✅ Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarlarga monopol yuqori yoki past narxni belgilanishi;

ustun mavqeni suisteʼmol qilishi;

tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oldindan kelishilgan holda harakatlanish va bitimlar tuzishi;

nohalol raqobat;

Tovar yoki moliya bozorlarida ustun (monopol) holatni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning raqobatga qarshi harakatlari bilan bogʻliq batafsil maʼlumotlar bilan tanishish uchun 👉 https://lex.uz/docs/1931450

Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat etuvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

harakatlar (bitimlar) ni amalga oshirishga oldindan rozilik berish to’g’risidagi ariza;

Ariza beruvchining INN si;

talabnoma beruvchi tomonidan ariza berilgan kundan oldingi 2 yil ichida yoki faoliyat muddati

davomida, agar u 2 yildan kam bo’lsa, faoliyat turlari, tovar turlari nomlari va ularning ishlab chiqarilishi va sotilishi to’g’risidagi ma’lumotlar;

oldingi 2 kalendar yil uchun moliyaviy va statistik hisobot;

shaxslar guruhining tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar, ushbu shaxslarning ushbu shaxslar guruhiga

qanday asoslarda kiritilganligini ko’rsatuvchi ma’lumotlar va ko’rib chiqilayotgan bitimlar bilan bog’liq boshqa ma’lumotlar;

to’lovni to’laganligini tasdiqlovchi hujjat.

«Raqobat to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasiga muvofiq davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishi taqiqlanadi.
«Raqobat to‘g‘risida» gi qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Shuning uchun, xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuqoridagi holatga o‘xshash vaziyatga duch kelishsa O’zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin!

Yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq, monopoliyaga qarshi komplayens majburiy tartibda quyidagilarda joriy etilishi belgilandi:

– respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda;

– tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda;

– oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o‘rtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarda;

– oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o‘rtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarda;

– yuridik shaxslarning birlashmalarida.

Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish tavsiyaviy xususiyatga ega hisoblanadi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) sotib olish bo’yicha bitimlar:

Monopoliyaga qarshi organning shaxs yoki bir guruh shaxslar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarini (ulushlarini) sotib olish bo’yicha bitimlarga oldindan roziligi quyidagi hollarda talab qilinadi:

bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ko’rsatilgan aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ko’prog’ini tasarruf etish huquqini oladi;

bitimda qatnashadigan shaxslarning oxirgi kalendar yili uchun aktivlarning umumiy balans qiymati yoki tovarlarni sotishdan tushgan mablag’larning umumiy hisoblangan qiymatining yuz ming baravaridan oshib ketishi yoki bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo’lgan iqtisodiy sub’ekt bo’lsa. («Raqobat to’g’risida» gi Qonunning 17-moddasi)

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning birlashishi va qo’shilishi:

Monopoliyaga qarshi organning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning birlashishi va qo’shilishi to’g’risidagi bitimlarga oldindan roziligi tegishli bitimda ishtirok etadigan shaxslar aktivlarining umumiy balans qiymati yoki ularning oxirgi kalendar yili uchun tovarlarni sotishdan tushadigan umumiy daromadi yuz ming baravaridan oshgan yoki ulardan bittasi bo’lgan hollarda hamda tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo’lgan iqtisodiy sub’ektlardan talab qilinadi. («Raqobat to’g’risida» gi Qonunning 16-moddasi)

tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish;

tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi;

tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi;

hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi;

buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘lash naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Sotuvchining (ijrochining) haq to‘lash shakliga qarab tovarning ayni bir markasi (modeli, artikuli), shuningdek bir xil hajmdagi va sifatdagi ishlar, xizmatlar uchun har xil narxlar (tariflar) belgilashi, shu jumladan ularni sun’iy ravishda oshirishi yoki pasaytirishi taqiqlanadi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun naqd pulsiz shaklda haq to‘langanda, iste’molchilarga rag‘batlantirishlar berilishi mumkin

Bu iste’molchilar huquqlarini cheklashga olib kelgani uchun amaldagi qonunchilikka zid hisoblanadi.
Barcha tovarlarda kafolat yoki yaroqlilik muddatida aniqlangan nuqsonlar sotuvchi, ijrochi tomonidan bepul bartaraf etishi shart.
Biroq, xarid qilingan tovarda hech qanday nuqsonlar aniqlanmasa ushbu mahsulot qaytarib olinmaydi.

O‘ziga zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo‘lsa, o‘zining tanlashiga ko‘ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo‘ladi):
aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;
xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;
xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;
tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;
tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini talab etishga haqlidir.
Bunda xaridor zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilganligi oqibatida o‘ziga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Xossalari bartaraf etib bo‘linmaydigan tovarning nuqsonlari aniqlangan taqdirda (pardoz-andoz buyumlari, maishiy kimyo tovarlari va boshqa tovarlar), xaridor o‘zining tanlashi bo‘yicha bunday tovarni zarur sifatga ega bo‘lgan tovar bilan almashtirishni yoxud xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilishga haqlidir.
Ko‘rsatib o‘tilgan talablarni taqdim etish o‘rniga, xaridor sotib olingan tovarni rad etishga va tovar uchun to‘langan pul summasi qaytarilishini talab qilishga haqlidir.
Zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni almashtirish yoki qaytarishda, xaridor o‘zi sotib olgan zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni sotuvchining hisobidan qaytarishi kerak.
Tovar uchun to‘langan pul summasini xaridorga qaytarishda sotuvchi tovardan to‘liq yoki qisman foydalanilganligi, uning tovar ko‘rinishi yo‘qolganligi yoki boshqa shunga o‘xshash holatlar tufayli tovarning qiymati pasaygan summani xaridordan ushlab qolishga haqli emas.

Agar tovarga kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati belgilanmagan bo‘lsa, tovarning nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan talablar xaridor tomonidan nuqsonlar maqbul muddatda, biroq tovar xaridorga berilgan kundan boshlab olti oy mobaynida yoxud shartnomada belgilangan uzoqroq muddat davomida aniqlanishi sharti bilan berilishi mumkin.

Mavsumiy tovarlar uchun tovarning nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan e’tirozlar bildirish muddati tovar xarid qilingan sanadan keyin tegishli mavsum boshlangan paytdan boshlab hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining iqlim sharoitlaridan kelib chiqib mavsumlar quyidagichadir:
qishki mavsum — 25-noyabr — 10-mart;
bahorgi mavsum — 11-mart — 14-may;
yozgi mavsum — 15-may — 15-sentabr;
kuzgi mavsum — 16-sentabr — 24-noyabr.

Hajmi katta yoki vazni besh kilogrammdan ziyod tovarni ta’mirlash, narxini tushirish, almashtirish uchun eltish va iste’molchiga qaytarib keltirib berish sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) kuchi bilan va uning hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda tovarni eltish va qaytarib olib kelish iste’molchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin Bunda iste’molchining tovarni eltish va qaytarib olib ketish bilan bog‘liq xarajatlarini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) qoplashi shart.

Tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarini vakolatli organ belgilangan narxlarda (tariflarda) sotib olish;

hayot, sog‘liq va mol-mulk uchun xavfli kamchiliklari bo‘lgan tovarlar, shuningdek tabiiy monopoliya subyektlarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan moddiy zarar to‘liq hajmda to‘lanishini va maʼnaviy ziyon qoplanishini talab etish.

agar tabiiy monopoliya subyektining tegishli tovarlarni ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) imkoniyati mavjud bo‘lsa, shunday tovarlarni ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) yuzasidan ayrim isteʼmolchilar bilan shartnoma tuzishni rad etish;
tovarlar uchun vakolatli organ belgilagan miqdordan ortiq haq olish;
tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlaridan foydalanish shartlarini tiqishtirish yoki tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari isteʼmolchilarini kamsitilishiga yoxud isteʼmolchilardan belgilangan narxlarda (tariflarda) hisobga olinmagan haq undirish evaziga daromad olishga olib keladigan boshqacha xatti-harakatlarni sodir etish.
tabiiy monopoliya sohasiga kiritilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozoridagi raqobatni cheklash uchun tabiiy monopoliya holatidan foydalanish.

Davlat buyurtmachisi tomonidan ishtirokchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha davlat xaridlariga taalluqli bo‘lgan takliflarini baholash mezonlarida: narx, yetkazib berish bazisi, yetkazib berish muddatlari, tavsifnomalar va sifat ko‘rsatkichlari, ekspluatatsiya qilish (foydalanish) muddati, to‘lov va kafolatlar shartlari, muayyan davrdagi ekspluatatsiya qilishga, shu jumladan foydalanish va ta’mirlashga doir xarajatlar va qonunchilik talablariga zid bo‘lmagan boshqa mezonlar nazarda tutiladi. Shuningdek, davlat buyurtmachisi tomonidan belgilanadigan davlat xaridi shartlarida ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari, ularning nisbiy qiymati, baholash tartib-taomillari doirasida baholash mezonlarini qo‘llash tartibi bo‘lishi kerak.

Davlat buyurtmachisi tomonidan ishtirokchilarga nisbatan shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi, shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egaligi, soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi, o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi hamda, insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi talablarini qo‘yishi mumkin.

Shuningdek, davlat buyurtmachisi zarur bo‘lganda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) o‘ziga xos xossalaridan yoki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishtirokchilarga qo‘shimcha talablar belgilashga haqli. Ammo, ishtirokchilarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar davlat xaridlarining asosiy prinsiplarga zid bo‘lmasligi kerak hamda, davlat xaridi to‘g‘risidagi axborotda ishtirokchilarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar ushbu axborot e’lon qilingan paytda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, ishtirokchilarga qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan davlat xaridida ishtirok etish uchun ishtirokchilar dastlabki malaka tanlovidan o‘tishi lozim.