“Bayadera Menedjment Limited” kompaniyasining O’zbekiston Respublikasidagi vakili L.Xidirovaning 10.12.2019 yildagi murojaati kelib tushdi.
“Bayadera Menedjment Limited” kompaniyasining tovar va xizmat ko’rsatish belgisi “VOZDUX”, “P`ESH` KAK DISHESH`”ga Intellektual mulk agentligi tomonidan MGU-29436, 29437 va 29438-sonli guvohnomalar
berilganligi, biroq hozirgi vaqtda ushbu tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida o’xshash bo’lgan “VOZDUX”, “P`ESH` KAK DISHESH`” tovar belgisidan Toshkent viloyati Zangiota tumani, O’zgarish KFY, Belariq ko’chasi, 50-uyda joylashgan “Hamkor Osiyo” MCHJ tomonidan foydalanib kelinayotganligi ko’rsatib o’tilgan.
Intellektual mulk agentligining 24.12.2019 yildagi 03-10/2572-sonli xatiga asosan “VOZDUX”, “P`ESH` KAK DISHESH`”, “VOZDUX P`ESH` KAK DISHESH`” so’zli hamda jamlama (MGU 29436, 29437, 29438) tovar belgilariga bo’lgan huquqni “Bayadera Menedjment Limited” kompaniyasiga o’tkazilganligi (06.12.2017y. SMG 353/2017), shuningdek, ushbu tovar belgidan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan litsenziya shartnomasi tuzilganligi to’g’risida ma’lumot yo’qligi bildirilgan.
“Hamkor Osiyo” MCHJ tomonidan “VOZDUX”, “P`ESH` KAK DISHESH`” tovar belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomi “Bayadera Menedjment Limited” kompaniyasining tovar va xizmat ko’rsatish belgisi “VOZDUX”, “P`ESH` KAK DISHESH`” mahsuloti nomi bilan aynan bir xil ekanligi ma’lum bo’ldi.
Yuqorida qayd etilganlarni hisobga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi №225-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo’zg’atish va ularni ko’rib chiqish tartibi to’g’risida nizom”ning 11-bandiga muvofiq, “Hamkor Osiyo” MCHJ tomonidan O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risida”gi Qonunning 13-moddasi, birinchi qismini uchinchi xatboshilari buzilishi bo’yicha ish qo’zg’atilib, “Hamkor Osiyo” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni tovar va xizmat ko’rsatish belgisi “Bayadera Menedjment Limited” kompaniyasining “VOZDUX”, “P`ESH` KAK DISHESH`” mahsuloti nomi bilan o’xshash bo’lgan tovar belgisidan foylanganligi uchun Qonunbuzilishni to’xtatish va kelgusida bunday holatlarga
yo’l qo’ymaslik to’g’risida ko’rsatma berildi.
Bundan tashqari, huddi shunday xolat yuzasidan “Mars Incorporated” kompaniyasining vakili D.Aripovning 2019 yil 17 oktyabrdagi 00432-sonli murojaati hududiy boshqarma tomonidan ko’rib chiqildi.
“Mars incorporated” kompaniyasiga tovar va xizmat ko’rsatish belgisi “SNICKERS”ga guvohnoma berilganligi, biroq hozirgi vaqtda ushbu tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida o’xshash bo’lgan “SHOCKISS”
tovar belgisidan “Sokina Plus” MCHJ tomonidan noqonuniy foydalanilayotganligi, mazkur korxonaga nisbatan boshqarma tomonidan 15.11.2018 yilda 09/06-sonli ko’rsatma berilganligi, “Sokina Plus” MCHJ o’z navbatida 14.12.2018 yilda ko’rsatmani bajarganligi, ya’ni “SHOCKISS” tovar belgisi ostida tovar ishlab chiqarishni to’xtatganligi va korxona omborida mahsulot va hom-ashyo yo’q qilinganligi to’g’risida yozma ma’lumot berganligi, biroq
xozirgi kunda ushbu mahsulot 2019 yil 18 sentyabr` ishlab chiqarish sanasi bilan bozorlarda sotilayotganligi haqida ma’lum qilinib, “Sokina Plus” MCHJga nisbatan qonuniy chora ko’rish so’ralgan.
Mazkur holat o’rganib chiqilib, “SHOCKISS” nomli shokolad mahsuloti etiketkasi ko’zdan kechirilganda, ushbu mahsulot haqiqatdan ham “Sokina Plus” MCHJ tomonidan 2019 yil 18 sentyabr` kuni ishlab chiqarilganligi ma’lum bo’ldi.
Boshqarma tomonidan O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risida”gi Qonunining 13-moddasi birinchi qismi uchinchi xatboshisi talablarining buzilish holatlarini to’xtatish va kelgusida yo’l qo’ymaslik to’g’risida “Sokina
Plus” MCHJga nisbatan ko’rsatma berilishiga qaramasdan qonunbuzilish holati davom ettirib kelinmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, maxsus komisssiya tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi №225-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo’zg’atish va ularni ko’rib chiqish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 22-bandiga muvofiq, “Sokina Plus” MCHJga ish qo’zg’atilib, bir oy muddatda “Raqobat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunning 13-moddasi, birinchi qismi, uchinchi xatboshisi talablari buzilish holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida yo’l qo’ymaslik yuzasidan ko’rsatma berildi va hududiy boshqarmaning 2018 yil 15 noyabrdagi № 09/06-sonli ko’rsatmasi talablarini bajarmaganligi uchun ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma Toshkent viloyati Zangiota tumani Ma’muriy ishlar bo’yicha sudiga yuborildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati