Raqobat qo‘mitasi tomonidan joriy yilning iyul-avgust oylarida jami 20 milliard so‘mga yaqin davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan,
Andijon viloyati misolida
Baliqchi tuman Tibbiyot birlashmasining 100 mln so‘mlik;
Marhamat tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 200 mln so‘mlik;
Andijon davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyining 180 mln so‘mlik;
Xonabod shahar Tibbiyot birlashmasining 645 mln so‘mlik;
Buxoro viloyati misolida
Jondor tuman Tibbiyot birlashmasining 210 mln so‘mlik;
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 270 mln so‘mlik;
Kogon shahar Tibbiyot birlashmasining 650 mln so‘mlik;
Jizzax viloyati misolida
Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litseyining 1 mlrd so‘mga yaqin;
Qashqadaryo viloyati misolida
Yakkabog‘ tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 150 mln so‘mlik;
Chiroqchi tuman Tibbiyot birlashmasining 1,7 mlrd so‘mlik;
Xorazm viloyati misolida
Bog‘ot tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 1,1 mlrd so‘mlik;
Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 1 mlrd 22 mln so‘mlik;
Namangan viloyati misolida
Kosonsoy tuman 3-son Kasb-hunar maktabining 250 mln so‘mlik;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida Nukus shahar Tibbiyot birlashmasining 748,2 mln so‘mlik;
Sirdaryo viloyati misolida
Xovos tuman Tibbiyot birlashmasining 89,9 mln so‘mlik;
Navoiy viloyati misolida
Karmana tuman “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan ixtisoslashtirilgan 25-sonli maktab internati” DMning 440 mln so‘mlik;
Samarqand viloyati misolida
Bulung‘ur tuman Tibbiyot birlashmasining 973,6 mln so‘mlik;
Toshkent viloyati misolida
Chirchiq shahar Madaniyat bo‘limining 344,7 mln so‘mlik;
Toshkent shahri misolida
“Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi” markazining 907,1 mln so‘mlik;
“O‘zbektelekom” AJning 494,9 mln so‘mlik; Virusologiya ilmiy tadqiqot institutining 450 mln so‘mlik;
Farg‘ona viloyati misolida
Farg‘ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 100 mln so‘mlik;
Bag‘dod tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 492 mln so‘mlik;
Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 6,3 mlrd so‘mlik;
Buvayda tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining 165,5 mln so‘mlik;
davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan. Shuningdek, tahlil qilingan davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli modda talablari buzilganligi aniqlandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, buyurtmachilarga nisbatan Qo‘mita tomonidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi, Qo‘mita ko‘rsatmasi bilan tanlov savdolari bekor qilindi. Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berildi va mas’ullarga tegishli choralar ko‘rildi.