«Quvasoysement» AJ Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat reestridan chiqib ketdi. Avvalgi yillarda, 1932 yilda tashkil topgan «Quvasoysement» AJ, sement ishlab chiqarish bo’yicha Respublikamizning yetakchi korxonalaridan biri bo’lgan. Bugungi kunda mazkur mahsulotga bo’lgan talab va imkoniyatlardan kelib chiqib viloyatda yirik sement ishlab chiqaruvchilar safiga Beshariq tumanidagi «Farg’ona Yasin Qurilish Mollari» MCHJ hamda O’zbekiston tumanidagi «Turon Eco Cement Group» MCHJlar va «Great Silk Road Servis» MCHJlar qo’shilgan.
Ta’kidlash joiz, Farg’ona viloyati o’zida bugungi kunda 8 ta korxona tomonidan sement mahsulotlari ishlab chiqariladi va yaqin orada 4 ta yangi korxonalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Sement ishlab chiqaruvchi korxonalar Qo’mita tomonidan tahlil qilinganda «Quvasoysement» AJga yetarli raqobatchi korxonalar mavjudligi, sement ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish quvvatlari va bozordagi ulushlari inobatga olingan. Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining buyrug’iga asosan korxona davlat reestridan chiqarildi.
Davlat reestrdagi yana bir o’zgarish: «Uzbekistan Airways Technics» MCHJ samolyotlarni texnik ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash xizmatlari bo’yicha ro’yxatga kiritildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish xizmati Matbuot xizmati