Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasiga “FALANG OIL SERVIS” ХK tomonidan murojaat kelib tushdi. Unga ko’ra, iste’mol qilingan tabiiy gaz miqdorlariga hududiy gaz ta’minoti korxonalari tomonidan belgilangan narhlarni qo’llanilishi, oldindan olingan to’langan avans to’lovi yoki haqdorlikga tabiiy gazni narhlari oshirilgandagi hisob-kitoblarda 2018-2019 yillarda ortiqcha haq olinganligidan norozi bo’lib amaliy yordam berilishini so’ragan.
Murojaatni o’rganish davomida Namangan viloyat Namangan shahrida joylashgan “FALANG OIL SERVIS” хususiy korxonasi 2008 yildan beri avtomobillarga metan gaz quyish xizmatini ko’rsatish bilan shug’ullanib kelib, “O’ztransgaz” AJning Namangan viloyati hududiy gaz ta’minoti filiali o’rtasida har yili tabiiy gaz yetkazib berish bo’yicha shartnomalar tuzilib kelinganligi aniqlangan. Shuningdek, murojaatda ko’rsatilgan davrda sohaga tegishli bo’lgan, amaldagi huquqiy-normativ hujjatlarga kiritilingan o’zgartirishlar va qo’shimchalar ham inobatga olindi.
Yuqoridagilar va “O’ztransgaz” AJning Namangan viloyati filialidan olingan ma’lumotlar, schyot-fakturalar hamda “FALANG OIL SERVIS” ХK tomonidan yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun 2018 yil 1 yanvar holatiga mavjud qoldiq mablag’lari va 2018-2019 yillarda tabiiy gaz uchun gaz ta’minoti korxonasiga oyma-oy o’tkazib berilgan mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlarga asosan olib borilgan tahlillar hamda o’rganishlar natijasida “O’ztransgaz” AJning Namangan viloyati filiali tomonidan asosan, tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to’lovni amalga oshirgan iste’molchiga qo’shimcha to’lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinmasdan yangi tariflarda haq olinishidan, hammasi bo’lib, “FALANG OIL SERVIS” ХKdan 240 835 950 so’m ortiqcha haq olingani aniqlangan, bu esa, O’zbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar to’g’risida”gi Qonunning 16-moddasi 3 xatboshi talabi buzilganini ko’rsatadi.
Aniqlanganlarni inobatga olib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “FALANG OIL SERVIS” ХKga noto’g’ri hisoblangan 240 835 950 so’m mablag’ qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati