Ma’lumotlarga ko’ra, Toshkent aeroportida kuniga o’rtacha 65 reys uchun xizmatni amalga oshirayotgan bo’lsa, hududiy aeroportlarda esa kuniga o’rtacha 2-2,5 reysga xizmat ko’rsatilmoqda.
Aeroportlarning zamonaviy ixtisoslashgan uskunalar bilan yetarli darajada jihozlanmaganligi va texnik xizmat ko’rsatish darajasining pastligi parvozlar sonining kamayishiga olib kelmoqda. Bu esa, o’z navbatida, aeroportlarda kuzatilayotgan kam parvozlar oqibatidagi narxlarning ko’tarilishiga olib keladi.
Yana bir haqiqat shundaki, mahalliy aeroportlarning asosiy daromadi aviakompaniyalar
faoliyatidan kelib tushadi.
Chet davlatlarning ish tajribasi bu haqida nima deyoladi? Aeroportlar asosiy daromadlarini
havo yo’lovchilariga ko’rsatilayotgan xizmatlaridan olashadi. Bular, Duty Free do’konlari, kafe, barlar, restoran, banklar, dorixonalar, reklama, pullik Wi-Fi, uyali aloqa xizmatlariga
ulanish, avtoulovlarni ijaraga olish, o’yin avtomatlar xizmatlari hisoblanadi.
«Uzbekistan Airports» AJ faoliyatiga keladigan bo’lsak, raqobat muhitini sun’iy cheklash
holatlari haqida ham so’z yuritishimiz mumkin. Masalan, joriy yilning sentyabr` oyida «Qanot Sharq» MCHJ O’zbek aeroportlari kompaniya bilan xizmat ko’rsatish shartnomasini imzolashdan bosh tortgani haqida Qo’mitaga o’z shikoyati bilan chiqdi.
O’rganishlar davomida «Uzbekistan Airports» AJ vakillari mazkur holatni, rezident-aviakompaniyalar tariflari tasdiqlanmagani bilan izohlashdi.
Biroq, tariflar Moliya vazirligi tomonidan 2012 yilda tasdiqlangan, «O’zbekiston havo yo’llari» rezident-aviakompaniyasining tariflari 2015 yilda.O’z o’rnida Qo’mita ham kompaniyani ushbu harakatlar “Tabiiy monopoliyalar” to’g’risidagi qonun va “Raqobat to’g’risida”gi qonun talablarini buzganligi to’g’risida ogohlantirdi. «Uzbekistan Airports» AJ vakili bugun ushbu masala yaqin kunlarda qayta ko’rib chiqilishi va uning natijalari Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga taqdim etilishiga ishontirdi.
Shuningdek tadbirda, «Uzbekistan Airways» AJ faoliyati ham ko’rib chiqildi. Senat va Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi vakillarining so’zlariga ko’ra, kompaniya ishlarida raqobatni cheklaydigan holatlar ham mavjud.
Prezidentning 2020 yil 2 martdagi 5953-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2017 — 2021 yillarda o’zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini «ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida»gi davlat dasturiga muvofiq, ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida kamida 5 ta fuqarolik aviatsiyasi bo’linmalari
tashkil etilishi lozim.
Ammo, shu kunga qadar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi 35-sonli qaroriga binoan, faqat «Humo Eyr» MCHJ ichki reyslarni amalga oshirish uchun yaratilgan. Biroq uning ham faoliyati to’liq yo’lga qo’yilmagan.
Endi yana bir boshqa holatga e’tibor qaratsak. “Toshkent-Krasnoyarsk-Toshkent” yo’nalishi bo’yicha parvozni amalga oshiruvchi Rossiyaning O’zbekistondagi «IrAero» aviakompaniyasining vakili Qo’mitaga qish mavsumida ushbu aviakompaniya o’z samolyotlarining uchish yoki qo’nishi uchun maxsus vaqtlar ajratilishi bo’yicha savollar bilan murojaat qildi. Albatta, muammo ijobiy hal qilindi.
Xuddi shu tarzda, Qo’mita Turkiyaning «Atlas Global Airlines» aviakompaniyasi bilan Toshkent-Antaliya-Toshkent yo’nalishi bo’yicha va Misrning «Nile Air» kompaniyasi bilan Toshkent-Misr-Toshkent yo’nalishidagi kelishmovchiliklarni ko’rib chiqdi. Natijada esa, ikki mamlakat o’rtasidagi charter reyslar ochiq deb topildi.
Bundan tashqari, «Aviakompaniya i Trevel Menedjment» MCHJ (FlyDubaining O’zbekistondagi vakili) va SILKJET rezident-aviakompaniyasi ushbu sohadagi mavjud muammo va takliflarni o’rganib chiqib, O’zbekiston Respublikasining Transport vazirligiga o’z takliflarini taqdim yetdilar.
Sohadagi muammolar, ya’ni iste’molchilar bilan bo’lgan munosabatlar haqida so’z ketar ekan, odamlar muammolarining e’tiborsiz qoldirilayotgani ham alohida ta’kidlandi. Yil boshidan buyon Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga fuqarolardan bekor qilingan reyslar uchun pullarining qaytarilmayotkanligi haqida 100 dan ortiq shikoyatlar kelib tushdi. Bugungi kunga kelib ularning 20 dan ortig’i ijobiy hal qilinishiga muvaffaq bo’lindi.
Yuqorida qayd qilingan barcha muammolar hisobga olinib, aktsiyadorlik jamiyatlariga o’z
faoliyatlarida raqobat va iste’molchilar huquqlarini cheklaydigan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar berildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati