Moliyaviy sohalarda iste’molchilar huquqlari himoyasi masalalarida Germaniyada xalqaro uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Qo‘mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov boshchiligidagi Raqobat qo‘mitasi delegatsiyasi joriy yilning 6-noyabr kuni Berlin shahrida Germaniya Iste’molchilar tashkilotlari federal assotsiatsiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar Germaniyaning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish borasidagi tajribasi bilan tanishdi. Shuningdek, Atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, yadroviy havfsizlik va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federal vazirligi mutaxassislari tomonidan…

“БАШКИРСКАЯ СОДОВАЯ КОМПАНИЯ” AJNING TOVAR BELGISIGA BO‘LGAN HUQUQI HIMOYA QILINDI

Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasida joylashgan “Башкирская содовая компания” AJ 2015-yil 10-fevralda xalqaro ro‘yxatga olingan MBX1242730-sonli “Сода пищевая” jamlama tovar belgisining huquqiy egasi hisoblanadi. Guvohnomaga ko‘ra mazkur tovar belgisining amal qilishi  O‘zbekiston Respublikasiga ham tatbiq qilinadi. Mazkur korxona Qo‘mitaga ariza bilan  murojaat  qilib,  Toshkent shahrida joylashgan “AZIA MATCH” MChJ tomonidan ishlab chiqarilib sotuvga qo‘yilgan isteʼmol sodasi qadog‘ining…

O‘zbekiston Prezidenti Qatarning sobiq Bosh vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-noyabr kuni Qatar Davlatining sobiq Bosh vaziri, ushbu mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi. Qatar delegatsiyasi oliy darajadagi kelishuvlar doirasida yurtimizda bo‘lib turibdi. O‘zbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Buxoro shahrida zamonaviy mehmonxona majmuasi, Toshkent shahrida yirik logistika…

Qozog‘istonga amaliy tashrif yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunladi. Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston yetakchisi yurtimizning tashkilotga raisligida erishilgan asosiy natijalarni qayd etdi, tuzilmani yanada rivojlantirish va turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari borasidagi fikrlarini bayon qildi, qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Sammit…

O‘zbekiston Prezidentiga Turkiy davlatlar tashkilotining oliy mukofoti topshirildi

Turkiy davlatlar tashkiloti Davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun yuksak mukofot – “Turkiy dunyoning oliy ordeni”ni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Turkman xalqining milliy yetakchisi,…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi

Hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Avvalambor, siz, azizlar bilan yana diydor ko‘rishib turganimdan g‘oyat mamnunman. Bugungi sammitni yuksak darajada tashkil etgani uchun Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelevich Toqayevga chuqur minnatdorlik izhor etaman. So‘zimni buyuk ajdodimiz – qadimiy turk davlati asoschilaridan biri Bilga Xoqonning quyidagi da’vati bilan boshlamoqchiman: “Ey turkiy elim, o‘zligingga qayt, o‘zingni angla…

Bugun Raqobat qo’mitasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida 2023-yil 19-oktabr kuni o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida belgilangan topshiriqqa muvofiq Hayʼat yig‘ilishi o‘tkazildi.

Raqobat qo’mitasi raisi Sh.Sharaxmetov yig‘ilishni kirish so’zi bilan ochib xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan Strategiyasi mazmun-mohiyati to’g’risida tushuntirishlar berdi. Hujjatda quyidagi asosiy gʻoyalar aks ettirilgan: barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish; aholi talablariga va хalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan ta’lim, tibbiyot…

E‘LON!

E‘LON! 2023-yil 31-oktabr kuni soat 12:00 da АOKА binosida brifing boʼlib oʼtadi. Mavzu: “Raqobat qo‘mitasi tomonidan narxlar va tariflarni nazorat qilish hamda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasida amalga oshirgan ishlar”. Brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov ma’lumot beradi. Brifing «O‘zbekiston 24» va «UzReport TV» telekanallari hamda Youtube tarmogʼi…