9-oktyabrda Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida har yilgi xalqaro reklama konferensiyasi, ABC-show, TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi, 10-oktyabrda dizaynerlar uchun vorkshop oʻtkazildi.
Birinchi bor 2019-yil aprelda, III ADWEEK marketing va reklama haftaligi doirasida oʻtkazilgan TAF! Toshkent reklama festivali keyingi yillarda poytaxtning faol festivallar hayotidan munosib oʻrin oldi. Oʻtgan yil ham festival oʻtkazilgandi. Maʼlum holatlarga qaramay, 2020-yil avgustda TAF! ANTI CRISIS onlayn formatda tashkil etildi.
Toshkent reklama festivalining oʻziga xosligi shundaki, bugungi kunda u mamlakatdagi yagona reklama bayrami boʻlib, unda muvaffaqiyatli brendlar va isteʼmolchilar qatnashadilar, eng yaxshi mahalliy reklama loyihalari aniqlanadi, yetkchi xorijiy va mahalliy ekspertlar oʻzlarining amaliy bilimlari bilan oʻrtoqlashadilar va festivalning barcha ishtirokchilari eng yaxshi jahon reklamasi gʻoyalari bilan tanishish va ulardan ruhlanishning noyob imtihoniga ega boʻladilar.
TAF!21 festivali – Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Marketing uyushmasi tomonidan tashkil qilingan eng keng koʻlamdagi tarmoq voqeasi boʻlib, hamkorlar qoʻllab-quvvatlashi tufayli roʻyobga chiqdi. Bugungi kunda festival Rossiya, Ukraina va Gruziyadan konferensiya maʼruzachilarini, tanlovning eng yirik mahalliy brendlarning 48 nafar vakilidan iborat ekspert hayʼatini,tanlovda qatanashyotgan 112 ta brendni, minglab isteʼmolchilarni – birinchi ochiq ovoz berish ishtirokchilarini, shuningdek samarali kommunikatsiyalar biznesni rivojlantiradi, degan festivalning bosh gʻoyasini qoʻllab-quvvatlagan kompaniya va tashkilotlarni jamlaydi.
Festival dasturida: TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi, xalqaro reklama konferensiyasi, ABC-show va eng yaxshi reklama tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi.
Xalqaro reklama konferensiyasi maʼruzachilari:
Andrey Gubaydullin, “Vosxod” RA kreativ direktori va hamsohibi (Rossiya)
Maʼruza mavzusi: Oʻz isteʼmolchilaringizni seving
Valentin Panyuta, brand Leader, co-CEO Fedoriv agency (Ukraina)
Mavzu: Reklama aslida qanday ishlaydi
Vladimir Lifanov, “Suprematika” brending agentligi asoschisi (Rossiya)
Mavzu: Chiroqdan chiqqan jin. Dizaynning ambitsiyasi achinarli voqelik bilan qanday toʻqnash kelishi toʻgʻrisida
Maksim Ilyuxin, head of CX & Product, co-CEO Fedoriv agency (Ukraina)
Aleksey Maksimenko, brand leader Fedoriv agency (Ukraina)
Malik Karimov, korzinka.uz marketing boʻyicha direktori (Oʻzbekiston)
Mavzu: What great brands do: nega milliy koʻlamdagi brendni yangilash kerak
Rustam Xoliqov, “Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari (Oʻzbekiston)
Iroda Orifxoʻjayeva, “Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasining Marketing va chakana sugʻurta biznesini rivojlantirish departamenti rahbari (Oʻzbekiston)
Mavzu:
Sugʻurtaning tugʻilishi va rivojlanishi haqida afsona.
Asosiysi haqida qaygʻuramiz, qadrlisini avaylaymiz!
Nikoloz Kurdiani, TBC Bank Uzbekistan kuzatuv kengashi raisi (Gruziya)
Mavzu:
360 kampaniyasi doirasida milliy qadriyatlar
Akmal Raimov, Dodo Pizza Tashkent xalqaro pisseriyalar tarmogʻi direktori (Oʻzbekiston)
Mavzu: Data-Driven marketing: Oʻzbekiston tayyormi?
Stanislav Telpis, “Admixer” direktor (Ukraina)
Kampaniyalaringiz samaradorligini bugunoq oshirishi mumkin boʻlgan beshta internet-reklama trendi
Ivan Churilin, “ABC show” prezidenti (Rossiya)
ABC Show namoyishi
Diyor Mirzaaxmedov, TAF!21 festivali tashkilotchisi:
“Toshkent reklam festivali – bu har yilgi xalqaro professional loyiha boʻlib, bu yil yangi formatga urgʻu berdi. Bugun, oʻsib borayotgan raqobat sharoitida, kuchli brendni shakllantirish va keyin uni brend-kommunikatsiyalardan foydalanib ilgarilatish mulkchilik shaklidan qatxi nazar, har qanday kompaniyaning muvaffaqiyatli faoliyatini taʼminlovchi marketing siyosatining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Shu sababli, festivalda biz brendlarning oʻz isteʼmolchilari bilan samarali kommunikatsiyalari toʻgʻrisida, bunday kommunikatsiyalarning ham brendlar, ham isteʼmolchilar uchun natijalari, yaxshi reklama va uni haqiqatan sotadigan qilish yoʻllari toʻgʻrisida gaplashamiz. Biz, festival ishtirokchilari yangi bilimlar olibgina qolmay, maʼruzachilarga oʻz savollarini bera olishlari uchun ham brending va dizayn sohasidagi rasmana «yulduz” ekspertlarni taklif etdik».
9-oktyabrda Festival doirasida xayriya kim oshdi savdosi oʻtkazildi, undan tushgan mablagʻlar “Ezgu Amal” fondiga oʻtkazildi. Festival ishtirokchilari eng yaxshi reklama posteri uchun ekspress-ovoz berishda qatnashdilar. Eng koʻp ovoz olgan beshta poster xayriya kim oshdi sadvosiga qoʻyildi.
Shuningdek, “Artel”dan sovrinlar oʻyini va boshqa festival hamkorlaridan qiziqarli tadbirlar oʻtkazildi.
Xalqaro reklama konferensiyasi yakunlanishi bilan noyob ABC-shou – eng yaxshi jahon reklama kolleksiyasi namoyishi boshlandi. Kolleksiya har yili yangilanib boradi, bu 45 ta jahon reklama va marketing festivallarida mukofot olgan video-roliklarning bir soatli namoyishidir. Toshkentda shou birinchi bor 2019-yilda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida muvaffaqiyat bilan oʻtgan, tomoshabinlarning koʻplab ijobiy hissiyotlari va mulohazalariga ega boʻlgandi.
TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi – bu Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2019-2021-yillarda amalga oshirilgan, jumladan avvalda TAF! tanloviga taqdim etilgan eng yaxshi marketing loyihalarining aniqlanishidir.
19:00da TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi gʻoliblarini taqdirlashning tantanali marosimi boshlandi. Bu yil tanlovda 112 ta brendning 207 ta loyihasi qatnashdi, mutlaqo yangi format eʼlon qilindi. Tashkilotchilar brendlarning isteʼmolchilar bilan samarali reklama kommunikatsiyasiga urgʻu berdilar va tanlov keyslari – bu muvaffaqiyatli marketing loyihalaridir.
TAF!21 festivali tashkilotchisi Diyor Mirzaahmedov:
«Ikki yil davomida tanlov yetakchi kreativ agentliklar uchun yaxshigina tajriba maydoni boʻldi, ammo brendlar va reklama bozorining salmoqli qismi chetdan kuzatish bilan kifoyalanmoqdalar hamda tanlov va reklamaning bir lahzalik emas, balki butun biznesning rivojlanishiga ragʻbat maʼnosidagi amaliy foydasini yetarli tushunmayaptilar.
Bundan tashqari, brend kommunikatsiyasi – bu bugungi kunda uning qadriyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatuvchi omildir. Keyingi paytlarda koʻpchilik buni yaqqolroq tushunmoqda. Shu sababli, biz isteʼmolchi bilan samarali dialogning ahamiyati haqida, ularga hurmat va mehr-muhabbat, professionalizm va reklama kommunikatsiyalarining natijaviyligi haqida soʻzlovchi tanlovni birinchi bor oʻtkazishga qaror qildik. Bu tanlov isteʼmolchilar bilan samarali kommunikatsiya hamda isteʼmolchilar brenddan qanday foyda olishlari toʻgʻrisidadir.
TAF!21 tanlovi sahifasida 112 ta brendning keyingi paytlarda amalga oshirilgan mahalliy kommunikatsiya keyslarining noyob katalogi ovoz berish maqsadlari, qarorlari va natijalari bilan taqdim etilgan. muvaffaqiyatli loyihalarning bunday koʻlamda va miqdordagi toʻplami tariximizda hali jamlanmagandi!»
Yaxshi reklama biznesni rivojlantiradi. Yaxshi reklama nima? U qanday ishlaydi? Isteʼmolchini harakatga undaydimi? Toʻgʻri tanlov qilishga yordam beradimi?
Eng faol va muvaffaqiyatli brendlarning marketing.uz saytidagi tanlov keyslarini koʻzdan kechirib mana shu va koʻplab boshqa savollarga javob topish mumkin!
Tanlovda 10 ta nominatsiya bor. Masalan, yangi mahsulotni joriy qilish, mashhur shaxslar bilan reklama kampaniyasi, SMM, rebrending va boshqalar.
Gʻoliblarni 48 nafar ekspert-marketolog va mashhur brend hamda agentliklar rahbarlari aniqladilar. Birinchi marta parallel ravishda @TAF21bot Telegram-botida isteʼmolchilarning ochiq ovoz berishlari oʻtkazildi, unda 45 000 dan ziyod isteʼmolchi qatnashdi. Isteʼmolchilarning ochiq ovoz berishlari 7-sentyabrdan 1-oktyabrgacha oʻtkazildi. Istalgan kishi muvaffaqiyatli loyihalarni koʻrishi va eng yaxshi loyiha, brendga ovoz berishi mumkin boʻldi. Ovoz berish natijalari real vaqt rejimida https://marketing.uz/tashkentskiy-festival-reklami-taf-2021/ saytida aks etib bordi.
Ekspertlar va isteʼmolchilar tanloviga asosida ovoz berish natijalariga koʻra gʻoliblar alohida-alohida aniqlandi. Har bir nominatsiyada ekspertlar oltin, kumush va bronza sohiblarini belgilashsa, isteʼmolchilar nominatsiya gʻoliblarini aniqladilar. Shuningdek, tanlovda maxsus sovrinlar ham koʻzda tutilgan boʻlib, ularning gʻoliblarini ekspertlar hayʼati aniqladi.
Tanlov nominatsiyalari:
1. Yangi mahsulot yoki xizmatni joriy qilish
2. Rebrending
3. Bitta kanalli kampaniya
4. Integratsiyalangan kampaniya
5. Mashhur shaxslar ishtirokidagi reklama kampaniyasi
6. SMM-kampaniya
7. Mavsumiy kampaniya
8. Komyuniti, hamjamiyat, sadoqatlilik dasturini yaratish
9. Milliy qadriyatlardan foydalanilgan kampaniya
10. Ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarning hal etilishi
Festival haqida batafsil maʼlumot: https://marketing.uz/tretij-tashkentskij-festival-reklamy-taf-2021/
Isteʼmolchilar ovoz berishi natijalari: https://marketing.uz/tashkentskiy-festival-reklami-taf-2021/#voting
Tashkilotchilar: Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Marketing uyushmasi.
Bosh hamkor: “Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi.