Mikroqarz: shartnomani o‘qimaslik qanday oqibatlarga olib keladi?
Bugungi kunda mikroqarzni mobil ilova orqali bir necha daqiqada rasmiylashtirish mumkin. Biroq aynan shu qulaylik ayrim hollarda iste’molchining shartnoma shartlarini to‘liq o‘rganmasdan majburiyat olishiga sabab bo‘lmoqda.
📩 Qo‘mitaga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, iste’molchilar ko‘p hollarda:
⏺️ shartnoma shartlarini to‘liq o‘qimaydi;
⏺️ o‘z huquq va majburiyatlarini yetarlicha bilmaydi;
⏺️ to‘lovni kechiktirish oqibatlarini oldindan baholamaydi.
📌 Natijada ular kutilmagan moliyaviy majburiyatlarga duch kelmoqda.
Masalan, tahlil qilingan shartnomalardan birida 19 mln 656 ming so‘m miqdorida mikroqarz belgilangan. Biroq ushbu mablag‘ning 13 mln 650 ming so‘mi iste’molchining kartasiga o‘tkazilgan, 6 mln 6 ming so‘mi esa operator haqi sifatida mablag‘ berilgan paytda avtomatik undirilgan.
📚 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 736-moddasiga ko‘ra, agar qarzni qismlarga bo‘lib qaytarish belgilangan bo‘lsa va qarz oluvchi navbatdagi to‘lov muddatini buzsa, qarz beruvchi qolgan summani muddatidan oldin qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
❗️Shuning uchun mikroqarz olishdan oldin faqat «qancha pul olaman?» degan savol bilan cheklanib qolmasdan, quyidagilarni aniqlab oling:
🔴 shartnoma bo‘yicha amalda qancha mablag‘dan foydalanasiz;
🔴 jami qancha summa qaytarishingiz kerak;
🔴 oylik to‘lov miqdori va muddatlari qanday;
🔴 to‘lovni kechiktirsangiz nima bo‘ladi, qolgan qarz muddatidan oldin talab qilinishi mumkinmi?
🔴 Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchilarga mikroqarz rasmiylatirishdan oldin uni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyatlarini oldindan baholash tavsiya etiladi.








