Bir sahnada yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar, marketologlar va yirik kompaniyalar top-menejerlari ma’ruza qildilar, boshqaruv, marketing va sotuvlardagi shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Forum ishtirokchilarida bozor ekspertlaridan dolzarb bilimlar va samarali marketing vositalarini olish imkoniyati paydo bo‘ldi.
MAKON Marketing Forum 2021 biznes-forumi 22-mayda Toshkentda o‘tkazildi. O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Gruziyadan ekspertlar o‘zlarining shaxsiy tajribalari va biznes uchun murakkab vaqtda o‘z loyihalarini qanday rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar bilan o‘rtoqlashdilar.
“Forumning asosiy vazifasi, – Forum tashkilotchisi, O‘zbekiston Marketing uyushmasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov fikriga ko‘ra, – yilda bir marta real tajriba va bilimlarga ega mahalliy va xorijiy ma’ruzachilar bizning eng faol marketologlarimiz va tadbirkorlarimiz bilan hamkasabalar va boshlovchi mutaxassislarga o‘zlarining real keyslari va o‘tgan yildagi kuzatuvlarini baham ko‘rish maqsadida uchrashishlari uchun professional marketing maydonini yaratishdir”.
Bunday marketing forumida birinchi marta gibrid ishtirok formati qo‘lanildi. Bu forumda onlayn ham qatnashish mumkinligini anglatadi. Ushbu format biznes-forumda “qatnashish effekti”ni, barcha ma’ruzachilar chiqishlarini “Jonli efir”da ko‘rish va tinglash imkoniyatini beradi. Ular MAKON Marketing YouTube-kanalida uzatiladi.
Forumni dunyoning istalgan nuqtasidan kuzatish mumkin. Bu esa mamlakatimizdan yiroqda bo‘lgan, O‘zbekistondagi biznes va marketing borasidagi dolzarb masalalardan xabardor bo‘lishni istaganlar uchun bunday talabgir va dolzarb kontentga ega bo‘lishda geografik, vaqt yoki boshqa cheklovlar yo‘q ekanligini anglatadi.
MAKON Marketing Forum 2021 ma’ruzachilari:
Kamron G‘ulomov, “AKFA Group” bosh direktori (O‘zbekiston)
Murod Nazarov, “Murad Buildings” asoschisi (O‘zbekiston)
yelena Leonova, RMXA vitse-prezidenti, CEO “Progression Group”, “Seven” RA direktori (Rossiya)
Arina Strelnikova, “Seven” RA yangi biznes bo‘yicha direktori (Rossiya)
Olga Oleynik, AVC boshqaruvchi hamkori va kreativ direktori, (Belarus)
Nikolay Chumak, IDNT kompaniyasi rahbari (Ukraina)
Zafar Hoshimov, “korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i asoschisi (O‘zbekiston)
Roman Sayfulin, “Makro” supermarketlar tarmog‘i boshqaruvchisi (O‘zbekiston)
Valeriy Razumov, BARAKA MARKET do‘konlar tarmog‘i bosh direktori (O‘zbekiston)
Mixail Pishvanov, “Vosxod” RA boshqaruvchi hamkori (Rossiya)
Spartak Tetrashvili, “TBC Bank Uzbekistan” rahbari (Gruziya)
Forum doirasida mamlakatdagi eng yirik chakana tarmoqlar: “korzinka.uz”, “makro”, “Baraka Market” vakillari ishtirokida riteylni rivojlantirishning dolzarb tendensiyalarining muhokamasiga bag‘ishlangan panel munozarasi o‘tkazildi. Forum ishtirokchilari MMM va uning hamkorlari hayotidagi qator muhim yangiliklarni birinchi bo‘lib bilib oldilar.
Biznes-forum yakunlanishi bilan IV “2020-yil brendi” mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
“Yil brendi” har yilgi brendi bilan eng faol kompaniyalar o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston bozoridagi muvaffaqiyatli marketing ilgarilatishi uchun taqdirlanadilar.
Bu yil iste’molchilarning ochiq ovoz berishi @makon_brand_bot Telegram-botida o‘kazildi. Ovoz berishda 200 000 dan ziyod iste’molchilar qatnashdilar, ular 24 ta toifada brendlar uchun ovoz berdilar.
Bank xizmatlari
Sug‘urta kompaniyalari
Developerlar
Oliy ta’lim muassasalari
Biznes-kurslar
Chet tillar kurslari va o‘quv markazlari
Mobil operatorlar
To‘lov tizimlari
Internet-provayderlar
yengil avtomobillar
Maishiy texnika
Maishiy texnikani muddatli to‘lov yoki kreditga sotish do‘konlari
Tezpishar taomlar restoranlari
yegulik yetkazish xizmatlari
Qahvaxonalar
Pazandachilik mahsulotlari
Energetik ichimliklar
Shirin-gazlangan ichimliklar
Mineral ichimlik suvlari
Kolbasa mahsulotlari
Oziq-ovqat chakana savdosi
Yangiliklar iinternet-saytlari
Kir yuvish vositalari
Xususiy tibbiyot muassasalari
Iste’molchilarning ochiq ovoz berishlaridan tashqari, parallel ravishda Uyushma hamkorlari va ekspertlari o‘rtasida ham so‘rov o‘tkazildi, unda 160 dan ziyod respondent qatnashdi. Professional hamjamiyat o‘rtasidagi so‘rov natijalari bo‘yicha ham 24 toifa bo‘yicha sovrinlar topshirildi.
“2020-yil brendi” mukofotining 24 toifasidagi g‘oliblardan tashqari, 22-maydagi Marosimda quyidagi maxsus sovrinlar ham taqdim etildi: “Yil shaxsi”, “O‘zbekistonda marketingni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun”, “Yil kashfiyoti”.
Forum tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Milliy marketing markazi.
Bosh hamkor – AKFA Group
Forum dasturi – tadbirning rasmiy saytida: www.marketing.uz