QADRLI YURTDOSHLAR!
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Bu sana o‘zbek xalqi uchun muhim sanadir.
Bugun o‘zbek tili o‘zligimizning yaqqol ifodasi sifatida jahon minbarlarida baralla yangramoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev kuni kecha «Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi yangi Qarorni tasdiqladilar.
Mazkur qarorning asosiy maqsadi etib – mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish, ta’lim tashkilotlarida o‘zbek tilini o‘qitish tizimini takomillashtirish, uning sofligini saqlash va muntazam boyitib borish, zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini kengaytirish belgilandi.
Ushbu sana munosabati bilan Sizlarga farovonlik, uzoq umr, sihat-salomatlik hamda baxt-omad tilab qolaman!
Ona tilimizning qadri va qaddi baland bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Raqobat qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev