Joriy yil 8 fevral kuni Namangan viloyati Namangan tumani Ibrat MFY da istiqomat qiluvchi T. Mo’minov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Namangan viloyati boshqarmasiga murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatda ko’rsatilgan manzil bo’yicha joylashgan xonadonlarda elektr ta’minoti dasturiga muvofiq yangi liniyalar tortilgan bo’lsada, elektr tokida muammolar borligi ko’rsatilgan.
Mazkur murojaatni joyida o’rganish maqsadida Qo’mita boshqarmasi «Namangan hududiy elektrtarmoqlari korxonasi» AJ xodimlari bilan birgalikda manzilga borishdi. O’rganish natijasida transformator haqiqatdan yo’qligi aniqlandi.
«Namangan hududiy elektrtarmoqlari korxonasi» AJ xulosasiga ko’ra, ushbu hududga dasturga asosan 2019 yilda 0,679 km 10 kVtlik va 4,079 km 0,4 kVt elektr simlari tortilgan bo’lib, transformator punkti 2020 yilning 1 choragida o’rnatish rejalashtirilgan ekan.
XUSHXABAR!!! Shu kunlarda «Namangan hududiy elektrtarmoqlari korxonasi» AJ mazkur hududga yangi transformator o’rnatilib, iste’molchilarga elektr ta’minoti to’liq yetkazilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati