Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolariga o’rnatilgan tartibda qo’yib borilishi ustidan monitoring ishlari olib borilganda, “O’zbekko’mir” AJ tomonidan birja savdolariga qo’yilgan monopol mahsulotlarni tasdiqlangan grafikda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qo’yilishida reja-jadval buzilganligi holatlari aniqlandi.
“O’zbekko’mir” AJ tomonidan 2020 yil (feral`, may) oylarida ko’mir mahsulotini tovar xomashyo birjasi savdolariga grafik rejalari asosida qo’yish ta’minlanmaganligi sababli, birja savdolariga qo’yilgan ko’mir mahsulotining 1 tonnasi uchun narx, oxirgi marta o’tkazilgan savdodagiga nisbatan oshib ketgan. Natijasida korxona tomonidan 27 379 200 so’m miqdorida asossiz mablag’ olingan.
Qo’mitaning Toshkent viloyat hududiy boshqarmasining ko’rsatmasiga ko’ra “O’zbekko’mir” AJ tomonidan ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati