Yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 21-noyabr kuni yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Hududlardagi iqtisodiy o‘sish, oziq-ovqat xavfsizligi, ish o‘rinlari va investitsiya oqimi, avvalo, yerga bog‘liq. Oxirgi uch yilda raqamlashtirish hisobiga 40 million gektar yoki jami yerlarning 90 foizi kadastrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shu bilan…

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish rejalarini muhokama qildilar

21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishi doirasida…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali (https://www.facebook.com/groups/742946235870017/posts/2551516415012981/) qoldirilgan postda umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan iste’molchiga yetkazib berish borasida ko‘rsatilgan xizmatdan noroziligini bildirib “Bugun 11:54 da osh dostavka qildirdim, 13:43 hali ham buyurtma kelmadi, pulini to‘lab qo‘yganman Payme orqali, orada 4 marotaba telefon qildim foydasi bo‘lmadi” mazmunida murojaatini qoldirgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan…

Shavkat Mirziyoyev: Bugungi tadbirkor yoshlar – Yangi O‘zbekiston mahsuli

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni Termiz shahrida barpo etilgan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasini borib ko‘rdi. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 21-apreldagi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning barcha hududlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etilmoqda. Bu ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun zamin bo‘lmoqda. Termiz shahrining Tinchlik mahallasi hududida ham shunday sharoit tashkil etildi. 2 gektar maydondagi…

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiyuran” davlat korxonasi jamoalariga

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilgani va yurtimizda uran sanoatiga asos solinganining 65 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan bepoyon Qizilqum bag‘ridan qazib olinayotgan, dunyo miqyosida yuksak e’tirof etilayotgan oltin, tabiiy uran va boshqa nodir qazilma boyliklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda beqiyos strategik ahamiyatga ega ekani barchamizga yaxshi…

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 65 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish ilg‘orlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, kon-metallurgiya sanoatini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, murakkab ish va iqlim sharoitlarida mineral boyliklarni samarali o‘zlashtirish, tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlash, jahon andozalariga mos yangi korxonalarni tashkil etish borasidagi katta xizmatlari, ko‘pmillatli mehnat jamoasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:  …

Oliy Bosh Qo‘mondon harbiy qismdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi. Mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar qo‘shinlarning jangovar salohiyati va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur qismda ham harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini oshirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. O‘quv binolari, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport…