“Xitoy Beshbarmoq qurilish materiallar” MCHJ xorijiy korxonasining 2021 yil 19 yanvarda “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJ Bulung’ur tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2020 yil dekabr oyida o’tkazilgan o’rganishda elektr energiyasiga ulanish sxemalari noto’g’riligi aniqlanib, dalolatnoma asosida 1215000,0 ming so’mlik asossiz to’lovlar hisoblanayotganligi to’g’risidagi murojaati kelib tushgan.
Murojaatda keltirilgan holatlarni “O’zenergoinspektsiya” Samarqand viloyat bo’limi bilan birgalikda o’rganish natijasida, “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJ Bulung’ur tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qayta hisob-kitob dalolatnomasi asosida xorijiy korxonaga hisoblangan 1215000,0 ming so’mlik to’lov summasining 825498,0 ming so’mi asossiz qonunga zid ravishda hisoblanganligi aniqlandi, ushbu asossiz hisoblangan to’lovlar “Xitoy Beshbarmoq qurilish materiallar” MCHJ xorijiy korxonasi foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati