Joriy yil 13-15 sentyabr kunlari Qozog’istonning Olmaota shahrida sof energetika sohasidagi Markaziy Osiyo forumi boshlandi. Unda qo’shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlatlari ishtirok etishmoqda. Forumda ishtirok etayotgan davlatlar o‘z energetika tizimlaridan uglerod chiqindilarini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish choralarini ko‘rib chiqishlari rejalashtirilgan.
Xalqaro forumda O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi rasi o’rinbosari B.Ummatov boshchiligida Qo’mita mas’ul rahbar va xodimlari O’zbekiston nomidan ishtirok etishmoqda.
Ta’kidlash joiz, Markaziy Osiyo “toza energiya” forumi mintaqaviy va global energetika sohasidagi katta o‘zgarishlar tufayli energetika strategiyalari, yangi toza energiya texnologiyalari va sarmoyalarni muhokama qilish uchun siyosatchilar, kommunal xizmatlar rahbarlari, yetakchi texnologiya kompaniyalari vakillari va xalqaro investorlarni birlashtirishni maqsad qilgan.