SIFAT TALABLARIGA JAVOB BERMAGAN 73 NOMDAGI MAHSULOT ANIQLANIB, TEGISHLI CHORALAR KO‘RILDI
SIFAT TALABLARIGA JAVOB BERMAGAN 73 NOMDAGI MAHSULOT ANIQLANIB, TEGISHLI CHORALAR KO‘RILDI Raqobat qo‘mitasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chakana savdo nuqtalarida sotilayotgan xalq iste’mol tovarlarining sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida nazorat xaridi tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida mahsulotlar akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda tekshirilib, ularning davlat standartlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiqligi baholanmoqda.…











