» guruhi, Rayhon G‘aniyeva va G‘aybulla Tursunov konsertlarining Instagram’dagi reklamalarida shunday holatlar qayd etildi. Toxi$, «Mashinа vremeni» va Otar Kushanashvili ishtirokidagi dasturlarning tashqi reklamalarida ham ijro shakli ko‘rsatilmagan.
Qo‘mita tegishli reklama beruvchilarga reklamalarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ogohlantirishlar yubordi.
**Konsert reklamasida ijro shakli qanday ko‘rsatiladi?**
➡️ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 207-son qaroriga muvofiq, reklamаda «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» deb aniq ko‘rsatilishi lozim.
➡️ «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 44-moddasiga ko‘ra, fonogramma ishlatilganda, reklamаda undan foydalanish darajasi ko‘rsatilishi kerak. Tashqi reklamаda bu axborot reklama maydonining kamida 10 foizini egallashi lozim. Tashkilotchilar tomosha boshlanishidan oldin bu haqda audioxabar berilishini ta’minlashi shart.
➡️ «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish haqida axborot ko‘rsatilishi shart.
‼️ (https://www.youtube.com/@raqobatgovuz) Raqobat qo‘mitasi konsert tashkilotchilari va reklama beruvchilarni konsert reklamalarida ijro shaklini aniq ko‘rsatishga hamda reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishga chaqiradi.
🛡 Qo‘mita monitoring davomida ushbu talablar buzilganligi aniqlangan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanilishi haqida ogohlantiradi.








