Texnik yordam dasturi doirasida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti mutaxassislari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi mutaxassislari uchun «Davlat ishtirokidagi korxonalarni korporativ boshqarish – O’zbekistonda mavjud amaliyot va xalqaro tajriba » mavzusida o’quv seminari o’tkazildi.
O’quv seminar davomida korxonalarda korporativ va qonun xujjatlariga muvofiqlikni ta’minlash (komplaens) madaniyatini tatbiq etishda Kuzatuv kengashi a’zolarining ahamiyati va roliga alohida e’tibor qaratildi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida nomzodlarning muvofiqligini baholashda keng qo’llaniladigan asosiy mezonlar, baholash tartibi, shuningdek kompaniyalarning ishbilarmonlik imidjini saqlashga doir amaliyoti ko’rib chiqildi.
Trening davomida EXHT va Bazel instituti mutaxassislari korxonalar va jamiyatlarning Kuzatuv kengashi a’zolarining kasbiy tajribasi, bilim va ko’nikmalarini, ishbilarmonlik obro’sini va qaror qabul qilishdagi mustaqilligini baholashning muhim jihatlari, shuningdek komplaens ofitserlar (bo’limlar) faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan tushuntirishlar berishdi
Shu bilan birga, ekspertlar davlat ishtirokidagi korxonalar va jamiyatlarda muvofiqlik institutini joriy etishda davlat idoralari va nazorat organlarining muhim o’rnini ta’kidladilar. Xususan, respublikada olib borilayotgan siyosat tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va ular bilan «G2B» shaklida o’rnatilgan aloqa shakllarini yuqori baholadilar.
Treninglar interaktiv ko’rinishda, aniq vaziyatlar usuli (case-study)ni qo’llagan holda o’tkazildi, Evropa Ittifoqi davlatlari amaliyotida uchragan holatlar tahlil qilindi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati