Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi taklif va murojaatlarni inobatga olgan holda hamda koʻp sonli ishtirokchilarga toʻliq imkoniyatlar yaratish maqsadida
👉 5-dekabr – Butunjahon raqobat kuni munosabati bilan “Raqobat bilan rivojlanish sari” nomli
jurnalist va blogerlar hamda soha qiziquvchilari oʻrtasida e’lon qilingan tanlov materiallarining qabul qilish muddati uzaytirilishini maʼlum qiladi.
Ijodiy ishlar 2021-yil 3-dekabr soat 18:00 gacha tanlov@antimon.gov.uz manziliga taqdim etilishi hamda
👉 joriy yil 1-yanvardan 1-dekabrgacha boʻlgan davr oraligʻida yoritilgan materiallar boʻlishi shart.
🥇 Tanlov g‘oliblari 6 dekabr kuni e’lon qilinadi.
Maʼlumot uchun: ☎️ (+99871) 207-47-00 (225)